
Bahor edi, o’shanda
Mehrga bo’lib mushtoq,
Tuyg’ular gullaganda.
Yuragim orziqqan chog’,
Bahor edi, o’shanda.
Ko’zimni senga berdim,
O’zimni senga berdim,
Bir seni baxt deb bildim,
Bahor edi, o’shanda.
Muhabbat ma’budasi,
Olmos ko’zli farishta.
Taqdirimning tuhfasi,
Bahor edi, o’shanda.
Oy, yulduzlarni berib,
Quyoshni ko’rdim sanda.
Tikanakdan gul terib,
Bahor edi, o’shanda.
Sen farahbahsh bahorsan,
Mangu muz qalbim manda.
Endi o’zgaga yorsan,
Yana bahor kelganda…
IDROK.UZ
