1.
Kunduzi qalbimni band etgan xayol,
Azoblar kechalar yurakni takror.
Yashab yuribmanda bemaqsad, behol,
Ko’nglim bergan inson yolg’onlarga yor…
Qaniydi xotiram butkul yo’qolsa,
Chaqaloqdek hayotga qaytadan kelsam.
Yo azroil tezroq jonimni olsa,
Yo do’zah o’tida yugursam, yelsam…
«Sevish baxt, sev uni», aytdi dunyoyim,
Tangrim jamolini men unda ko’rdim.
Dardimga davo yo’q, endi dunyo jim,
Qachon nasib etar farahbaxsh o’lim?!.
Majnun o’yin qilgan, Farhod aldagan,
Tohir zerikkandan daryoda oqqan,
Olamda yolg’iz men sevgidan kuyib,
Romeoga yori yolg’ondan yoqqan…
Yurakdagi zardob tizginsiz dengiz,
O’shal dengizimda cho’kib o’laman.
Taqdiri ilohiy yaratilganmiz,
Senla jannatlarda birga bo’laman!..
2.
Tunlar seni qizg’onardim yulduzlardan,
Ishqi tushib osmonlarda uchmasin deb.
Gul yuzingni pinhon tutdim kunduzlardan,
Shamollarda yanog’ingni quchmasin deb.
Vayron bo’ldi ko’zdek tutgan sevgi bog’im,
Alvido bog’, alvido ey Ko’zmunchog’im!.. …
…Sevgim sig’mas yuragimning o’zagiga,
O’zimdan ham qadrlisan, ta’rifing yo’q.
Bir kun yetsam, bu haqiqatning tagiga,
Qoning ichib, ko’zlaringga bosarman cho’g’. ..
Hiyonati vulqon bo’lib toshgan tog’im,
Yolg’onlarga yondosh essiz, Ko’zmunchog’im!..
…Qancha qizni ahmoq, o’zni dono bildim,
Muhabbatni xavas deya xato qildim.
Gulim, sen deb falaklarga yetdi ohim,
Bunchalar zo’r o’yin qilding, Ko’zmunchog’im?!.
Xato bo’lsa, toshqin daryo — xato mendan,
Xatokorga bergan tog’dek jazo sendan.
Telba edim, sevgan, birga bo’lgan chog’im,
Qara, endi telba kim ayt, Ko’zmunchog’im?!.
Bu o’rganish yoki mehr yo bir xavas,
Lekin endi sezyapmanki, chin sevgimas…
Vayron bo’lgan dil bog’imda qizg’aldog’im,
Ham dushmanim, ham do’stimsan, Ko’zmunchog’im…
Shoxida u, bargida men deb o’ylading,
Shayton topmas yolg’onlarni ko’p so’ylading.
Sensiz ham ko’r, gullamoqda sevgi bog’im,
Hali meni ko’p eslaysan Ko’zmunchog’im!..
3.
…Kimlar taqar endi seni qo’llariga,
Mendan ketib, kimni baxtli etmoqdasan?..
Qizil yaproq sepib sevgi yo’llariga,
Jonim olib, qonim ichib ketmoqdasan.
Endi yashayveraman o’z bilganimcha,
Sen ham o’zga manzil aro boravergin,
Gul bo’lishga bir oz shoshgan qizil g’uncha,
Bilki, dunyo yolg’on, faqat muhabbat chin…
Erkaliging erkak bo’lib ko’targandim,
Shubxalarni oddiy rashkka yo’ygan edim.
Xato ekan ishonganim, ham sevganim,
Xato asli sen shaytonning tug’ilganing.
Nafrat ila muhabbatim so’ngsiz jangda,
Seni qanday sevishimni Xudo bilar.
Qilmishlaring gunohingdek qora rangda,
Nafratim ham Yaratganning o’zi bilar.
Baxtli bo’l deb o’zim baxtli bo’lolmayman,
Bebaxt bo’lsang baxtli bo’lib ketolmayman,
Olti oyki men o’zimni tushunolmayman,
Baxt bir sarob manzil ekan yetolmayman…
…Chin muhabbat bo’lmas ekan foniyatda, 
Gunohlarim kechir o’zing rahmon Tangrim,
Senga bo’lgan sevgimning bir zarrasini,
Yolg’oniyatda yolg’onaga berganimchun!..
IDROK.2013.
Dust kozmunchoging sani warafli yollaringda kutmoqda hali
mani chornidan quyvoriy sms ochomoppan
Inson sevgisini qidiradiyu topgandan so’ng oxirgi manzilda zerikanidanmi xayr alvido deb ketvoradi. Ketgandan so’ng esa daxshatli azobga vaqtinchalik ko’miladi…