google-site-verification=Sfc5fgCylBWBT4bCn0bIGXyn069rrYYRjsKrCWp3uPI
O'tkazib yubormang

Buyuk kelajak

2114 yil.

– Tilla, dollar, yevro rossiyskiy olamiz. Bormi, og‘ayni?..

– Dollarni qanchadan olyapsizlar?

– Ellik ikki tiyindan bo‘lsa, olib qolaman.

– Kelishtiring, aka, bir bechora qo‘shnim uch oy qiynalib, Dubayda ishlagan ekan atigi yuz ming “xazon” to‘lashibdi. Ikki kiloga ozib ketibdi deng, bechora. Kecha keluvdi, ancha charchagan ekan pulini so‘mga almashtirib kelishni menga iltimos qildi. Ellik besh tiyindan olaqoling. Buyam menga omonat.

– Hecham iloji yo‘q, og‘ayni. Yaqinda “xazon” o‘ttiz tiyinga ham tushib ketishi mumkin. Biznesmenlarimiz Beruniydagi qolgan beshta shtatga ham sarmoya kiritsa, shunday bo‘ladi deyishyapti.

– Ha, mayli mana o‘n pachka “xazon” – yuz ming.

– Mana sizga ellik ikki ming so‘m. Sanab olib, ehtiyot bo‘lib olib keting.

– Terminalga tashlab bera qoling, shuni. Mana qo‘shnimni plastik katochkasi.

– Unaqamasda, og‘ayni. Hamma so‘raganga plastikka tashlab beraversam, mana bu bir sumka qog‘ozni yana qaytarib olib ketamanmi? – dedi sarrof norozi ohangda. – Hammaga ham qulay bo‘lgani, turgan sari foyda keltirgani uchun pullari kartochkada turgani ma’qul. Agar istasangiz, “Alayskiy” bozorda bir tanishim bor o‘n foiz ustama evaziga “xazon”laringizni kartochkaga tashlab beradi.

– Shart emas. Omonatini olib borib beraman qo‘shnimni o‘zi biladi u yog‘ini. Ha, mayli, rahmat sizga.

222222222222222222222222222222

dollar

 

– Assalomu alaykum, Abdullayev siz bo‘lasizmi, aka?

– Ha, ha eshitaman.

– “Malibu 5”ingizni olib chiqib ketishingiz mumkin barcha hujjatlari tayyor.

– Yaxshi, yaxshi tushlik qilgani chiqqandim. Bir soatda qaytaman.

– Bir soat ko‘p hurmatli mijoz! Bizda tartib bo‘yicha haridorlarni kuttirish umuman mumkin emas. Hamma ham ishi bitayotgan paytda siz kabi tushlikka chiqib ketib, bir soatda kelsa, boshqa mijozlarning vaqti o‘g‘irlanadi. Kechgacha o‘nlab kishilik navbat paydo bo‘ladi. To‘g‘ri tushuning. Bu mumkin emas. Shikoyat tushishi mumkin.

“Uff, kreditga beryapmiz deb tushlik qilib olgani ham qo‘yishmas ekanda”, dedi kishi telefon tugmasini bosarkan, o‘rnidan og‘ir qo‘zg‘alib.

Kishi avtosalondan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan avtosining hujjatlarini darchadan olarkan, xodimdan so‘radi.

– Kichikroq oilaviy samolyotlarning narxi qanaqa, uka?

– O‘zimizning “Tapoich”da yig‘ilgan 12 kishilik uchog‘imiz bor. “Mustaqillik 1991” – yangi model. Uch oylik xizmat haqi to‘langan uchuvchisi bilan 1 million so‘m. Biroz qimmatroq demasez, “XXI asr “o‘zbek modeli” ” nomli Andijon aviazavodida ishlab chiqarilayotgan 20 o‘rindiqli yana bir yangi modelimiz ham bor. Olti oylik hizmat haqi to‘langan ikki styuardessa va ikki uchuvchisi bilan 2 million so‘m. Istasangiz, samolyotlarimizni ham imtiyozli kredit asosida berishimiz mumkin.

– Rahmat sizga, albata kelaman.

111111111111111111111111

99999999999999

 

             – Hurmatli abituriyent!.. Test markazimiz umum abituriyentlararo o‘tkazgan test sinovida yuqori natija ko‘rsatib, 226,8 ball to‘plaganingiz bilan tabriklayman. O‘z yo‘nalishingizdagi istagan oliy o‘quv yurtingizda o‘qishingiz mumkin. Xohlang, iqtisodiyot universiteti, xohlang diplomatiya, xohlang…

– Qay birida ko‘proq to‘laysizlar?

– Tushunmadim?..

– Aytmoqchimanki, qaysi birida o‘qisam, stipendiyani ko‘proq berasizlar?

– Hurmatli abituriyent, xabaringiz bo‘lsa kerak, barcha oliy o‘quv yurtida stipendiyalar miqdori eng a’loniki ikki yuz ming so‘mdan ortiqroq summani tashkil etadi. Bir oylik talaba maoshingizni o‘zi yangi “Ferrari” olishingiz yoki oddiyroq villa sotib olishingizga, istasangiz har kuni hashamatli restoranda do‘stlaringiz uchun ajoyib kecha tashkil qilishingiz uchun bemalol yetadi. Nima bu sizni qoniqtirmaydimi?

– Qoniqtirishga qoniqtiradi. Ammo yashash degani mayda narsalar bilan ovora bo‘lib: yangi mashinada yurish yoki chiroyli uyda yashash yo hayvonlar kabi yaxshi yeb-ichishni o‘ylash degani emas-ku, ustoz. Kelajakda o‘z yo‘nalishimda ilmiy kashfiyot qilishim uchun kattaroq mablag‘ yig‘ib qo‘yishim kerak. Bir paytlar Beruniy qo‘shma shtatlari Amerika deb atalgani kabi, Marsdagi aholimizni toza ichimlik suvi taqchilligidan qutqarsam, nomim abadiyatga muhrlanishidan umidvorman…

777777777777777777777 mars-one-brian-versteeg

*** 

— Jin ursin, shunday chiroyli tuman markaziga kuzatuv kameralari to‘liq o‘rnatilmagan ekan-ku! Yana ovoragarchilik, vaqt yo‘qotadigan bo‘ldim-da. Ha mayli, qoidani buzganingdan keyin oxirigacha chidash ham kerak.

Kishi shunday deya o‘zi boshqarib borayotgan mashinasining rul chambaragini boshqa tomonga aylantirdi.

Tuman yo‘l nazorati bo‘limi. Kishi kassa darchasiga yaqinlashib, ichkariga ko‘z tashladi.

— Kechirasiz, jarima to‘lamoqchi edim, beixtiyor qizil chiroqda o‘tib ketibman. Qarasam, «Obod qishloq» hududidagi svetaforlarga kuzatuv kamerasi o‘rnatilmagan ekan, hozirgi kibertexnika asrda bir zamonlardagi kabi “dan” xodimlari turishi-ku rivoyatga aylangan bilasiz, to‘g‘ri kelaverdim.

— Beixtiyor o‘tgan bo‘lsangiz o‘tibsiz, ketavermaysizmi kamera bo‘lganida uyingizga borardi jarima. Qizil chiroqda o‘tganingizga isbot yo‘q, men qabul qilolmayman, kechirasiz.

— Vijdonimni qiynamang, uka. Aytyapman-ku, o‘tib ketibman deb, qancha to‘lashim kerak?..

— Atab qo‘yganingizni bergani gadoy topolmasdan sadaqa qilishni endi bunaqa yo‘li topildimi, amaki. Hammamiz ham savobtalabmiz, ehsonga yolg‘on aralashtirmang. Ana, machit navbatiga yozilsangiz, biror oyda qilarsiz o‘sha hayru ehsoningizni. Bu yo‘l bilan davlatga to‘lash shart emas.

— Qonun bor. Ijrosigi kelganda esa bahona qilasizlar, uka sizga biriktirilgan ishni qiling tamom. Vazifangizni biling, maktab ko‘rganmisiz o‘zi?

— Moliya akademiyasi aspirantiman, ilmiy ishimni rus, ingliz, ispan tillarida himoyalash arafasidaman, kammi amaki?

— Yettinchi sinfda o‘qiydigan nabiram ham besh tilda mukammal so‘zlasha oladi. Hozir Oksfordda o‘qiyapti. Og‘zingizni to‘ldirmang, ilm olishingiz o‘zingiz uchun, bilib ishingizni qilishni o‘rganing avval, yigitcha.

***

— Bu kino sizning diplom ishingiz, oddiygina “Kann” mukofoti olganingiz bilan imkoniyatlaringizni yuqori baholashingiz orqali milliy filmlarimiz kelajakda qayta tanazzulga chekinishi mumkin, hurmatli talaba. Diplom ishini a’loga yoqlash uchun albatta “Oskar” olishingiz shart. O‘z ustingizda yanada ko‘proq ishlang. Bahoingiz “to‘rt”, — dedi bitiruv komissiyasi raisi mamlakat Kino akademiyasi magistrantining ishiga xulosa bildirar ekan.

— Domla axir shu film uchun ham yillab ter to‘kdim. O‘n besh yillik o‘qish faoliyatim davomida ellikdan ortiq ssenariylar orasidan shuni tanlab, yuzdan ortiq aktyorlar bilan tinimsiz ishladim. Sakkizta yirik kompaniya ishonch bildirib, homiylik qildi. “Kann”ni ham bekorga berishmagandir. Istisno sifatida “besh” qo‘ysangiz, kelajakda albatta buni oqlayman.

— To‘g‘ri “Kann” olganingiz ham sizning yaxshi rejissiyorligingizni belgilaydi. Ammo “Turkiston” san’at saroyida mikrofon orqali uch kun qo‘shiq aytib, jonli konsert berdim degan xonanda bilan birgina likopcha yordamida “Istiqlol”ni bir oy titratgan, katta ashula ayta oladigan xofizni solishtirib bo‘lmagani kabi sizga ham “a’lo” qo‘yishim nohaqlik bo‘ladi.

  Alisher ABDUMALIKXON,

mustaqil jurnalist.

wwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwwww

12 ta fikr

  1. Haha, qani edi o‘sha kunlarga ham yetib borsak!!!

  2. Be’mani…

  3. judayam kulgili ertak

  4. boshqasini bilmadimu, ammo OO`Y kirish yo`lini o`zgartirish kerak. Abuturient imtihon topshirsin, to`plagan bali asosida xohlagan institutida o`qisin. Bu variant amaldagidan yaxshiroq manimcha

  5. Gap yöq. Zör

  6. Ha bu deyman Alisher Abdumalikxon bilib bimay ko’p narsalani yozib qo’yibsizku…

  7. Ўзим хис қилмаган, тасаввуримга сиғдира олмаган нарсани ёзмайман. Ҳотиржам бўлинг, ҳаммаси яхши бўлади.

  8. Ҳатто кулдира олган бўлсам ҳам мамнунман. Ҳар ҳолда нимадир олибсиз-ку!

  9. Assalomu alaykum.

    Nomi abadiyatga muxrlanishini istaganlar juda ko’p bo’lishgan tarixda… Har xil ishlar qilishgan shu ilinjda. Mayda ishlar bilan hayotdan o’tib ketish yaxshi narsa emas albatta. Lekin shu bilan birga to’g’ri kelgan ishni ham qilib bo’lmaydi musulmon odam…
    Ulug’ Vatandoshimiz, buyuk muhaddis olim Imom Buxoriy Hazratlari 62 yil umrlari davomida 90 000 kishining huzurida bo’lib, 600 000 dan ortiq hadis to’plaganlar va ulardan 100 000 ini Sahih va 200 000 ini Zaifga ajratib yod olganlar. Olimlarni hisoblashicha Buxoriy yozib qoldirib ketgan ilm yashagan yillaridan bir necha barobar ko’p vaqtga to’g’ri kelar ekan.Hayron qolasan kishi. Bu zot qachon uxlagan, qachon ovqatlangan, qachon ibodat qigan, qachon dam olgan???
    Umrga baraka tilab duo qilish kerak deb o’ylab qolaman ba’zida. BIR ODAMGA FOYDASI TEGMAY, FAQAT BUZG’UNCHILIK QILIB 90 YIL YASHAGANDAN KO’RA, ODAMLARGA, JAMIYATGA VA DAVLATGA FOYDASI TEGIB 30 YIL YASHAGAN AFZAL EMASMI???
    Ha ha foydasi tegib. Yaxshilik qilish bilan foydasi tegishni farqi bor menimcha. Institutda o’qiganimda poraxo’r, muttaham domlalarni ko’rib qattiq jahlim chiqar, ba’zida umuman yomon ko’rib ketardim nohaqliklarni ko’rib. Hattoki hayolimga o’sha poraxo’rlar haqida tegishli joylarga xabar bersammikin degan hayollar kelardi. O’rtoqlarim senga nima u senga yomonlik qilsa sen unga yaxshilik qil, o’sha bilan teng bo’lasanmi, qo’yey deyishardi. Biz yaxshilik qilib indamay yuraverdik, bizdan oldingilar indashmagan, mana hozirgilar ko’nikib qolishdi poraxo’rlik, ta’magirliklarga… Agar bizdan oldingilar yoki biz shu ishlarga befarq qaramaganimizda hozirgi avlod shu narsani foydasini ko’rayotgan bo’lardi menimcha…
    QAYSI O’QISHNI GAPLASHAMIZ BOLAM… XOXLA NARXOZ, XOXLA YURIDICHESKIY, XOXLA TASHMI DEMASDAN O’ZIGA QO’YIB BERISH KERAK BOLANI. Bolam o’zing qiziqqan, kuching yetadigan, kelajakda yaxshi mutaxasis bo’ladigan joyga harakat qil. Faqat Allohga, o’zingni bilimingga ishon bolam, bizdan hech nima umid qilma deyish kerak menimcha har bir ota-ona. Boy bo’lsin kambag’al bo’lsin o’zini obro’sini o’ylab, bolasi palonchi o’qishda o’qiyapti degan nom uchun kimgadir qanchadir pul berib o’qishga kirgizib, bolasini papalab olib yurish juda noto’g’ri narsa. Bolani mustaqil fikrlashga, dunyoqarashga o’rgatish kerak. Mayli o’qimasin yaxshi kasb egasi bo’sin. Pora berib kirib,pora bilan o’qib bitirib, ish topolmay yurgandan ko’ra biror kasb bilan shug’ullangan afzal…
    Stipendiya haqida gapirganda hozir ham nolishga sabab yo’q deb o’ylayman. «3» – 162 900, «4» – 244 350, «5» – 325 800. Zararli odat (chekish,ichish va hkz) lardan holi talaba uchun o’rtacha miqdorda yetadi (o’qish harjatlariga albatta). Qancha yaxshi o’qisa shuncha o’ziga yaxshi.
    O’ZIMIZAM TALABA BO’GANMIZ, 2007 YILDA O’Z KUCHIMIZ BILAN GRANTGA KIRIB, 8 TA SEMESTRNI «5» GA YOPGANMIZ, GURUHNING «ENG VATANPARVAR, ENG AQLLI» TALABASI BO’LGANMIZ(BA’ZILAR «MUNCHA KO’P GAPIRDING BIR PAS DAM OLAYLIK,SHUNCHA NARSANI QAYERDAN BILASAN» DEYISHARDI.). BA’ZI DOMLALAR BILAN BAHS-MUNOZARALARDA ULARNING NOTO’G’RI FIKRLARINI ISBOTLAB BERGANMIZ. 2011 YILDA «QIZIL DIPLOM» GA TUGATGANMIZ.
    80 ball bilan kiradimi 200 ball bilanmi, kirgandan keyin o’qisin yaxshilab. Nafaqat o’zini balki jamiyat kelajagi qo’lidaligini his qilib o’qisin. Izlansin, o’ylansin, qiynalsin lekin ilm olsin, bilimli bo’lsin. Beshikdan qabrgacha ilm ol deyishgan donolar.
    Ilmiy ish uchun ko’proq pul to’plash emas, bilim va ko’nikma hosil qilish kerak. Qaysi sohada bo’lmasin insoniyat taraqiyotiga zarur ilmiy ish qilish lozim. Bu ilimiy ish qog’ozdan hayotga chiqa olsin. O’zini uzoq yillar ko’rsata olsin. SHUNDAY NARSA BO’LSINKI ASRLAR DAVOMIDA ODAMLAR UNDAN FOYDALANISHSIN…
    Sen xavotir olma, ana shunda noming abadiyatga muxrlanadi Abituriyent…

    Xatolarim uchun uzr…

  10. Yomonlik sig`inmang , qaytmasin …
    Ko`chada odamlar aytadi …
    Odamlar aytmasa , aytmasin ,
    Yomonlik Hudodan qaytadi …

    O`ziga dunyoni qurganlar …
    O`zini Sherman deb yurganlar …
    Ketdilar davrini surganlar …
    Yomonlik Hudodan qaytadi …

    Yaxshini g`anim deb bilamiz …
    G`animlar boshini silaymiz …
    Nayrangu ig`volar qilamiz …
    Yomonlik Hudodan qaytadi …

    Yaxshiga biz yomon bo`lamiz …
    Pardasiz gap tomon bo`lamiz …
    Ichdan kuyib tomon bo`lamiz …
    Yomonlik Hudodan qaytadi …

    Shaytoncha dars berar odam ko`p …
    To`g`ridan qing`ir ish qadam ko`p …
    Molga o`ch olchoqu ildam ko`p …
    Yomonlik Hudodan qaytadi …

    Yo`q joydan chiqarmang muammo …
    Mardlarga aytingiz tasanno …
    Hammadan qoladi bu dunyo …
    Yomonlik Hudodan qaytadi …

  11. Oxir zamonni belgilaridan biri, odamlar moddiy jihatdan shunchalar tokin yashaydilarki sadaqa berishga odam topilmaydi.
    Farogatda hayot kechirish yaxshi agar ne’matlar uchun shukronalik va halovat bolsa.

  12. … ha bular hozir biz uchun «kulguli». Aslida o’zimiz va hozir qilayotgan ishlarimiz juda kulguli! Hatto hozir yoshlar orasida «PATRIOT», «VATAIST», «VATANPARVAR» kabi so’zlarni kimnidir mazax qilish uchun haqorat yoki laqabdek ishlatishadi. ENG ACHINARLISI o’zimiz shu yomon illatlarga KO»NIKIB QOLYAPMIZ! Endi esa HAQIQAT KULGULI!!!

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter