Hattoki o‘y-xayollaring ham Uning ixtiyoridan tashqarida emas.
Bu – shou!!! Sening tomoshang!!!
Men odatda yozayotganlarimda o‘zimda uchraydigan fazilatlar mushtarakligida kamchiliklarimga ham chora izlayman. Xoh ijobiy, xoh salbiy jihat bo‘lsin ijodkor avvalo o‘zida xis etmagan kechinmani qanday qilib boshqaga tushuntira olsin?!.Xullas, yashash yaxshi. Yaxshi yashash undan ham yaxshi, albatta. Qanday qilib yashash-chi?!. Har bir ishimizning omadli kechishi, erishuvchanligimizning o‘zi bilan kifoyalanadimi yaxshi yashash?.. Xo‘sh, unda niyat qilib, qo‘l urgan har bir ishimizda bizga nima yo‘l ko‘rsatyapti: iymonmi, nafsmi? Maqsadimiz zamiri avvalo o‘zimizmi yoki o‘zgalar, xalq manfaati bilan bog‘liqmi?.. Nafs yo‘lida yugurgilab, yuragimiz qon-tomirlari tug‘yonga kelganidan vijdonimiz zarrasi dimiqib qolmayaptimi?.. … Agar shunday bo‘lsa, qayoqqa ketayapmiz o‘zi?..Biror ish qilishni boshlasangiz, atrofingizdagi odamlar xo‘sh bundan senga nima foyda o‘zi, deb moddiy daromadini, berdisini aytishingizga qiziqishadi. Moddiyat oldida go‘yo boshqa xis-tuyg‘ular yo‘qdek. Xo‘sh, biz qachongacha, kunimiz bir maromda o‘tayotgan bo‘lsa ham, “yana-yana” deya, ikir-chikirlarga, moddiy muammolarimizga pilla kabi o‘ralib yashaymiz. Agarki, inson umri abadiy yoki aniq bir muddat qilib belgilanganida buni tushunish mumkin edi. (Masalan hayot qoidasi barcha inson 70 yil yashaydi, undan ko‘p ham emas, kam ham bo‘lsa). Yaxshiyamki, bunday emas… Insonni kelajak doim qiziqtirib kelgan. Bir daqiqadan keyin aniq nima bo‘lishini esa hech kim bilmaydi. Odatda biror xato ish qilib qo‘ysak, hayotimizni o‘zgartirib yuborgan ana o‘sha atigi bir daqiqani ortga qaytarish uchun borimizdan kechishga ham tayyor bo‘lamiz. Vaqtning soniyalarinida ortga qaytarolmas ekanmiz, xo‘sh qayoqqa ketayapmiz?…..
Jim Kerri ishtirokidagi “Truman tomoshasi” filmini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Ana shu filmning g‘oyasi fikrimcha haqiqiy hayot falsafasi. Har holda men shunday o‘ylayman. Hayotda har bir qilayotgan ishingda, sen qayerda bo‘lma, nima qilma kuzatguvchi bor. Tug‘ilamiz, yashaymiz, o‘lamiz. Birinchi va so‘ngi jarayon ixtiyorimizda emas. Qanday yashashni esa har kim doim o‘zi hal qilgan. Zero, muqaddima va nihoyaning quli ekanmiz, hech bo‘lmasa o‘z ixtiyorimizdagi yashashimiz ezgu amallarda o‘tsin, vijdon yayrasin…Qayerda bo‘lma, har ne qilma kuzatguvchining nazaridasan- ku!.. Hattoki o‘y-xayollaring ham uning ixtiyoridan tashqarida emas-ku! Hayot bu – shou! Sening tomoshang, inson!!! Boshqalar vaziyatlarda seni nima qilishingni bilish uchun Kuzatguvichining amri bilan rol o‘ynayapti xolos.Xulosadan avval mavzudan kichik chekinish: gollivud kinolari nega zo‘r? Ular texnologiya bilan birga falsafa, mantiqda ham oldinlab ketgan. Jastin Temberlenk ishtirokidagi “Vaqt” filmini ham ko‘rgan bo‘sangiz kerak. Insonning puli tugasa, umri ham tugaydi. Yirik kapitalistlar million yil ham yashashi mumkin. Bir dollari qolmagan faqirlar ko‘chada “cho‘zilib” qolaveradi. Filmda bugungi inson qiymati, “Vaqt bu pul” aqidasi ajoyib maqoisda…Xulosa o‘rnida aytmoqchimanki, do‘stingiz bilan ko‘chada ko‘rishib qolsangiz qayoqqa ketyapsan o‘rtoq, deb shunchaki bo‘lsada so‘raysizmi?.. Ha, so‘raysiz. Endi savol, yangi boshlangan ish kuningizdagi maqsadingiz avvalo shaxsiymidi yoki umumbashariy?.. Unutmangki, jamiyatga foydangiz tegsa, bu o‘zingizga ham foyda degani. Chunki siz ham uning bir bo‘lagisiz. Kecha qanday ezgu amal qilgan edingiz, bugun qanday savob umididasiz?.. Javob bormi?.. Yo‘qmi?..
Xo‘sh, unda qayoqqa ketayapsiz?..
Alisher ABDUMALIKXON, IDROK.UZ
Siz abadiy yashaysizmi?!
Hayot beshavqat …!Deymiz..!
Aslidachi ..,hayot chindan ham beshavqatmi yoki odamlar..?!
Arzimagan bir-ikki chaqa ustida ota bolasini , bola otasini tanimayotgan , aka-uka ,opa –singil ota-onasidan qolgan merosni talashib, bir-birini yoqavayron qilayotgan bir zamonda yashayapmiz…
Odamlarda oqibat, andishadan asar ham qolmagan..!
Hamma bu o`ladigan zamonda bir kun , bir daqiqa bo`lsa ham yaxshi yashab qolsam deydi…
Zamon ham, adolatu haqiqat ham , yo zaring yo zo`ring bo`lsa senikiiiiiii..!
Bu zamon va makonda hamma narsaning o`z narhi bor..!
Keling , mahalladan boshlaymiz …
Mahalladan turar joyingiz haqidagi ma`lumotnomani olish uchun besh ming so`m to`lamasdan olib ko`ringchi.?!Albatta , olsangiz bo`ladi to`lovsiz ham , agar mahalla raisi yoki uni kotibi onangizni dugonasi yoki otangizni o`rtog`i bo`lsa ..!
Ana endi Tavsifnoma yoki Dalolatnomani o`zingiz baholab olavering…
Keyingi manzil ham , tez-tez murojaat qiladigan maskanimiz shifohona …Hozirda shifokor qabuli o`n besh ming so`mdan ,yuz ming so`mgach toifasiga qarab…Qabul shunch bo`lsa , tashhis qancha bo`lar ekan.?!Yana katta qilib , “ TIBBIY XIZMATLAR BEPUL “ deb yozib qo`yishadi, kiraverishda …
Shifohonaga ishi tushgan odam biladi xizmatlar pullikmi yoki bepulligini !Hullas , hamma narsani hal qilsa bo`ladi pul bilan …!” Puling bo`lsa changalda sho`rva” deganlari shu bo`lsa kerak..Qo`yib bersang mehr –muhabbatni ham narhlab qo`yishadi …Aslida ,asl tuyg`ularni ham juda kamchilik qadrlamoqda ..!Bugungi kunda mehrni ham pul bilan o`lchaydigan bo`lib qoldik.Mana oddiy bir misol : Yoshi 55-60 ni urib qo`ygan bo`lishiga qaramay ,hali ham namozni bo`yniga olmagan ko`pchilik(afsuski ayrim deya olmayman) ota-onalarimiz kunda-kun ora habar oladigan oddiy ishchi (yoki o`qituvchi) bo`lib ishlaydigan o`g`li kelganida , quruqgina so`rashadiyu ,TV da berilaverib, siyqasi chiqib ketgan serialini ko`rishda pinagini ham buzmasdan davom etadi. Olti oy -bir yilda bir qorasini ko`rsatadigan ,shunda ham dimog`idan qurt yog`ilib tuzuk-quruq hol so`rashga yaramaydigan,shaharda qaysidur tashkilotning korchaloni bo`lgan o`g`lini o`tqazishga joy topolmaydi.To`yu –ma`rakasida o`tidan kirib ,kulidan chiqadigan kelindan qo`shnilarga zorillaydi-yu, yarim yilda bir marta kelaganida ham uy to`rini birovga bermaydigan kelinni maqtovini oshiradi. ”Kambag`alni tuyani ustida ham it qopadi “ ,deganlari shu bo`lsa kerakda.?!
Yoshi yetmishdan oshgan “Hoji ona” larimizning ,to`y dasturhoni ustida bir ryumkadan ko`tarvolib ,davra o`rtasida o`yin tushishiga nima deysiz.?!
Tushgacha hayit namoziga chiqib ,tushdan keyin yaqinda uzatilgan nabira qizining hayitlik dasturhonida ,yuzt-yuzta olib ,yoshlarga baht tilayotgan “Xoji ota”larimizgachi .?!
Mana sizga andisha ,mana sizga oqibat..!
Hayosizu andishasizlarning oshig`I olchi , ta`magir “shantajchi”ning pichog`I yog` ustida …
Avom esa bunga ko`r-ko`rona ergashadi…Bu savodsizlik oqibatimi yoki . ???
Sen menga tegma ,men senga tegmayman .!!
Xalq orasidan bitta-yarimta haqiqatni gapiradigan mard topila qolsa ,unga och bo`ridek tashlanishadi.Davlat tashkilotlari tugul ,hattoki ta`lim-tarbiya maskanlari ham “Qashqirlar makoni”ga aylanib qolgan.Hamma o`z jig`ildonini o`ylaydi.Bu haqda ogohlantirilgan nazoratchi tashkilotlar esa , chora ko`rish o`rniga “Hammamiz ham charchaganmiz ” deb “bosdi-bosdi” qilib yuborishadi.Axir qo`l-qo`lni taniydi-da..!
Qachongacha och qornim, tinch qulog`im qabilida ish tutamiz.
Pora olamiz-u ,tirikchilik ,bola-chaqani ro`kach qilib ,tinchlantiramiz , qalbimizda isyon qilgan vijdonni…Quruq maoshga ro`zg`or tebratib bo`ladimi ,axir.?!
Aslini olganda, qo`sha-qo`sha imoratlar qurib ham, qator-qator mashinalar olib ham ,kunda yangi ”jazman” topib ham to`ymaymiz..!Nafsning quliga aylanib qolganmiz.Uni qondirish uchun hech narsadan tap tortmaymiz .Eng achinarlisi ,bugun ko`pchiligimiz shundaylarga havasmandmiz ..!
Imom al-Buhoriyning “Sahih hadislar” to`plamida keltirilishicha , Rasullulloh S.A.V. aytgan ekanlar: “Faqat ikki kimsagagina havas qilish joizdir!Birinchisi ,to`g`ri ilm olib ,ilmini Alloh yo`lida boshqalarga o`rgatayotgan ustozga ! Ikkinchisi, haloldan davlat topib ,savob uchun beva-bechoraga tarqatayotgan insonga..!”
Bizni orzu-havaslarimiz-chi .?!
Kim o`zarga to`y qilmoq, qo`shninikidan baland tom qurmoq va hokazolar…
Yaratgan qaysi soniyada omonatini bilmaymizu ,lekin toat-ibodatga kelsak , huddi hammasini biladigandek ,hammasiga ulguradigandek bahazur yuraveramiz.Xato ustiga xato,gunoh ustiga gunoh orttiraveramiz ..!
Soatlab vaqtimizni bekorchi gaplar ,gurunglarga sarflab yuboramizu,namoz o`qishga o`zimizda iroda topolmaymiz..!
Har kuni mozorlar yonidan o`tganda , yangi qabrlarni ko`rganda ,”kechagina falonchi tirik edi,tirikchilik kuyida yelib-yugurib yuruvdi .” deb ,loqaydgina gapirib qo`yasiz..!
Inson nega yaratilgan ?! Modomoki ,kuni kelib ,qazoi ajal aniq ekan ,nafsimiz dilozorliklariga nega yon beraveramiz ?!Agarki , bu o`tkinchi hayot sinov ekan ,dunyo matolariga nima sabab uchmo qdamiz ?! Nega bilaturib mangulikka turli shaklda da`vo qilaveramiz ?!Nega bosh qomusdagi Buyruqlar,Ko`rsatmalarga amal qilmaymiz ?!Nega tilimizda Alloh deymizu ,dilimiz boshqa narsalar bilan band ?!
Nima ,BIZ ABADIY YASHAYMIZMI?!