O'tkazib yubormang

Ayg‘oqchilar dunyosi: «Qizil ansambl»

… U tashkil qilgan ayg‘oqchilar tarmog‘i ikkinchi jahon urushi yillarida butun Ovro‘pani qamrab olgan edi. Gestapoda ularni «qizil ansanbl» (kapella) deb nomlashardi. Ushbu ayg‘oqchilik tarmog‘ining ko‘p sonli aloqachilari o‘zlarini pionina sozandalari, boshliqlarini esa usta kapelisterlar deb atashardi.

… Ikkinchi jahon urushi yillari barcha davrlar va xalqlarning eng badavlat ayg‘oqchisi bo‘lmish Leopold Trepper (Jan Jilber) Sho‘rolar ittifoqini, Butun Ovro‘pani va hatto Gitler Olmoniyasini ham qamrab olgan, eng ko‘p tarqalgan va samarali ayg‘oqchilik tarmog‘iga boshchilik qildi. Trepper butun faoliyatini tijorat bilan muvaffaqiyatli tarzda uyg‘unlashtirib olib bora olgan favqulotda aqlli kishilardan edi. DAQ(Davlat Ayg‘oqchilik Qo‘mitasi)ning polkovnigi, Asli Polshada tug‘ilgan 33 yoshli Leopold Trepper 1938 yilning avgust oyida ayg‘oqchilik tarmog‘ini tashkil etish maqsadida Belgiyaga keladi. Pasaporti bo‘yicha u kanadalik Adam Mikler edi. Moskvalik bosh josusning yirik faoliyati shu tariqa boshlanadi. G‘arbiy Ovro‘paning qoq o‘rtasida joylashgan Belgiya o‘zining ajoyib jo‘g‘rofiy o‘rniga ko‘ra birinchi navbatda yashirin faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun qulay maydon hisoblanardi. Bundan tashqari belgiyaliklar josuslik faoliyati boshqa bir mamlakatga qaratilgan bo‘lsa, unga nisbatan mutlaqo befarq qarashar edi. Bu narsa mamlakatning qonunchiligiga ko‘ra, ayg‘oqchilik faoliyati faqat Belgiyaning manfaatlariga zid kelgan holdagina jazolanishi mumkin edi. images (20)Tripper Brpasselga joylashadi va o‘tmishda uning Falastindagi hamkorlik faoliyatidagi eski tanishi bo‘lgan Grosser – endilikda Leo Grosfogelning savdo firmasi bilan mutlaqo rasmiy bo‘lgan tajorat aloqalarini o‘rnatadi. Grosfogel Polshaning Lodz shahrida tug‘ilgan bo‘lib, tajribali tijoratchi Trepperning eng yaqin, ishonchli kishilaridan biri edi. Ular maxfiylik nuqtai nazaridan «Forin eksellent reykout kompani» qo‘shma korxonasini tashkil etishadi va tez orada Belgiya, Fransiya va Skandinaviya mamlakatlarida uning shahobchalari– filiallarini ochishadi. 1939 yilning yozida Stalin va Gitler o‘rtasida o‘zaro xujum qilmaslik haqidagi shartnoma imzolangach, Moskvadan Tripperga o‘z faoliyatini asosan Buyuk Britaniyaga qarshi qaratish haqida topshiriq beriladi. Ammo baxtga qarshi shu yilning 1 sentyabr kuni ikkinchi jahon urushi boshlanadi. Olmon va Sho‘ro qo‘shinlari Polshada to‘qnashdilar. 1940 yilning may oyida Olmon qo‘shinlari Belgiyani egallaydi. Natsistlarning tank kolonnalari ortidan kelayotgan «Limuzin» avtomobilida bulg‘or diplomati bilan birga Bryusellik ikki janob ham o‘tirardi. Bular muhtaram tijoratchilar Tripper va Grosfogel edi. Shu tariqa, ular tijoratchi niqobi ostida olmon qo‘shinlarining strategiyasi va taktikasi haqidagi ma’ruza uchun batafsil ma’lumot to‘plashardi. Natijada vershaxt oliy qo‘mondonligi u yoki bu mavzu haqidagi o‘z qarashlarini fyurerga bayon etishidan ancha avval bu harakatlarning barcha tafsilotlari allaqachon Moskvada ayon bo‘lar edi.
Ana shunday taxlikali kunlarda Markaz Tripperga ikki yordamchi go‘yo urugvaylik talabalar Vinsent Alamo(kapitan Viktor Suxalov) va Karlos Alamo(Mixail Makarov, xalq komisari Molotovning jiyani)ni jo‘natadi. 1940 yilning iyulida Trepperning qimmatli xizmatlari e’tiborga olinib, unga Qizil Armiya generali unvoni beriladi va u xarbiy razvetkaning butun ¢arbiy Yevropa bo‘yicha rezidenti etib tayinlanadi. Shundan so‘ng Trepper bosh rahbar sifatida Parijga yo‘l oladi. Belgiyadagi razvetka uchun esa endi uning ishonchli o‘rinbosari Kent ma’sul bo‘lib qoladi. ¤z o‘rnida Le Grosfolgelning ham Parijga ko‘chishiga to‘g‘ri keladi. Chunki uning butun mol-mulkini Olmon bosqinchi xukumati musodara qiladi. Endi u kinoaktiyor Georg Miltondan ijaraga olgan, Sena daryosi sohilidagi uyda yashay boshlaydi. Grosfogel bir necha oy davomida josuslik tarmog‘ining moliyaviy ta’minlanishini yo‘lga qo‘yib oladi. Bu paytga kelib, ularning tashkilotiga yana bir kishi– Xiller Kau ham qo‘shiladi. Uning yashirin ismi aslida Andre Dyubua edi. O‘z o‘rnida Tripper uchun ham Parij omad keltiradi. Uning yangi tashkil etilgan «Simeks» firmasi Yelisey maydonida, Todtning harbiy-qurilish tashkiloti markaziga yaqin nuqtada joylashgandi. Shu atrofdagi «Lido» kafesida esa bu tashkilotning bir muncha obro‘li boshliqlarini uchratish mumkin edi. Nihoyat birlashma maqsadiga yetadi. Oradan atigi bir necha hafta o‘tgach, «Simeks» firmasi Todt tashkilotining asosiy ta’minotchilaridan biriga aylandi. Bu tashkilot Gitlerning buyrug‘iga binoan, La-Mant bo‘g‘ozi sohilida uzoqdan mo‘ljalga oluvchi batareyalar o‘rnatish o‘rnatish uchun nuqtalar tayyorlar va suosti kemalari uchun zirhlangan bunkerlar qurilishiga ma’sul edi. Qurol-yarog‘dan tashqari barcha jihozlarni jumladan, yo‘l qurish mashinalari, qurilish ashyolari, betonaralash tirgichlar, qurilish yog‘ochlari ko‘taradigan kranlar va boshqalarni Parijning «Simeks» yoki Bryusselning «Simeksko» firmalari yetkazib beradi. Shu tariqa o‘z ishonchliligi va salmog‘i bilan bosqinchi hukumatining alohida ishonchiga kirgan bu firmalarning aylanma mablag‘i tez orada millionlarga aylanadi. Ularning faoliyat doirasi shunchalik tez kengayadiki, hatto Fransiya qarshilik harakati qatnashchilarida ham shubha uyg‘otadi. Ular hatto urushdan so‘ng bosqinchilar bilan hamkorligi uchun egalarini javobgarlikka tortish niyatida o‘z odamlariga bu ikki firmaning faoliyatini kuzatishni topshirishadi. Biroq qarshilik qatnashchilari asosiy narsani – firmalar daromadlarining deyarli teng yarmi razvetka faoliyatiga haq to‘lash va razvetka boshliqlarining chakana harajatlarini qoplashga ketishini bilmas edilar. Firmalardan kelgan foydaning bir qismi yangidan-yangi nemis amaldorlari va zobitlarini sotib olish uchun ketar, ular esa o‘z navbatida firmani foydali buyurtmalar bilan ta’minlashga harakat qilishardi. Shuning uchun ham bosib olingan Yevropadagi biror bir katta yoki kichik qurilish razvetkachilar kuzatuv nazaridan chetda qolmas, qo‘shinlarning barcha harakati ularga kaftdagidek ma’lum edi. o‘arbiy Ovro‘pada joylashgan Olmon harbiy birlashmalari Sho‘ro chegaralariga tashlanishi haqidagi muxim tezkor xabarni Moskva bu ko‘chish endigina boshlanayotganida va birinchi nemis askarlari eshalonlarga chiqayotganidayoq olar edi. «Qizil ansanbl» ko‘p o‘tmay qarshilik kuchlari bilan ham aloqa o‘rnatadi. Bu esa strategik muhim korxonalar, ularning ishlab chiqarish kuchlari va mahsulot xarakteri haqida ma’lumotlar olishda yordam berardi. Ahvol shu darajaga ham yetib bordiki, Tripper guruhi abverning Parijdagi shtab-kvrtirasi telefonlariga ulandi va Moskva Kanaris mahkamasi markaziy apparatining Parij shohobchasiga yo‘llaydigan radioprogrammalarni va ularga javoblarni qabul qilish imkoniga ega bo‘ldi. «Qizil ansambl»ga fransuz fohishalarining sahiy haq to‘lanadigan butun guruhi ishlar edi. Har kuni Parijga kelayotgan nemis frontchilari o‘zlari bilan birga juda qimmatli axborot manbalarini olib kelar – ular orqali, harbiy qismlar raqamlari bo‘yicha, front birlashmalarining joylashuvi haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin edi. Trepper agentlari orasida sayrbon-ekskursavod ham bo‘lib, u askar va zobitlarni kerakli joylarga olib borar va shu bilan olmon xarbiylari kontingentining sho‘ro razvetkasi qiziqtiradigan joylarga yo‘llashni ta’minlar edi. 1941 yilning may oyiga kelib, Parijda Trepperning agentlari bo‘lmagan biror bir muhim nemis idorasi qolmagan edi. Birlashma Stalinni Germaniyaning xujum qilishining aniq sanasi haqida ogohlantiradi, biroq Stalin buni Britaniya iІvogarligi, deb hisoblaydi. Trepperning axboroti o‘zini oqlagach esa u yaratgan tarmoq to‘la kuch bilan ish yurita boshlaydi. Berlindagi sho‘ro elchixonasi tugatilgach, Trepper aloqadan mahrum bo‘ladi. Endi markaz bilan aloqa faqat radio orqali olib borilar edi. «Qizil ansambil»ning Germaniyadan bergan ilk radioprogrammalarini nemislar 1941 yil iyun oyining oxirida ushlab olishadi. Biroq, ularga matnni «ochish» nasib etmaydi. Yuboruvchining o‘zi esa oradan bir necha oy o‘tgachgina qo‘lga olinadi. Shundan keyin Trepperning radiomarkaz guruhi Bryusselga ko‘chib o‘tadi va unga radionomalar Parijdan chopar-kurer orqali jo‘natiladi. So‘ng Kent redisti ularni Moskvaga uzatadi. Bryusseldagi radiouzatgich(peredatchik)ni abver 1941yil dekabrida topadi. Uchrashuv xonadonida radiouzatgichdan tashqari, nemis tilidagi radionomalar, maxfiy yozuv uchun siyoh hamda dizenteriya va tior batareyalari bilan to‘la idishlar topiladi. Bu topilmalar Belgiya hududida faol harakat qilayotgan aksilgitlerchi josuslik tarmoІi mavjudligi va juda keng tarqalganligi haqida rad etib bo‘lmas guvohlik berardi. Abverning katta zobiti, kapitan Pipe uchrashuv xonasidagi uch kishini xibsga olishga buyruq beradi. Ular orasida Mixail Makarov(Karlos Alamo) ham bor edi. Makarovning yordamchisi nemislarga qo‘l keladi. U Pipega Bryusseldagi Sho‘ro razvetkasi faoliyati haqida unga nima ma’lum bo‘lsa, barchasini aytib beradi. Bu deyarli oz ma’lumot bo‘lsa-da, abver va gestapo uchun sho‘ro ittifoqining o‘arbiy Ovro‘padagi ayІoqchilik tarmoІiga qarshi keng miqiyosdagi kampaniyani boshlash uchun yetarli edi. Abver raportlarida bu tarmoq «Qizil ansambl» nomi bilan atalardi. Abver zobitlariga «Qizil ansambl» razvetka faoliyatining Byusseldagi uchrashuv markazi ma’lum bo‘lgach, u Parijga ko‘chganligini aniqlashga muvoffaq bo‘ldilar. 1942 yilning boshida nemislar radiouzatgichlarni topish uchun maxsus qurilmalar yordamida qidiruvni boshlaydilar. Nihoyat 1942 yilning iyun oyiga kelib radiouzatgichni Parij atrofidan topishadi. Bu yerda er-xotin polyak muxojirlari Xert va Mira Sokolni hibsga olishadi. Erini otmoqchi bo‘lib, qiynab qo‘rqitishganda Mira barchasini – shifr detallari, agentlar va hatto bosh rahbarlarning nomlarini ham aytib beradi. 1942 yilning iyuliga kelib, Fransiya va Belgiyada Tripperning yaqin xodimlari qamoqqa olinadi. «Ochilgan» radionomalar gitlerchilarga Tripperning Berlindagi agentlari manzilgohlari va uchrashuv xonadonlarin aniqlash imkonini beradi. Berlin guruhiga reyxsmarshal Gering homiyligidagi ober-leytenant Xarro­ Shulse – Boyzen rahbarlik qilardi. U aviatsiya vazirligida razvetka xizmati zobiti bo‘lib xizmat qilardi. Uning mahfiy xujjatlar bilan tanisha olish qobiliyati deyarli chegaralanmagan edi. Uning bu noyob qobiliyati Berlinda ham Moskvada ham tan olingandi. U va uning xotini Libertas 1936 yildan sho‘ro razvetkasiga xizmat qilishardi. Libertas – targ‘ibot vazirligi amaldori bo‘lib, uning ishi josuslik faoliyatida juda muxim bo‘lgan xorijiy safarlar bilan bog‘liq edi. U bilan birga Berlin guruhiga Oliy iqtisodiyot vazirligi amaldorlaridan doktor Arvid Xarmak kirardi. Guruh o‘z faoliyati davomida 500dan ziyod xabarlarni uzutishga erishdi. Xabarlarni «ochish» tufayli abver 20-yillardan buyon ayg‘oqchilik bilan shug‘illanib kelayotgan, Parij kinofirmasining rejissyori va prodyusseri, yozuvchi Adam Kukxof(Vulf)ni fosh etadi. Berlin guruhining asosiy axborot manbalaridan biri aloqachi-muhandis doktor Kummerov edi. U Olmon armiyasi qurollanishi uchun muxim ahamiyatli bo‘lgan radiolokatsiya qurilmalari, radioboshqaruvli bombalar, «yeru-osmon» raketalari kabi texnika yangiliklarining chizmalarini qo‘lga kiritadi. Guruhga faqat bitta radist Xans Koipi kirgan bo‘lib, u uchta radiostansiyaga xizmat qilishiga to‘g‘ri kelardi. U yetarli darajada malaka va tajribaga ega bo‘lmaganligi sababli oqibatda 1941 yil noyabrda Markaz bilan aloqa tizimi ishdan chiqadi. Kent Bryusselda Berlin guruhi a’zolari manzilgohlari yozilgan radiogramma oladi. Unga guruhni qat’iy nazoratdan o‘tkazish topshiriІi berilgandi. Keyinchalik Fransiyada er-xotin Sokkollar xibsga olinib, shifr va kodlar ma’lum bo‘lgach, gitlerchilarga bu shoshilinchnomani o‘qish nasib etadi va guruh ortidan muntazam kuzatuv yo‘lga qo‘yildi. Natijada guruhning barcha a’zolari 1942 yilning 30 avgustiga kelib, qo‘lga olinadi va gestapo guruhida ishlovchi agenlarni qidira boshlaydilar. Xibsdagilar 117 kishidan iborat edi. Qat’iy tergov jarayonida ularning aksariyati qiynoqlarga chiday olmay, o‘z hamkasblarini sotadilar. Biroq ularning ko‘pchilik qismi to so‘nggi nafaslarigacha o‘z qasamlariga sodiq qoladilar. Masalan, doktor Kummerov bir necha haftalik so‘roq va qiynoqlardan so‘ng uch marta o‘zining joniga qasd qilishga urinadi. Nihoyat u o‘zini oltinchi qavatdan yerga tashlab, vafot etadi. Shundan so‘ng yana to‘rt erkak va bir ayol ham o‘z jonlariga suiqasd qiladilar. 1942 yil dekabrda sud 64 nafar Moskva agentlariga o‘lim hukmini o‘qiydi. Parijda abver guruhi gestapo bilan birgalikda «Qizil ansambl» ishini tergov qilar ekan, bosh rahbarning fotografiyasiga ega bo‘ladi. Ya’ni uning qanday josuslik faoliyati olib borgani haqida tasavvurga ega bo‘ldi. Bundan tashqari gestapo «Simeks» va «Simeksko» firmalarining faoliyatlari haqidagi bircha sirlarni aniqlaydi. Biroq Tripper va uning yaqin yordamchilari, Grosfogel va Kaularni ushlash nemislarga nasib qilmaydi. Tripper maxfiy xonadonga yashirinadi va bundan keyigi ma’lumotlar abverning radioo‘yinlari ham bo‘lishi mumkinligi haqida Markazni ogohlantirish imkoniyatini topadi. Bosh rahbar guruhda qolgan ozchilikni Parijdan Fransiyaning janubiga ko‘chirishni rejalashtiradi. U yerda esa mavjud tajriba va vositalar yordamida sho‘ro markazining topshiriqlarini bajarishda davom etishini mo‘ljallaydi. U o‘ziga nisbatan Jan Jilberning o‘limi sahnasi rejasini tayyorlaydi. Bu rejani amalga oshirish uchun hamma narsa – qalbaki jasad va nufuzli shifokor tomonidan imzolangan o‘lim va hatto qabr ham tayyorlanadi. Bu «sahna ko‘rinishi» birlashmaning qolgan ozchilik a’zosi ma’lum vaqtgacha erkin harakat qilishini ta’minladi. Ammo har qancha harakatlarga qaramay Abver zobitlariga «Qizil ansambil» razvetka faoliyati to‘la-to‘kis ma’lum bo‘ladi. Uning shtab-kvatirasi Parijga ko‘chgani va Bryusseldagi uchrashuv markazi ham aniqlanadi. Leopold Trepperning xorijga chiqib ketish guvohnomasi tayyor bo‘lgan bir paytda tish shifokori huzuriga kirishga to‘g‘ri keladi. Trepperga qarashli firma direktori o‘z xo‘jayinining ikkinchi – asosiy shaxsi haqida hech narsa bilmagani holda gestapo tergovida tasodifan bosh rahbarga o‘z vaqtida tish shifokoriga borib turish haqida maslahat berganini eslaydi. Xavfsizlik xizmati agentlari tish shifokori ro‘yxatnomasini titkilab, unda mazkur ism-sharifni hamda bemorning navbatdagi tashrifini aniqlashadi. Tripperni 1942 yilning 5 dekabrida tish shifokori xuzurida xibsga olishadi. Bosh rahbarni gestaponing Parijdagi shtab-kvartirasiga joylashtiradilar. Unga nisbatan qiynoq usullarini qo‘llamay, o‘zlariga og‘dirib olishga harakat qilishadi. Tripper nemislar bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ladi va yaqin hamkorlari – Kau, Grosfogel va boshqalar haqida kerakli ma’lumotlarni aytib beradi. U shu tariqa gitlerchilarning ishonchiga kiradi. Gestapochilar Tripperning sho‘ro qo‘mondonliga oldidagi nufuziga tayanib, aksilgitlerchi koalitsiyani buzish uchun strategik maqsadda radioo‘yinga qo‘shmoqchi bo‘lishadi. Ayg‘oqchilar rahbari o‘zini rozidek ko‘rsatib, asir olinganini qo‘mondonlikdan yashirishiga gestaponi ishontiradi. U dushman aytgan radionomalarni jo‘natadi. Biroq shahar bo‘ylab sayohat payti katta tavakkal qilib, gestapoga bildirmagan agent ayol orqali Markazga haqiqiy xabarni yetkazadi. Markazning haqiqiy axborotni olgani haqidagi tasdiqnomasini bigach, tripper o‘z vazifasini bajargan deb hisoblab, endi qochib qolishga qaror qiladi. To‘qqiz oy davomida Tripper gestaponi o‘zining sotilganiga shunchalik ishontiradiki, ular shahar bo‘ylab sayr payti qo‘riqlashda hushyorlikni bo‘shashtiradilar. Bu vaziyatda tajribali ayІoqchi uchun oddiy qo‘riqchilarni aldab ketish hech gap emas edi. Tripper unga hamisha hamrohlik qilib yuradigan nemis Villi Berg bilan har doimgidek vokzal oldidagi tanish dorixonaga boradi. Berg mashinada qoladi. Tripper esa dorixonaga kiradi-yu, boshqa qaytib chiqmaydi. Dorixona burchakdagi ikki eshikli binoda joylashgan edi… U urushning oxirlarigacha Sen-Jerman-en-Laye pansionatida yashirinib yashaydi. Nemislar qidiruvni juda kuchaytirib, unga gestapo xodimlari va agentlarining ko‘p kuchi jalb etilishiga qaramay, Tripperni topishning iloji bo‘lmaydi. 1945 yilda Fransiya ozod etilgach, u Moskvaga qaytadi. Stalinning shaxsiy buyrug‘iga asosan uni o‘n yil qamoq jazosiga xukm qilishadi. 1955 yilda ozodlikka chiqqan Leopold Trepper dastlab kindik qoni to‘kilgan Polshaga keladi va keyinchalik Isroilga jo‘nab ketadi hamda u yerda 1982 yil olamdan o‘tadi.

 

sayt: mir shpionov
statya: polkovnik GRU Leopold Trepper
Ruschadan Abdumalik ISOMIDDIN tarjimasi.

 

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter