O'tkazib yubormang

Go‘yo mushkul savol berdingiz («Muxolifatga ochiq xat» yuzasidan ijtimoiy tarmoq va elektron pochtamizga kelgan ayrim savollarga javoblar)

2006 yil ikkinchi bosqichning to‘loviga qiynalib qolgan paytimizda uydagilar bir xonalik “dom”imizni sotib, uy pulining teng yarmiga bir yillik o‘qish shartnoma pulini to‘lov qilmoqchi bo‘lishgan. O‘shanda ham har yili deyarli ikki barobar ko‘tarilardi bu “kontrakt balosi”. Bugun bilan taqqoslaganda hozir bir xonali uy o‘rtacha 20000 AQSh dollari bo‘lsa, nima mamlakatimizda kontrakt 10000 dollarga tenglashdimi, 30 millionga yaqinmi?

top

Aniq bilaman: 2005 yil birinchi kursga borganimda “5”bahoning stipendiyasi 19 ming so‘m edi. Bir yillik shartnoma to‘lovi 560 ming so‘m atrofida. O‘tgan to‘qqiz yil ichida oshgan narx-navo va milliy valyutamizning infilyatsiya darajasi 10 barobar bo‘lganida hozir o‘rtacha to‘lov kontraktini 5 million 600 ming so‘m deb olsak, “a’lo”chi talaba 190 ming emas, balki 320 ming so‘m bilan ham qanoatlanmayapti. Bunaqada holat «Buyuk kelajak«da yozganimdek bo‘lganida ham orzudagi kelajakdan farqli o‘laroq bizning talaba doim norozi va maqsadlari xashaki bo‘lib qolaveradi. Bu turishda talabaning boshidan zar sepsangiz ham, butun dunyo undan qarzdor go‘yo. Axir u o‘qiyapti! Birgina u – talaba yorug‘ olamda(!) Odatda aynan ana shunday haqgo‘y talabalardan soha mutaxassisi chiqmaydi aslida. (Yaqin o‘tmishda — mustaqilligimizning ilk yillaridagi sinovli taloto‘plar ham ana shunday ko‘rnamak talabalardan chiqqani aql egalariga ayon). Aslida “Suyagi sizniki – eti bizniki” prinspini qo‘llab, o‘lasa qilib urib, ultmatum ostida o‘qitilsagina bizdan yana buyuklar chiqadiganga o‘xshab qoldi. Hozirgilarni chertib ko‘ringchi… (Bu endi alohida mavzu) Atrof to‘la nolalar. Shukr va idrok yo‘q. Asosiy muammo talabaga yaratilayotgan sharoitdamas, uning bildirilayotgan ishonchga loyiq yoki yo‘qligida emasmi? Har yili 100 mingdan ziyod yoshlar diplom egasiga aylanadi. Qani ular? Rossiya yoki biror chet davlatda! Bilim egalarining asosiy qismi nomardlarcha, faqat o‘zini o‘ylab yaxshi maosh ilinjida, ko‘r-ko‘rona bitirgan mutaxassislar esa dangasaligidan mardikorchilik uchun ketishgan. Birinchi toifadan qolgan saviya va vijdoni borlari qanoat va umid bilan o‘z yurtida, o‘z yo‘nalishlarida mehnat qilayaptilar. Shu yerdagi ikkinchi toifadagilar esa, kimlarningdir kimisini kimmidir bo‘lgani uchun ham qandaydir mansab kursisini band qilib o‘tirishibdi. Mana asl muammo nimada. Osongina “paxtakorlik” deysizu, eplab shu paxtani qo‘yishga o‘zingizda yurak dov bermaydi yoki aytgingiz keladigan gaplarda ong mehnati, asos yo‘q. Har kuni ijtimoiy tarmoqlar mehmonisizu yozganingizda ikki qator bo‘lsa-da, vijdon so‘zi, shu yurtga tegishlilik hissi, o‘zlikni anglashga intilish-idrok yo‘q. Atrof bilan taqqoslang Vatanni, ayblarni avvalo jamiyatdan qidiring. Yuqori bilan emas oyog‘ingiz osti bilan solishtiringki, shukr bilan ishonchda kuni kelib o‘sha «mana bizda haqiqiy demokratiya» deganlardan o‘tib ketamiz, inshaalloh! Oxirigacha o‘qimaganingiz shundoq ham ko‘rinib turibdi. Agar tashqi kuchlarning fikrlarini quvvatlasam, qo‘shnimga otamning ko‘p uxlashiyu, onamning g‘iybatni yaxshi ko‘rishini, ukamning qimor o‘ynashiyu akamning qo‘li bir oz egriligini arz-dod qilib, o‘zimning yosh va ahmoq ekanligimni oshkor qilsam, paxtakorlik bo‘lmaydimi? Shunda ma’qullaysizmi?.. Mana, ko‘krak kerganimiz vatanparvarlik hissi nimalarda ko‘rinyaptiyu, nimalarni o‘zimizdan soqit qilib, bunda kimlarga qanday imkonlar yaratib bermoqdamiz. Ha, bizda siyosat kir. Jamiyatdagi ayrim shaxslarning bir-biriga bo‘layotgan munosabati va ular o‘rtasidagi o‘zaro siyosat poklanishga muhtoj… Inkor etish va savol berishdan avval idrok qiling. Men siyosatshunos emasman. BU MENING JURNALISTIK SHAXSIY FIKRIM! MUSTAQIL FIKRIM! HURMAT QILING!..

22222222222       Fikr bildirib, savol tashlagan O’zbek uchun alohida aytmoqchiman: Men siyosatchi emasman. Siz ham huddi shu. Shohni oldimga qo‘ydingizu, go‘yo meni chorasiz qoldirib, mot bo‘lganim savolingiz javobini shu axborotni olgan manbaaingizdan qidiring. Garchi men hozir sizga izoh bergan taqdirimda ham buni ma’qullamasligingiz tayin. Siz so‘ragan OAV demokratiyasini esa mana o‘qib turibsiz. Siz ma’qullagan xabar tarqatuvchilar bergan axborotiga agar men qarshi fikr bildirib kommentariya yuborsam, ular aslo javob qaytarmagan, o‘quvchilariga e’lon qilmagan bo‘lardilar. Zamirini anglamay, mutaxassis bo‘lmay turib davlat siyosatiga ko‘r-ko‘rona aralashuv jamiyatda parokandalikni keltirib chiqaradi. O‘zingiz ham ta’kidlagan birgina tinchlik baxti uchun ham ming bor shukr qilaylik. Shusiz ham OAVning qiladigan ishi ko‘p: odamlar orasida, jamiyatimizda, shaxslararo muammolar yetarli. Takror aytaman, Men mustaqil jurnalistman, siyosatchi emas! Darhaqiqat, bizda siyosat kir. Jamiyatdagi ayrim shaxslarning bir-biriga bo‘layotgan munosabati va ular o‘rtasidagi o‘zaro siyosat poklanishga muhtoj…

Alisher ABDUMALIKXON, IDROK.UZ

14 ta fikr

  1. Ajoyib fikirlar siz bilan tanisha olamizmi.

  2. ajoyib fikirlar, Siz yurtimiz karupsiyasiga nima deya olas

  3. Ҳар қанча йўқотишга ҳаракат қилинмасин мамлакатимизда афсуски коорупция ҳамон мавжуд. Бунда ҳам кўпинча айбдор ўзимиз. Олий таълимга қабул жараёнларидаги ушбу иллатнинг бир кўринишини қисман «Қосимнинг қасами» http://idrok.uz/qosimning-qasami» мақоласида баён этилган. Насиб қилса, бундан кейин ҳам ушбу иллатнинг соҳалардаги бошқа кўринишлари ва барҳам бериш усулларига тўҳталамиз.

  4. Huddi men o’z ismimni yashirib yozyatganimdek, siz ham cenzuradan o’tmagan savollarni saytizga qo’ymeysiz. Sizga ham tinchlik kerak. Shuni tan olsayiz bo’ldi.
    Sizni ham tushunaman.
    Men yozgan masalani siz ko’tarib chiqa olmaysiz, go’yoki siyosatchi emassiz.
    Jurnalist soyosatni oqlab/qoralab chiqmasa, yana nimalarni yozishi kerak?
    O’t-o’lanlar, qurt-qumursqalar haqidami?
    Yana bir bor ta’kidlab o’taman. Men siz aytgan muholifat OAV chilarni jinim suymaydi, ayniqsa Ozodlikni.
    O’zim o’sha siz va men bilgan joylar (davlat muassasalari) da yurganim uchun haqiqatga yaqinroq habarlarni bilaman. Shuni uchun misol tariqasida keltirgandim holos.
    Bu mavzu va savolni unuting.
    Yozgan narsalarizda balandparvozlik nafasi kegani uchun sal jahl ustida qattiq fikrlar bildirmoqchi bo’lgandim. Qarasam bundan menga na issiq na sovuq ekan.
    Omon bo’ling.

  5. Jurnalist aytishi kerak bo’lgan savolni bering javob beraman. Yaratgandan boshqa hech kimdan qo’rqmayman, o’zimga qorong’u bo’lgan narsalarni yozishga esa dil yo’l bermaydi. Agar tinchlik kerak bo’lganida bir tiyinlik moddiy foyda yoki manfaati bo’lmagan bu saytni tashkil qilmagan bo’lardim. Shu yozilgan narsalarnida hammma ham yoza oladi deb o’ylaysizmi. Tanqid qilish oson. Lekin mayli boshidanoq shunday fikrlar bo’lishini kutganman. Faqat har bir savolga vijdonan yondashishingizni istayman. O’zini hurmat qilgan boshqani va uning mehnatini ham hurmat qiladi.

  6. siz jurnalistmisiz yoki malum homiylarga ega tashkilot vakili

  7. Hech bir homiyga ega yoki biror tashkilotga qarashli emasman. Mutaxassisligim jurnalist.

  8. balki bu ish xobimi unda

  9. Jiddiy kasbga nisbatan xobbiy sifatida yondashuv ayb sanalmasa, shunday deb hisoblashingiz ham mumkin.

  10. fikirlarimdan ranjimang bilmagani bilish ayb emas siz jurnalisman deyabsiz imkoniyatlaniz odiy jurnalis kabi emas kuzatishimcha…

  11. Har qanday fikr bildirishga haqlisiz. Bundan achchiqlarini ham eshitdik. Faqat o’z fikringizni isbotlang.

  12. Alisher aka bu fikrlarizni juda kamchilik tushunadi hozir.Bu fikrlarni tushunish uchun hozirgi zamon odamlarida aql va bilim yetarli darajada emas.Bu savollarga javob topish uchun birinchi o`rinda inson nima uchun dunyoga kelganligini bilishi kerak.Bu savolga ko`pchilik yashash » yaxshi yashash uchun» deb javob berishiga ishonchim komil…Shunaqa ekan nima qilasiz bahslashib …

  13. Shavkat Muhammad

    uz. доменида сайт яратиб, Узб …… …….. ….. …….. демокчимисиз ёки мухтарам …… оппок,атрофидагилар галамисми)))? илтимос,комментим йуколиб колмасин…

  14. Shavkat Muhammad

    el.pochtani xato yozibman

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter