O'tkazib yubormang

Qizlarning ko‘zida hayo qolmadi

Yigitlar so‘zida lafz yo‘q, taqvo yo‘q,
Qizlarning ko‘zida hayo qolmadi.
“Voy, dugon Shurikni holatini ko‘rsang edi, roziligimni eshitib, shunaqa hursand bo‘ldi, bolapaqir… Da, da… Chistiy brilliant uzuk taqib qo‘ydi qo‘limga… E-e-e, yo‘q… Murod o‘zi avvaldan menga yoqmasdi… Shuni gapirmagin. O‘zi anavi Azamatdan endi qanday qutilishni bilmayapman. Bu yoqda Nodir tinchlik bermayapti… Voy, to‘xta, to‘xta Sajar akamdan qo‘ng‘iroq… O‘zim qivoraman, Dilnoz!.. Assalomu-alaykum, Sanjar aka! Yo‘-o‘-o‘-q… Cessiya masalasida dekanatdan chaqirtirishyapti ekan. Shuni gaplashayotgan edim. Yana o‘ziz qo‘llab yubormasez, bu safar aniq “otchesleniya” bo‘laman shekilli, jon… Kechqurun ko‘rishganda yana gaplasharmiz…” Qiz telefoni ekraniga yana nazar tashlab, “Adajon qvottila, Sanjar aka! Istasez ulayman… Xo‘p, xo‘p o‘zim qivoraman… Allo, assalomu-alaykum, Shuhrat aka! Uyga yaxshi yetvoldizmi deb, o‘zim qilmoqchi bo‘lib turgandim… Uchrashuvmiz haqida onam bilan gaplashayotgandim… Xo‘p, uyga borvolay, gaplashamiz yana”. Orqa o‘rindiqda o‘tirib, telefon qo‘ng‘irog‘idan bo‘shamayotgan qizning suhbati e’tiborimni tortmay qolmadi. Unga salon oynasidan nazar tashlar ekanman, “bopladim-a”, degandek menga ko‘z qisib qo‘ydi. “Aslida unaqa yomon qizmasman, yaxshi yigit”, dedi so‘ng u kulimsirab. “Men ham sizni unaqasiz, demadim. Shunday chiroyli qizdagi bu holatdan ajablanmasa ham bo‘ladi hozirgi kunda”. “Unchalik chiroylimasman-ku-u-u”, dedi u suzilib…

“Artistdan xotin, taksisdan er chiqmaydi”, degan maqolni bolaligimda eshitgandim. Artistdan nega xotin chiqmasligini harf tanib, matbuot varoqlay boshlagach, bu narsa haqiqatga ancha yaqin ibora ekanligini angladimu, taksisdan nega er chiqmasligini esa, biroz bo‘rttirilgan ammo nojoiz ham bo‘lmagan gap ekanligini keyinchalik o‘z hayotimda anglab yetdim. Uch yil avval davlat ishidan bo‘shagach, bekor o‘tirishni istamay, eskigina aravamda kira qilishni odatga aylantirdim. Voqealar jarayoni va o‘nlab qizlar bilan bo‘lgan “quyuq-suyuq salom-aligim” haqida batafsil so‘z yuritib, gunohlarimni yanada orttirishni maqbul topmayman. Bu narsa o‘zbek jurnalisti etikasiga ham to‘g‘ri kelmaydi. Tavbalarimni qabul qilib, o‘tgan ishlarimni O‘zi kechirsin, ishqilib.

Копия images (5)Har bir yozgan maqolamga iliq fikrlar bildirilayotgani qatori “aqllilik qilib, o‘zini ko‘rsatyapti, noxolis yondashuv” degan iddaolar ham bo‘lgani uchun ushbu mavzuni o‘z aybim bilan ham bevosita bog‘liq holat ila ochdim.

Bilamizki, oilaviy turmushda ayb yo to‘ydan keyin darhol chiqadi yo to‘ydan ancha vaqt o‘tgandan so‘ng, kamida farzandli bo‘lgach ko‘rinadi, ko‘pincha. Nima undan avvalroq – to‘yga qadar, bo‘ydoqlik yoki bokiralikda chorani o‘z-o‘zimizdan izlash, oqibati zararli harakatlarga o‘z vaqtida o‘zimiz barham berishimiz mumkin emasmi?.. Aqlni yig‘ish shunchalik mushkulmi? O‘ylab ko‘raylik, agar haqiqiy turmushigacha bir nechta qiz bilan ko‘ngilxushlikda yurgan yigit tavba qilmay chimildiqqa kirsa yoki dil berganlari sanog‘ini o‘zi ham eslashi gumon bo‘lgan ojiza bir yumalab farishtaga aylanib, birovning mahramiga aylansayu hammasi oxirigacha ertaklardagidek tep-tekis ketaversa, hayotning tabiiy muvozanati buziladi-ku! Har bir harakatimizning savol-javobi, yaxshi-yomon amallarimizning jazoyu ajri bu dunyoning o‘zidayoq zoye ketmay qachondir, qay ko‘rinishda bo‘lmasin qaytishi qayoqda qoladi unda?!.

Ma’lum vaqt ko‘chada yura-yura mavzu yuzasidan kelgan xulosamni o‘z tengdoshlarim – yigitlarga bir gap bilan aytmoqchiman: ayniqsa, shomdan keyingi holatlarda biror yerda azbaroyi “tasodifan” “Telefoningizdan foydalanib olsam maylimi”dan boshlanib, “Xolam(yoki ammam)nikiga ketayapman…”, “Viloyatdan hozirgina mehmonga kelib, adashib qoldim: qoladigan joyim yo‘q”, “Sizni avval qayerdadir ko‘rgandekman…”, “…Falonchi artist yo aktyorga o‘xsharkansiz”, “Bir o‘zim zerikib ketdim, istasangiz birga ovqatlanaylik”, “Erim meni tashlab, boshqasi bilan ketib qoldi”, “Uylanmoqchi bo‘lgan yigitim aldab ketdi”, “Bolaligimda bir kasalga chalinib qolib…” kabi davom etuvchi begona qizlarning fasod gaplariga uchib, ularga quloq bermang. Unutmangki, sizdan boshqa istalgan yigitga ham ulardan shu so‘zlar yangrashi aniq.
Bir akaxonim aytib qoldi: “Hali bo‘ydoq o‘rtog‘imiz avval o‘zining uchta og‘aynisi bilan gaplashgan juvonni sevib qolib, oxiri unga uylandi”. Tavba! O‘zi asrasin bunday makr va fojealardan!.. Bizga nima bo‘layapti o‘zi? Qizlargachi?..
Yigit kishining iymoni baquvvat bo‘lsa, ayolning har qanday makrini chetlab o‘ta oladi. Ammo aniqki, “ko‘zini suzgan g‘unajin” oldida biz “buqacha”larning aksarimizda o‘sha e’tiqoddagi sobitlik qidirgan chog‘da topila qolmaydi. Maftunkor nigoh, jozibali so‘zlar oldida o‘zimizni yo‘qotib qo‘yamiz. “Erkakmisan” deymiz o‘zimizga-o‘zimiz toki bu so‘z ularning o‘zidan chiqib qolishidan havotirlanib. “Musulmon farzandisan, mo‘minsan-ku”, degunimizcha esa xayolni gunohkor oniy entikish qoplab olgan bo‘ladi.
Islomdagi hech bir amal behikmat emas. “Qiz bola tor shim, miniyubka kiysa ham, ochiq-sochiq kiyinib, doimo chaplama pardoz qilsa ham, o‘ziga to‘g‘ri bo‘lsa, asosiysi shu”, degan gapni ko‘p eshitamiz. Yo‘q!!! “O‘ziga to‘g‘ri qiz” hech qachon bunday yurmaydi. Behayolik tomon birgina bosilgan qadam ham hayoning boshqa yopiq tomonlarinida asta-sekin yupun holga keltirishi mumkin ekan aslida. Ko‘chada uchratganingiz – begona ojiza ochiq-sochiq kiyinganmi, ko‘zlari olma terayaptimi yoki kiyinishiyu ko‘rinishi sipo ammo gap so‘zlari biroz ilmoqli, harakatlari bejomi, kulishi boshqachami, xullas qay yo‘l bilan bo‘lmasin Sizning e’tiboringizni o‘ziga tortmoqchimi, bo‘ldi: u aniq “anaqaroq” qiz(!) yoki bu turishida tez orada manzili aniq “anaqa”…
Nima, faqat o‘rangan qizlar bilan jiddiy munosabatda gaplashish kerakmi unda, dersiz. Umuman olganda suratdagi soxtalik bilan hijobni hijolat qilganlar ham kuzatilyapti bu hayotda. Xullas, bugunda yigitlarning uylanishi ham lotoreya o‘yiniga o‘xshab qoldi. Biror baxtli raqam deb o‘ylaganimiz natijada nol chiqishidan hammamizni O‘zi saqlasin.
Qadimgilar bekorga balog‘atga yetishi bilan qizlarini to‘y orzu-havasiga boyliklari yetsa-yetmasa, bor-boricha, o‘z holicha berib yuborishmagan ekan. Har qancha erkaligi bo‘lsa eriga qilsin, miyasiga aql to‘la bitguncha o‘zini boshqa xonadonda ko‘rib, hayot nima ekanligi haqida kelinlikda eti qotib bilsin, deya. Hozirgi qizlarning holatini esa o‘qiyapti, ishlayapti, hunar o‘rganayapti deya suratan baholaymizu, afsuski ularning hammasi ham biz o‘ylaganimizdek emas. Ayni turmushga uzatilishi kerak paytida o‘qish yoki ish bahona ko‘chada, sayilgoh va turli ko‘ngilochar maskanlarda yallo qilib yurgan qizlarga, ularning ko‘zlariga hech e’tibor berganmisiz. Qorachig‘lariga tikilsangiz, ular ham sizdan nigohini uzmaydi. Ko‘z insonning ichki dunyosidan xabar berishi nazariyasiga ishonsak, endigina o‘n yetti-o‘n sakkizga kirgan qizlar hozir hamma narsani biladi. Ha, “Qizlarning ko‘zida hayo qolmadi”.

Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)dan rivoyat qilinishicha jannatning eng ko‘p ahli faqirlar, do‘zahga eng ko‘p tushadiganlar esa ayollar bo‘larkan. Shunday ekan, biz – bugunning yigitlari qanday yo‘l bilan bo‘lmasin tobora boy bo‘lishga intilishimiz barobarida janonalarning tuzog‘iga o‘zimiz istab, osongiga ilinib qolayotganimiz, nimadan dalolat berayapti unda?!.
Aqllilik qilmadim, kelgan fikrlarni boricha yozdim. Kimlargadir qattiq botgan bo‘lsa, bilsinlarki bu so‘zlar ularga tegishli emas.
Hidoyat va yaxshiliklar faqatgina O‘zidan ekan, bir narsanigina o‘tinib so‘raymiz, Alloh hech birimizni hech vaqt iymondan ayirmasin.

IDROK.UZ

4 ta fikr

  1. Afsus…to’g’ri hamma davrda ham o’ziga yarasha behayo, g’ururi yo’q insonlar bo’lgan,ammo hozir jamiyatda ularning soni ko’payib borayapdi. Hammamiz ham gunohkormiz, beayb Parvardigor, lekin ko’pgina gunoh ishlarni ongli ravishda qilayapmiz. Insoniyat moddiy yutuqlarga erishgani sayin uning ongidan «Jannat» va «Do’zax» singari tushunchalar chekinib bormoqda…

  2. Xokisorligim ham ko`rolmaslar bor …
    Goho rahmim kelar dushmanlarimga …
    Uzun umrim uzun g`am bo`ldi , yana
    Ne azob bor mendek ko`ngli yarimga ?..

    Goho o`z-o`zimni koyiyman :Пари..,
    Tag`in ayblaringdan ayt biron narsa …
    O`zim raqibimning uyiga borib
    Kechirim so`ragim kelar , qiynalsa …

  3. Haqiqatga juda yaqin…

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter