O'tkazib yubormang

Sog‘intirib keldingmi, bahor?!

Bosh ko‘targach asta boychechak,
Erib ketdi yer yuzidan qor.
Oppoq o‘rik huddi kelinchak,
Sog‘intirib keldingmi, bahor?!

images

Shaffof osmon ortida quyosh –
Aksi bilan o‘ynashar anhor.
Unga mamnun boqar harsangtosh,
Sog‘intirib keldingmi, bahor?!
 
Shivirlaydi shabboda mayin,
Qo‘shiq aytar qushlar betakror.
Yurak tezroq urgani sayin,
Sog‘intirib keldingmi, bahor?!
 
 Gulzordagi ochilgan gulga,
Shudring aksi tushdi tong-sahar.
Unda quyosh boqar bulbulga,
Sog‘intirib keldingmi, bahor?!
 
Sumalakka tushgan tosh kabi, bahor&bulbul
Qaynar buloq suvlari bedor.
Tishladingmi lolaning labin,
Sog‘intirib keldingmi bahor?!
 
Daragingdan sevingan falak,
Quvonchidan yig‘ladi zor-zor.
Jilvalandi rangin kamalak,
Sog‘intirib keldingmi, bahor?!
 
Bitta ko‘klam kelmasa agar,
Mening uchun mingta yoz bekor.
Bodom dilga sochgan oppoq zar –
Sog‘intirib keldingmi, bahor?!.
…………………………………………………………………………………………………………2004. IDROK.UZ
 
 
 

 

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter