google-site-verification=Sfc5fgCylBWBT4bCn0bIGXyn069rrYYRjsKrCWp3uPI
O'tkazib yubormang

Til: Oliy Majlis chaqirish kerak!

Matbuot jamiyatdagi asosiy ma’naviyat tashviqotchisi, internet jurnalistikasi esa bunda inchunun ekan, har qanday muammoni avvalo o‘zdan qidirish joiz. Kuzatishlarimiz natijasida ma’lum bo‘ldiki, «.uz» milliy uy hududida faoliyat yuritayotgan mingdan ortiq virtual nashrlarning yarmidan ko‘pining nomlanishi horijiy so‘zlardan tuzilgan.

 «Afisha.uz», «podrobno.uz», «anons.uz», «12news.uz», «pressnews.uz», «news24.uz», «publika.uz», «utro.uz», «myday.uz», «sreda.uz» va boshqa yuzlab saytlar bunga misol bo‘la oladi. «Lex.uz», «mover.uz», «torg.uz» kabi faoliyat yo‘nalishi boshqa bo‘lgan saytlarni hozircha qo‘yaturaylik, xoh ona tili yoki chet tilida bo‘lsin O‘zbekiston yangiliklarini yoritish bilan shu mamlakat ichida shug‘illanayotgan OAV saytlariga nahotki o‘zbekcha muqobil nom topilmagan bo‘lsa?! Xabar tarqatib, nuqtai-nazar bildirib, xalqqa ma’naviyat zarralarini ulashayotgan, www.uz tarmog‘i sara ko‘rsatkich(top reyting)i va jahon «o‘rgimchak to‘ri»da o‘zining ma’lum o‘rniga ega bu OAVlarning mushtariyga tanilishi va ularning yodida saqlanishi bevosita shu nom bilan bog‘liq-ku! Chiroyli eshitilishi, ko‘pchilikka ma’lum so‘zligi yuzasidan keng ommani tezroq o‘ziga jalb qilish uchun yirik OAV korxonasining horijiy so‘z bilan atalishi aslida manfaat yuzasidangina tanlangan, hamda vatanparvarlik deya hammadan ham uning o‘zi ko‘p takrorlovchi aqidasi oldida judayam g‘ayrishuuriy bo‘lgan hol. «Matbuot.uz», «batafsil.uz», «yangilik.uz», «tagxat.uz» deb ham atash, muqobili topilmaganida tilshunos – mutaxassisga murojaat qilish ham mumkin. Istalgan turdagi korxonaning faoliyatini o‘zida aks ettira oladigan, ko‘pham foydalanmaganimiz uchun quloqqa biroz g‘alati eshitilsa-da, ma’no-mohiyati keng va go‘zal bo‘lgan shunday so‘zlarimiz ham borki, uni faqat topa bilish kerak. Rivojlangan mamlakatlar lug‘atidagi so‘zlar ular rivojlangan bo‘lgani uchungina quloqqa jarangli eshitiladi. Bu ketishda biz qachon ulardek bo‘lamiz, qachon rivojlanamiz?.. Til rivoj topmas ekan, xalq va uning madaniyati, ma’rifati qanday rivojlansin?

Shu o‘rinda, Amerikalik faylasuf va yozuvchi Jorj Santayananing «So‘z – qurol: dushman so‘zini ishlatsang, bu nazariy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham xavflidir», deya aytgan biroz qo‘pol fikrini, yumshatib tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.

Tilni millat ko‘zgusi bilib, unga juda kichik o‘rinlardagi e’tibori orqali ham jilo berayotgan «daryo.uz», «sayyod.uz», «darakchi.uz», «xabar.uz», «kun.uz», «olam.uz», «holva.uz» kabi tarmoqlar ham borki, nomining o‘zidanoq kelajagi ko‘rinmoqda ularning.

Shu o‘rinda internet jurnalistikasidagi hamkasblarimizga yana bir mulohaza va maslahat: sahifani to‘laqonli sayt sifatida rivojlantirish istagida bo‘lsangiz, uni hech qachon ism-sharif bilan nomlamang. Hattoki, Barak Obamaning ham haqiqiy rasmiy sayti  o‘z ismi bilan nomlanmagan. «Man-man»lik – taraqqiyot zavoli. Xalq sizning emas, ezgu va umumbashariy g‘oyalarning atrofidagina birlashadi, shunda fikrlar bir nuqtada kesishadi. Misol keltirib, e’tiroz bildirishga urinmang, artist va masharabozlarning yo‘rig‘i umuman boshqa. Axir Siz axborot odamisiz, jiddiy shaxssiz!

Bugun ana shu jiddiy shaxslar o‘rtasiga jiddiy taklif tashlamoqchimiz: davlat tili bilan bog‘liq nutqimizdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun aniq yechimni ko‘rsatish, amaliy harakat qilish payti keldi.

Korxonalar nomlanishiga mas’ul bo‘lgan Davlat statistika qo‘mitasi, reklama e’lonlari bilan shug‘ullanuvchi yuqori tashkilotlar, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Xalq ta’limi, Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirliklari kabi faoliyati ona tilimiz bilan bevosita aloqador tashkilotlar uchun, til to‘g‘risidagi – yangi tahrirdagi – Yagona qonun loyihasi yuzasidan Oliy Majlis chiqirish kerak.

pano

Unga ko‘ra, deputatlar muhokamasi va Qonunchilik palatalariga «IDROK.UZ» quyidagilarni taklif qiladi.

    Yangi tashkil qilinayotgan korxona va tashkilotlarning nomi o‘zbek tilining imlo lug‘atida bo‘lishi shart qilib belgilansin. So‘z korxona faoliyatini to‘la aks ettirsa, muqobilini topishning imkoni bo‘lmaganida vakolatli organ ruhsati bilangina alternativ so‘zlardan foydalanilsin. Shu kunga qadar horijiy nomda faoliyat yuritib kelayotgan korxona va tashkilotlar bir yil muddat ichida atalishini, doira va to‘rtburchak muhrlari hamda korxona nomi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni yangilasin. Chet el investitsiyasi asosida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zga nomdagi korxona va qo‘shma korxonalar atalishiga ham mavjud horijiy so‘z bilan birga faoliyat turi bilan bog‘liq o‘zbek tilidagi atama-so‘z qo‘shilsin.
a) ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat va nooziqovqat mahsulotlarining ham mahsulot belgisi o‘zbekcha atalishi tegishli organlar tomonidan belgilab qo‘yilsin.

«Reklama to‘g‘risidagi», «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi» O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, unga ko‘ra keng jamoatchilik e’tiboridagi reklamaning barcha turlaridagi so‘zlarda imlo xato yoki gap tuzilishidagi qo‘pol uslubiy xatolar uchun taqdim etuvchi hamda e’lon qiluvchi sub’ektlarga jarima javobgarligi belgilansin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ona tili va o‘qish darslarini chuqur bilmga ega, milliy adabiyotimiz yaxshi biladigan soha mutaxassislarigina olib borishi va ularning faoliyat monitoringi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan «Sog‘lom bola yili» davlat dasturi asosida ta’minlanib, yanada kuchaytirilsin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan yuqori ta’lim tizimida o‘qitilayotgan barcha talabalar va asosan ona tili o‘zga tilli guruhlardagi talabalar uchun o‘zbek tilining o‘qitilishi kuchaytirilgan nazoratga olinsin.
a) Davlat test markazi qabul komissiyasi oliy ta’lim muassasalariga imtihon topshirish istagida bo‘lgan abiturientning o‘zbek tilidagi og‘zaki va yozma nutqi qoniqarli darajada bo‘lganidagina hujjatlar qabulini amalga oshirsin. (Imkoniyati chegaralangan bolalar bundan mustasno).

5. Ushbu qonun ijrosining ta’minlanayotgani, o‘zbek tili bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq jamiyatdagi muammolar, korxona va tashkilot rahbarlari tomonidan tilga nisbatan uchrayotgan nopisand munosabatlarni tanqidiy ruhda, feleton shaklida muntazam yoritib borish OAV xodimlari zimmasiga yuklatilsin.

Yuqoridagilar shunchaki bizning mulohazalar ammo bundagi masala shunchaki emas. Mubolag‘a bilan bo‘lsa-da, OAVni to‘rtinchi hokimiyat maqomida atayotgan ekanmiz, davlatning bosh islohotchi sifatida amalga oshirayotgan ishlarida, jamiyatning kelajak bilan bog‘liq eng asosiy muammolarini yechishda matbuot aniq fikr bildirishi, jilla qurisa, maslahat bera olishi bugunda ahamiyat kasb etmoqda.

Kuni kecha davlat telekanalida «Nigoh» nomli ko‘rsatuv efirga uzatilib, til muammosining ayrim ko‘rinishlari muhokama etildi. Lekin aytish kerakki, bu kabi chiqishlar samara bermayapti. Yigirma besh yildirki, har qancha urinmaylik, masalaning ahamiyati yo‘qolmay, aksincha, ko‘lami kengayayotgandek. Biz, chaynala-chaynala mushtariyning me’dasiga tegib, hamon muvaqqat echimi topilmagan og‘zaki va yozma nutqimizdagi shiru shakar, shahdu shakar jumlalar masalasini yana zamon yoshlari bilan bog‘lab, mohiyatdan uloqmay aniq tashxisni aytdik xolos. Ona tilini o‘zlashtirishdagi kamchilik va undagi muammolar haqida yozilaverib, shu kungacha o‘nlab olim doktor bo‘lgandir. Yanada chuqurroq kirilsa, yuzlab doktor akademikka aylanishi ham mumkin.

Quruq gaplar gapligicha – o‘z joyida qurib qolavermasligi uchun muammo yechimida Qonundan o‘zga chora yo‘q.

2014 yil, 2-mart. Toshkent.

IDROK.UZ

P/S: Muammo haqida qo‘shimcha taklif va mulohazalar bildirilib, sayt yoki ijtimoiy tarmoq orqali maqolaga kamida yuz nafar “yoqdi” belgisi biriktirilsa, masalani ko‘rib chiqishlari uchun maqola Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yuboriladi.

 

O‘xshash maqolalar:

Men millatchi emasman!

http://idrok.uz/2014/01/16/men-millawwi-emasman/

 

10 ta fikr

  1. zafar mirzaliyev

    Haq gaplarni o’rtaga tashlabsiz. Ammo, bu salgina ortga cho’ziladigan masala. Ayniqsa, chet el invistitsiyasidagi korxonalar borasida. Yana bir narsani qo’shimcha qilmoqchiman: marhamat qilib Oliy Majlisdagi ba’zi o’zbek deputatlarimiz ham o’zbekchani o’rganishsa.

  2. ҚАЛАНДАР

    Ассалому алайкум! Аввало тилимиз софлиги ҳамда келажаги хусусида қайғураётганларингиз учун жудаям миннатдормиз.
    Энди юқоридаги мақола борасидаги фикрларга келсак:
    1.Бу банддаги фикрлар жуда ўринли дейиш билан бирга на фақат янгиларини балки амалдагиларини ҳам қайта кўриб чиқиш керак;
    2. Бу чораларни аллақачон қўллаш керак эди . Ҳа майли ҳечдан кўра кеч бўлса ҳам амалга ошгани соз бўлади. Фақат қонунбузарлар учун чоралар қаттиқроқ бўлиши керак.
    3.Бу банд анча бахсталаб банд. Сабаби шуки хозир давлат миқёсида чет тилларга бўлган эътибор мени фикримча пухта ўйланмасдан чалааводларча амалга оширилмоқда. Ахир ўзингиз ўйланг ҳали ўзини тилини чуқур нозик томонларини на фақат ўрганиш балки ҳис қилмай туриб олти ё етти яшар гўдак қандоқ қилиб ўзга чет тилини тўлақонли ўзлаштириши мумкин. Буни юқорида ўтирган қонун лойиҳасини тайёрловчилар тушунмайди. Чунки уларнинг кўпчилиги Она тилимизни ўзбек бўлса ҳам яхши билишмайди ва энг ёмони шу билан фахрланишади. Фикри ожизимча аввало оила кейин болалар боғчасидан тортиб то бешинчи синфгача Она тилини чуқур (албатта тарих билан қўшиб) ўргатиш керак токи бола соф миллий тилда тўлақонли фикрлай олсин.
    Кейинги пайтдаги ҳиссиз нафси оч раҳбарларни кўпайиб кетишини асл сабаби шундан бўляпти. ( Бу албатта бошқа мавзу)
    4.Бу ерда нафақат ўзимизни бошқа тилларни ўқитилиш сифатига эътиборни ( Миллий масалада энг нозиги тил муаммоси) қаратган ҳолда назоратни кучайтириш керак.
    5. Тўғри ОАВ ни тил масалалари бўйича таҳлилий чиқишлари керак лекин бу билан иш битганда Ўзбек тили хақидаги қонунни ўзгартиришни хозир муҳокама қилиб ўтирмасдик. Ахир орадан 25 йил ўтдия яна ўша гап. Энди буни битта йўли Вазирлар Маҳкамаси қошида махсус «Давлат тилини амалга ошириш» қўмитасини тузиш керак ва унга жуда кенг ваколатлар бериш кепак.

    Албатта бунга юқоридагилар қарши чиқиши аниқ чунки улар бундан мафаатдор эмас. Лекин референдум йули билан бўлса ҳам шунга эришиш керак.

  3. Dilshod Abduazizov

    Тўғриси, бу ўта жиддий ва долзарб масала. Бу борада шошма-шошарлик қилиб, яна бошқа бир хатолар учун йўл очиб бериш яхши эмас. Олий Мажлис бу масалани ўз назоратига олиши керак, аммо ўзи ҳал қилиши керак эмас. Яъни Олий Мажлис ташаббуси ва мувофиқлаштируви остида ушбу муаммо умумхалқ муҳокамасига ташланиши керак. Тил – умумий бойлик, унга боғлиқ ҳар қандай масала халқ фикрига таяниб ҳал этилиши лозим.

  4. Бу фикрингиз ҳам тўғри. Олий мажлис унда ҳеч бўлмаса, она тили борасида референдум масаласини кўриб чиқсин. Агар 100 та овоз тўпланса, ИДРОК ҳар қанақасига масалани қонунчилик палаталарига тақдим этиб, амалий жавоб талаб қилади.

  5. Haq gaplar. Fikr mulohazalaringizni amalda qo’llasa ajoyib natijalar berishi aniq! Rahmat sizga.

  6. Tolib XORAZMIY

    Gapingizga qo’shilaman lekin biz xozir o’sish davridamiz korxonalar bilan shug’ullanuvchi Savdo sanoat palatasi bu ishni yoqlamasa kerak nimaga desa boya aytgamindek o’sish davrida ekanmiz investorlarga qulaylik yaratish zarur misol uchun colgeyt tish pastasi qo’shma korxonasiga shunaqa shart qo’yilsa ular korxonani yopadi va tojikistonda ish boshlaydi keyinchalik esa biz o’shani tojiklardan olishimiz kerak narhi esa xozirkidan 15 foiz qimmat undanam yomoni VALYUTA CHETGA CHIQIB KETADI. KELING SHU BIZNESMENLARNI TINCH QO’YIB QOLGAN XAMMA AYTGANLARINGIZ 100% EMAS 200% XORAZMCHADA KECHIRASIZ O’ZBEKCHADA DEMOQCHI EDIM ONA TILIMIZDA BOLSA INSHOOLLOX BO’LADI. (xa aytganday biznesmenlarga xam qaytamiz qachonki 100% axoli ish bilan taminlanib uzbekiston xam janubiy kareyaga o’xshab chetdan migrantlar ish ilinjida kela boshlasa o’shanda shu ishni kilamiz xudo xoxlasa).

  7. Tolib Xorazmiy

    Yana bitta gap o’qishga kirmoqchi bo’lganlar uchun ko’proq to’xtalgan maq’ul nimaga desa boshqa mamlakatlardan bizdagi Oliy O’quv yurtlarga kelib ta’lim olishni istovchilap bizni tilga extiyoj sezadi bu esa bizga 5. Yana bitta gap keldi chet elda ish yuritayotgan bazi bir dunyoga mashxur veb saytlar borki bizning tilimizdagi versiyani chiqarishni unitishmagan, o’zimizdagi bazi o’zimiznikilardan boshqa xech kimga qizig’i bo’lmagan web saytlar borkim o’zbekcha versiyasi unitishgan jog’i rus yokim china tilida versiya mavjud ASOSIY GAPNI AYTADIGAN BO’LSAM BOSHQA DINIY OQIMLARGA ARALASHIB YURGAN YURTDOSHLARIMIZNING 90%I INTERNETGA KIRIB ULAR BILAN TANISHYAPDI SHUNING UCHUN XAM O’ZIMIZDAGI 100% XAMMA WEB SAYTLARDA O’ZBEKCHA VERSIYA BO’LISHI ZARUR SHUNDAGINA BOSHQA DINIY OQIMLARNING WEB SAYTLARIGA MUXTOJLIK SEZMAYDI. XALI XECH KIM BUNGA ETIBOR QARATMAYAPTI DAVOSI YO’Q BOLGAN ‘RAQ’ KASALLIGI 1000 INSONDAN 1 INSONGA TO’G’RI KELADI LEKIN BIR O’YLAB KO’RING YURTIMIZDA QANCHA INSON BORU QANCHASI INTERNETGA CHIQADI QARASANGIZ 2014-YIL YANVAR XOLATI BO’YICHA 30 MILYON AXOLIDAN 10 MILYONDAN KO’PROQ TO’G’RI KELYAPTI BU DEGANI 3GA1 DUNYODAXAM 3GA1 tog’ri keladigan kasallik yo’q xech qanaqa ish qilolmasangiz xam shu ishni qiling balkim bu eng katta savobli ishlardan biri bo’lishi mumkin Xammangizga tashakkur.

  8. Asosli fikratingiz uchun tashakkur, Tolibbek!..

  9. Men ham Tolib Xorazmiy ni fikrlariga qo’shilgan holda o’z fikrimni ham bildirmoqchi edim! Bilamizki .uz domenidagi ko’pchilik web saytlar rus tilida ish yuritishadi. Bu nima o’z tilimizni bilmaslikmi? yoki tilga bo’lgan e’tiborsizlikmi? Bunisini bilmadim! Ammo shunisi ma’lumki .uz domenidagi chet el nomiga e’tibor bergandan ko’ra ulardagi ma’lumotlarni qaysi tilda tarqatilayotganiga qaratsak yaxshi bo’lar edi! Ha yana bir gap Vazirlar Maxkamasi qoshida «Davlat tilini amalga oshirish» to’g’risidagi masala yaxshi o’ylangan. Axir halqimiz bekorga aytmaganku «Pichoqni avval o’zingga ur» deb biz avvalam bor o’z tilimizni mukammallashtirishimiz lozim (Bu fikrim Rus krill yozuvi bilan bog’liq. Sababi, biz lotin yozuviga o’tganimizga ancha vaqt bo’lsa hamki haligacha Rus krill yozuvida yozamiz hatto O’zbekiston telekanalidagi «АХБОРОТ» dasturi ham hali haligacha lotin yozuviga o’tkazilmagan. Sababi noma’lum). Shu sababli ha deb .uz domeniga osilmagan ma’qul! Bu meni shahsiy fikrim.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter