Asr osha nomlari ardoqda, ajib –
Sharq tomonda Shohsanam, g‘arbda G‘arib.
Deydilar: ishq nurisiz ne subhidam?..
Muz qotur sahro Kabirlar dambadam,
Barhayotlik ganji ul dunyoda ham,
Vaslidir oliy karam, etsin nasib,
Sharq tomonda Shohsanam, g‘arbda G‘arib.
Har safar hamdu sanodir, bori ishq,
Aks-sado aylab jaranglar tori ishq,
Bo‘lsa kimki bevafo, ozori ishq,
Ul buyuk lavhul qalam bitgan alif,
Sharq tomonda Shohsanam g‘arbda G‘arib.

Yodila har lahza hur, har kun asl,
Har sahar totli kalom yangrar – vasl,
Ishq ila ko‘ngli zarif, umri latif,
Sharq tomonda Shohsanam, g‘arbda G‘arib. Ishq bu – har kun ochilg‘on gul erur, Hur behishtday keng joyi ko‘ngul erur,
Bandasi qalbina shoh, ham qul erur,
Bul yorug‘ dunyoda g‘am ketgay arib,
Sharq tomonda Shohsanam, g‘arbda G‘arib.
Ilk bashar subhida yangrar aks-sado,
Ro‘zi mahshar tongida bo‘lmas ado,
Dilga iymon gavharin berg‘il, xudo,
Jumla oshiqlarg‘adir ismu sharif:
Sharq tomonda Shohsanam, g‘arbda G‘arib!..
____________________________________________________Abdumalik ISOMIDDIN.