Ko‘ngullar hadsizdir, oshiq dil uzun,
Duoli, iqbolli saxiy qo‘l uzun,
Obihayot, ketdim, ummonlaringga.
Shukurkim, yo‘g‘ingdan o‘zing bor etding,
O‘zingga xor, o‘zga kasga zor etding,
Tuproq, chang etursan, shoyad, yor etding,
Sorbonim, olib ket karvonlaringga.

O‘zing do‘st, g‘amxo‘rsen, beqiyos hamdam,
Har nafas hamrohsen, ko‘z yumganda ham, Jahonim, olib ket jahonlaringga. Talpinib duola senlab sizladim, Aksing dilda, ochun kezib izladim, Mulkingda malaklar misol bo‘zladim,
Xoqonim, olib ket makonlaringga.
Qoqinib, qirrali toshga urdim bosh,
Sokin sabr so‘nmas, sayqalli bardosh,
Zaminni toptadim, ko‘kda to‘kdim yosh,
Haqiqat olib ket osmonlaringga…
________________________________________________________Abdumalik ISOMIDDIN.