O'tkazib yubormang

SIR

… Ming afsus, tushimni sho‘x suvg‘a aytdim,
E vohkim, ishqim bir suluvg‘a aytdim,
Dardim yel, shamolu g‘uluvga aytdim,
Astag‘firulloh!..
Ko‘klarga termulib, osmonda kuydim,
Nebaxt, suyilmadim, nechukkim suydim,
Qon yig‘lab, dil – Sahro Kabirni tuydim,
Astag‘firilloh!..
Xazil – ha, zil ekan bog‘i rizvona,
Jilmayub boqqanim bitta janona,
Chechaklar ustimdan kuldi hayrona,
Astag‘firulloh!
Endi faqat senga so‘ylagum rozim,
Dil yig‘lar, yangramas siru ovozim,
Ko‘ngulda kulgular bo‘lajak sozim,
Yo, Olloh!..

3333333
__________________________________________Abdumalik ISOMIDDIN.

 

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter