O'tkazib yubormang

TAZARRU

… Insof borki, ko‘ksum urur bong,
Mavjud ekan tafakkurla ong,
Mujdaga boy munavvar har tong,
Tilda asli muborak tavba,
Dilda hasti taborak tavba.
Inson so‘zin o‘zagi nisyon,
Afsus, dilda talaydir nuqson,
Gunoh ko‘p, bor savobg‘a imkon…
Tilda asli muborak tavba,
Dilda hasti taborak tavba.
Sen borsankim, olam munavvar,
Inson – unvon, martaba – bashar,
Har nafas hamd, ahdingla yashar…
Tilda asli muborak tavba,
Dilda hasti taborak tavba.
Shukur, bul kun boringda bormen,
Umr atalmish karvonda normen,
Bo‘stoningda alafmen, xormen…
Tilda asli muborak tavba,
Dilda hasti taborak tavba.
Sukunatda ibtido olam,
Sokinlikda mehr, qahr jam,
Iymon berding, bo‘lgumdir odam…
Tilda asli muborak tavba,
Dilda hasti taborak tavba.
O‘ng qo‘limda hazrat saxiylar,
So‘l yonimda mehri g‘aniylar,
Qayon boshlar nabi, valiylar…
Tilda asli muborak tavba,
Dilda hasti taborak tavba.
Tilim butun, shukr, dil toza,
Sabotim mo‘l, nafratu noza,
Sen bilsang bas, qilmam ovoza…
Tilda asli muborak tavba,
Dilda hasti taborak tavba.

tavbaQirq bahorda o‘tdi do‘stlarim,
Rizvoningga yetda, do‘stlarim,
Noqis dilda talay ko‘stlarim…
Tilda asli muborak tavba,
Dilda hasti taborak tavba.
Jilmayadir hur oxirzamon,
O‘shal kunda bo‘lsaydim omon,
Tazarruga berding-ku imkon,
Man – ko‘prikda, san – ikki jahon,
Mehrga kon halloqi makon!..
Tilda asli muborak tavba,
Dilda hasti taborak tavba.
Ikki dunyo miyonasinda,
Nahot, ko‘ngul oymomasinda.
Shoyad, shoyad topdim o‘zimni,
O‘zimniki, aytar so‘zimni…
Tilda asli muborak tavba,
Dilda hasti taborak tavba…
______________________________________________________Abdumalik ISOMIDDIN.

 

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter