google-site-verification=Sfc5fgCylBWBT4bCn0bIGXyn069rrYYRjsKrCWp3uPI

MOMO HAVO

momo-havo111

Sizni o‘zi avaylagan saxiy samo,
Bir o‘zingiz momolarga hatto momo,
Insoniyat boshindagi billur Humo,
Sizga duo bo‘lsin har kun shanba, juma,
Odam Ato shogirdisiz, Momo Havo!..
Umr ulkan saxovatu, hayot xavfdir,
Har bir kunim suvparili, kunim taftdir,
Bir qorinda talasharkan mo‘min-kofir,
Sabringizga to‘zim bersin yolg‘iz Xudo,
Odam Ato shogirdisiz, Momo Havo!..
Hayot – kurash, kurash – urush, e voh, hurish,
Egam bergan jamiyatni ortga surish,
Hatto ona tabiatda buzg‘un, so‘lish,
Mardlar shahid lekin bitta sizga jafo,
Odam Ato shogirdisiz, Momo Havo!..
Dastkallali to‘nka jallod, gulni uzma,
Egam bergan ko‘ngullarni sira buzma,
Senga nihol – o‘tin, umrim – o‘choq, tuzma,
Hazrat saxiy hovlisida esgan sabo,
Odam Ato shogirdisiz, Momo Havo!..
Oppoq ko‘nglim she’riyatning orolidir,
Lola bag‘rim jamoatning morolidir,
Vujud ona tabiatning qarolidir,
Yetmish mingta ajdodlarni qiling duo,
Odam Ato shogirdisiz, Momo Havo!..
Poyigizga gilam jonu jahonimdir,
Jahon nadir, poyandozim zamonamdir,
Toshqand, Xo‘qand, oltin vodiy Farg‘onamdir,
Avlodlarga ujmohlardin bering, sado,
Momo Havo, Momo Havo, Momo Havo!..
 
______________________________________________________Abdumalik ISOMIDDIN.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter