9-mart kuni tunda Yaman Respublikasining janubiy sohilida yo’lovchi tashish kemasi halokatga uchradi, deya xabar berdi Agense France-Presse o’z veb-sahifasidagi Yaman mudofaa vazirligiga oid xabarda.
Voqea natijasida afrikalik 42 nafar noqonuniy migrant jabrlanib, suvga cho’kkan va bunda sohil qutqaruvchilari tomonidan ulardan o’ttiz nafar jabrdiydani qutqarib qolishga erishilgan. Shundan so’ng, jabrlanganlar Mayfaa shaharchasidagi qochoqlar lageriga olib borib, joylashtirilgan.
Efiopiya va Somalidan Saudiya Arabistoni tomon yo’lga chiqqan kemadagi bu qochoqlar, ko’pincha Yaman qirg’oqlari bo’ylab o’tishlariga to’g’ri keladi, deydi nashr o’z xabarida. Birgina 2012 yilda, arab mamlakatlariga o’tish uchun Yaman ko’rfazi hududidan 84 ming qochoq foydalangan.
Nashr shuni ham eslatib o’tdiki, 2013 yil Saudiya Arabistoni insonparvarlik tamoillariga asoslanib, afrikalik qochoqlar uchun biroz yengillik yaratish maqsadida amnistiya akti e’lon qilib, ularga qonuniy mehnat shartnomasi taklifi bilan chiqdi. Hozirda ushbu qarorga muvofiq, “qora qit’a”ning to’rt milliondan ortiq mehnat muhojirlari Saudiya Arabistonida qonuniy ravijda ishlab, mehnat qilmoqdalar.
IDROK.UZ