google-site-verification=Sfc5fgCylBWBT4bCn0bIGXyn069rrYYRjsKrCWp3uPI
O'tkazib yubormang

Sharobxo’rlar o’qimasin!

 «Livr» nomi ostida yangi tashkil etilgan ijtimoiy tarmoq faqat mast holdagi foydalanuvchilar uchun ishlashini ma’lum qildi, deya xabar beradi Gizmodo. 6-mart kuni «Livr»ning rasmiy nomasi sifatida «The Next Web», «Engadget», «Daily Dott» kabi mashhur internet nashrlariga mastlar uchun maxsus yaratilgan ajoyib tarmoq bo’lmish «Livr»dan qanday foydalanish mumkinligi batafsil ko’rsatilgan matbuot ma’lumoti kelib tushdi.

Unga ko’ra, xizmatga ulanayotga foydalanuvchining smartfon turkumidagi mobil telefoniga nafas orqali tekshiriladigan, qancha miqdorda alkogol ichimlik ichganlikni aniqlab beruvchi analizator o’rnatilgan bo’lishi kerak. Foydalanuvchi qurilmaga qarab nafas chiqarganida, avtomatik ravijda xizmatga ulanadi. Shundan so’ng, o’zi kabi tarmoqqa ulangan foydalanuvchlar ham xizmat rejimida unga ko’rinadi va berilgan qiziqarli topshiriqlarni bajarish orqali ular «Livr points» deya ataluvchi maxsus ochkolar ishlashlari mumkin bo’ladi.

Auditoriyani qiziqtirish uchun tayyorlanib, internetdagi ko’zga ko’rinarli nashrlarga yuborilgan ushbu xabarda xizmatni qanday ishlashini ko’rsatuvchi maxsus video-namoyish ham mavjud. Ammo bunda xabarning nohayotiy tomonlari darhol ko’zga tashlanadi. «Livr»ning xabarida keltirilishicha, mobil qurilmaga analizator o’rnatilgan holda tarmoqqa ulanish foydalanuvchiga bor- yo’g’i 5 AQSH dollariga aylanadi. Aslida esa, bunday qurilmalarining bozor narxi 50 dollardan yuqori turadi.

7777777777Gizmodo portalining ayrim jurnalistlari esa «Livr»ni shunchaki ajoyib xazil, deya baholashmoqda. Uning ijrochilaridan biri sifatida keltirilgan Eyvel Platsning surati komik kinoaktyor Mett Mayerga ikki tomchi suvdek o’xshashi aytilmoqda. Rasmiy tarzda tegishli ro’yxatdan ham o’tmagani uchun «Livr»ning aslida qaysi tashkilot yoki shaxsning «doxiyona» xazili ekanligi hozircha ma’lum emas. Komediyalar ijrochisining virtual profili va «Livr» saytining elektron pochtasiga izoh berilishini so’rab xabar yuborilgan. Ammo hali javob bo’lgani yo’q.

Kuzatuvchilar tomonidan «Livr» va uning bunday harakatini mahsulot nom belgisini ommaviylashtirishning o’ziga xos usuli, deya baholanmoqda.

Agar haqiqatdan ham «Livr» aldamagan bo’lsa, vaqti kelib foyalanuvchilar orttirib ommaviylashsa va O’zbekiston hududiga ham kirib kelsa,  uning ham “Vatsap”, “Telegramm” messenjerlari kabi bizda ham ommaviylashib ketishidan havotirimiz yo’q emas. A, labbay?!

IDROK.UZ

Bitta fikr

  1. Odamzod o’z qo’li bilan o’z kelajagini yo’q qilayabdi, bu ketishda bo’lsa ertaga shu darajadagi bemani dasturiy ta’minotlar chiqadiki, o’shanda ham odamzod bu narsalarni shunchaki xazil sifatida qabul qiladi va bora-bora QIYOMAT ostonasiga ham yetib qolamiz…

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter