
Junalist xarobmi, unda yo‘qmi dard? Qo‘l siltab voz kechsam, chora bo‘lurmi? Orsiz oralanaymi orli qalamdan?
Sizdek niqob kiysam, quvonasizmi?..
Yo oshna bo‘laymi Sizga alamdan?..
Bitta sog‘ do‘st topib, ovunasizmi? Chanyutgich changlarni yutgani uchun,
Tirnoq qul ulfati bo‘lgani uchun,
Sahro shamolida ko‘zin yummaydi,
Shoir bir yashab, ming o‘lgani uchun. G‘ar, kazzob dilimga yo‘l uqtirmasam,
Nomusdan ne qolur Asliyatdagi,
Qog‘oz oqligiga gard yuqtirmasam, Shu poklik bo‘lurmi jamiyatdagi?.. IDROK.
Dunyo keng,ajoyib lek ko’ngillar tor,
Maddohlar ko’pku-ya bormi bir shoir?!
Xalqning dardi ila tongdan uyg’onib,
Haqning yo’lida bedor tong kutgan…?!