Ma’lum bo’lishicha, ayollarning yalang’och badanini ko’p tomosha qilish erkaklarda prostata bezi saraton kasalligini keltirib chiqarar ekan. Demak, sivilizatsiyalashgan insoniyat qandaydir yadro bombasi yoki tabiiy resurslarning yetishmasligidan emas, balki yalang’och xotinlarning ko’payib ketganligidan halok bo’layotgan ekan. Bu ketuv oqibatida bora-bora, sayyoramizda faqat musulmonlar qolsa kerak.
Xulosamiz alaqsirash yoki futuristik romanning qisqacha mazmuni emas. Bunday apokalipsis yaqinlashib kelayotganligini chakana odam emas, balki mashhur shifokor, sobiq sovetning birinchi kosmonavtlarini parvozga tayyorlagan, «Stressning ruhiy antropologiyasi” deb nomlangan monmumental tadqiqot muallifi, akademik Leonid Kitaev Smik aytmoqda. Eng qizig’i, dinga mutlaqo aloqasi bo’lmagan dunyoviy olimning hulosalari jinsiy erkinlikni taqiqlovchi samoviy dinlarning hukmlari bilan bir xil bo’lib chiqmoqda. Akademik ushbu ilmiy haqiqatni «Rossiya hayot uchun” deb nomlangan elektron nashrga bergan intervyusida ma’lum qildi.
So’nggi o’n yilliklar davomida adenoma (bezarar o’sma) va prostata raki bilan kasallanish yevropacha, amerikacha sivilizatsiya hukm surgan mamlakatlardagi erkaklarni epidemiya kabi qamrab oldi. Yangi asrning boshiga kelib, erkaklarning 40 foizida adenoma uchragan bo’lsa, 40 yoshdan oshganlarning yarmi bu kasallikka chalingan. AQShlik patologoanatomlar 60 yoshdan oshib vafot etgan erkaklarning 80 foizida prostata raki bo’lganligini aniqladilar. Boshqacha qilib aytganda, ularning ko’pchiligi bu kasallikning fojiali, azobli oqibatlarini ko’rib ulgurmay o’lib ketishgan. Biroq, jumboqni qarangki, musulmon mamlakatlarda erkaklar onkologiyasida bunday ko’rsatkich yo’q! Nega, ahir g’arb mamlakatlarida tibbiyot kuchliroq rivojlangan, ularda turmush farovonligi ham yuqoriroq-ku?! Biz shunday hulosaga keldik, iste’molchilik jamiyati hukm surayotgan mamlakatlarda so’ngi o’n yilliklar davomida ayollarning qaddi-qomatini, jismoniy go’zalligini ilmiy til bilan aytganda, ikkilamchi jinsiy belgilarini bo’rttirib turuvchi yoki ochiq ko’rsatib turuvchi kiyimlar urf bo’ldi. Oqibatda, ayollarning qorniyu kindigini ochib yurishi oddiy holga aylanib qoldi. Streych-djinsilaru yoqavayron dekoltelarni ko’rgan erkaklarning ko’zi olma-kesak teradi. Bularning bari jinsiy ehtirosni uyg’otuvchi signallar hisoblanadi. Shaharda yashovchi erkak bunday signallarni kuniga o’rtacha 100-200 marta qabul qiladi, bundan hosil bo’lgan ehtiros esa qondirilmagach, organizm uni miyaga siqib chiqaradi.
Erkak buni ko’rib, ko’rmaganlikka olishi ham mumkin, biroq qonga androgenlar to’la miqdorda ajralib chiqib bo’lgan bo’ladi. Ammo muhim gap mana shu yerda ekan! Androgenlar qonga katta (onkologik jihatdan bezarar) hajmda emas, balki o’rtacha dozada ajralib chiqadi, bu doza esa kantserogen (saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi) miqdordir(!) Natijada tez-tez qo’zg’alib turgan, lekin nafsi qondirilmagan erkak organizmi ichdan yemiruvchi kantserogen hujumga uchraydi, bu esa og’ir oqibatlarga olib keladi. Kechirasizu, lekin sizningcha har bir qo’zg’alish jimo’ bilan qondirilishi kerak bo’ladimi? Ming tassufki, tabiatning qonuni shunday. Erkak va ayol o’rtasidagi yaqinlik nasl qoldirish vositasi bo’lib, u har qanday holatda ham organism uchun foydalidir. Darvoqe, shuning uchun ham din nikohni va er-xotin o’rtasidagi yaqinlikni rag’batlantiradi. Bu hodisaning fiziologiyasini lo’nda qilib tushuntirish uchun hayvonlar hayoti oddiy misol. Urg’ochi hayvon instinkt asosida eng yahshi erkak hayvonni, yashovchan nasl qoldira oladigan erkakni qidiradi, bunday talabga javob bermaydiganlarini esa o’zidan nari haydaydi. Biroq ana shu haydalgan, qo’shilishdan mahrum qilingan erkak hayvonlardagi jinsiy qo’zg’alish saqlanib qoladi u qondirilmaydi, balki majburan so’ndiriladi.
Odatda, 16-20 yoshlar orasida (hatto ayrimlarda 14 yoshdan 21 yoshgacha) shahvoniy hislarning o’ta jo’sh urish davri bo’lib o’tadi. Bu eng xatarli palla — o’smir davrining cho’qqisi bo’lib, yoshlarning goho o’zini idora qilolmay qolishi bilan ham ifodalanadi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining keskin kuchayishi natijasida avdrogen gormonlar ko’p ishlab chiqarilib, vujudni junbishga keltiradi. Hozirgi kunda, akseleratsiya hodisasiga bog’liq holda o’smirlar giperseksualligi davrining o’ziga xos, og’ir tusda kechishi kuzatilmoqda. Bu yoshdagi ko’pchilik o’smirlarda jizzakilik, asabiylik, ko’cha-ko’yga intilish, tengdoshlari bilan ko’proq qizlar mavzusida suhbatlashishni istash, ishqiy sarguzashtlar borasidagi kattalarning lof-qoflariga o’chlik, shahvoniy tomoshalarga ruju qo’yish kabi illatlar paydo bo’ladi. Afsuski, aksari ota-onalar va muallimlar bu yoshdagilarni ta’qiq, tanbeh, koyish bilan yo’lga solib bo’lmasyaigini anglamaydilar. Ota-onalar vujudida shahvoniy jo’shqinlikdek og’ir o’zgarishlar kechayotgan farzandlarini tashqi muhitning har-xil zararli ta’sirotlaridan, yolg’ondakam, sarob ishqiy tasavvurlardan himoyalash choralarini ko’rishlari lozim. Nazarimizda bolalarimizni diskoteka, plyaj, park kabi yalang’och iblislar xukmron dargohlardan, videodisk va oynaijahondagi besharmliklardan yiroq tutishimiz shu tadbirlar jumlasidandir. Bu yoshdagi o’g’il bolalar tarbiyasida aynan ota muhim o’rin tutishini unutmaslik lozim. Tomirlarida mislsiz quvvat jo’sh urayotgan o’smirning kuchi ustamonlik bilan boshqa foydali ishlarga yo’naltirilishi joiz. Masalan, o’smirni qiziqarli qo’shimcha dars mashg’ulotlariga, sport to’garaklariga, jismoniy mehnatga jalb etish eng to’g’ri uslublardandir. Ushbu davrni o’z boshidan kechirayotgan o’smirning nazoratsiz qolishi o’ta xatarlidir.
Yaqinda tuman sudlarining birida ko’rilgan jinoiy ish bilan tanishiishmga to’g’ri keldi. 5 nafar 16 yoshli tengdosh og’aynilar ota-onasi uyida bo’lmagan bir do’stinikida ziyofat uyushtirishgan. Bazmda ozgina sarxush bo’lishgach, qandaydir videotekada erotik kino ko’rishgan. So’ngra betoqatlangancha ko’chaga chiqib, gira-shira tun og’ushida, xilvat joyda o’zlaridan bir necha yosh katta qizni zo’rlashgan. Albatta, jinoyatchilar o’z jazosini olishdi, ammo bu holning ildizi biz o’ylagandan chuqurroqdir. Ma’lum bo’lishicha, bu o’smirlar tarbiyasi og’ir oilaning farzandlari emas ekan. Aslida, shahvoniy hislari jo’sh urgan yoshlarga o’ta salbiy ta’sir ko’rsatuvchi pornografik tasvirlarni namoyish etib, boylik orttirayotgan kimsalar eng asosiy jinoyatchilardir. Hech e’tibor berganmisiz, mashhur Gollivud yoinki Bollivud filmlarida ham qisman bo’lsada, “shu ishni qilish kerek”, “shunday yasha” mazmunidagi shahvoniy signal tashuvchi kardlar mavjud.
Mutaxassislarning fikricha, ota-onalar o’tish yoshidagi farzandlarining tarbiyasida quyidagi jihatlarga alohida ahamiyat berishlari shart : O’smir farzandingiz oldida turli xil filmlardagi bepardaliklardan yiroq bo’ling. Farzandingizning qanday filmlarni ko’rishini nazorat qiling, chunki erotik filmlardan tashqari, dahshatli («ujas») kinolar ham jinsiy va ruhiy aynishlarga olib kelishi isbotlangan. Jumladan, nekrofillar (o’lik bilan jinsiy aloqa qiluvchilar) va sadistlar (juftini qiynashni xush ko’radiganlar)(Astahfurillo!)ning ko’pchiligi bolaliklarida «ujas» filmlar ta’sirida o’sib ulg’ayganliklari haqida amriqolik ruhshunoslarning xulosalari mavjud. Unutmaslik kerakki, behayo kinolavhalarning ta’sirida bo’lgan bolalar qusurli fikrlar og’ushida o’sib, jinsiy buzilishlar bo’sag’asiga ancha barvaqtroq qadam bosishlari hech gap emas. Bola har qanday pornografik lavhani asl jinsiy munosabat sifatida qabul qilganligi bois, bachavozlikka moyillik, qizlarga vaflizm (og’iz bilan yaqinlashuv)ga intilish kabi jirkanch holatlarni ham kuzatish mumkin; Shahvoniy jo’shqinlik davrida har qanday zararli ta’sirotlar xirsni benihoya kuchaytirishi bois nomusga tajovuz etish kabi og’ir jinoyatlarga beixtiyor qo’l urish hollari ham ko’p uchraydi. Tabobatda o’smirlik davrini boshdan kechirayotgan yoshlarning pornografik lavhalar ta’sirida hech bo’lmaganda onanizm yoki zoofiliya (hayvonlar bilan jinsiy aloqa qilish)ga ruju qo’yishi mumkinligi aniqlangan. O’smir farzandingiz diskoteka, plyaj, park kabi go’shalardan har doim ham siz o’ylaganchalik hordiq olib qaytmasdan, xirs girdobida bezovtalanib qaytishi ham ehtimoldan holi emasligini ko’zda tuting. O’smirlarning bu yoshda buzuq muhitga tushib qolganligi o’z vaqtida aniqlanib, tarbiyaviy tadbirlar qo’llanilmasa, keyinchalik aslo to’g’ri yo’lga solib bo’lmasligi hayotiy haqiqatdir.
Aslida ushbu masala yuzasidan aytish kerak bo’lgan gap ko’p. Ha mayli, xulosani o’zingizga qoldirdik.
Internet materiallari asosida tayyorlandi.
Сурат…..!
Менинг кимлигимни ..,
Билмайди ҳеч ким …
Мен бир ғалатиман ..,
Мен алоҳида …
Кўзимнинг ёшини
Келади ичгим ..,
Тилимни чайнагим келар гоҳида …
Ой менинг елкамга
Ўтириб олган ..,
Офтоб ғавғо солар
Юрган йўлимга ..
Хаёл тушовидан
Чиқолмай қолган
Умримни топшириб
Қўйдим кўнглимга…
Энди тошни тепсам ..,
Ўпар изимни ..,
Ерга ағанасам –
Ер ҳам девона …
Бармоғин ўпгандим
Суйган қизимни ..,
Қўли ёниб кетди
Гуриллаб , мана …
Ёнди..,
Ёнаверди
Кокиллари..,сўнг..,
Чарсиллаб юраги
Ёнди беармон…
Ярми ёниб бўлган
Қўйлаги бир енг
Ишқнинг байроғига
Айланди алвон!..
Ва ўпдим байроқни
Мен ўша алвон..,
Олов тан ..,
Олов жон ..,
Олов ҳис-ҳавас..,
Қизил чўғ тўшалган
Чимилдиқ томон
Отдим мен ўзимни
Мисли ўтпараст…
Уйғонсам кўрпам кул..,
Йиғлар севгилим …
Мен сени йиғла деб
Қучган эдимми ..?
Айиқ босган гулдай
Эзилди кўнглим ..,
Ёввойи ўрдакка
Бердим севгимни!..
Ўрдак учди- кетди ..,
Мунғайиб қолдим …
Ҳайратим обкетди
Қанотида у …
Ким мени алдаса –
Худога солдим ..,
Майли алданмасин ..,
Ҳаётида у …
Қолдим кулкўрпамда
Тўшагим тупроқ …
Юмалаб ётаман
Илонлар билан …
Уларга ишондим
Бир ёрдан кўпроқ ..,
Илон чақар ..,
Аммо
Гапирмас ёлғон!..
Менинг кимлигимни
Билмайди ҳеч ким…
Мен бир ғалатиман ..,
Мен – алоҳида …
Кийиклар қонини
Келади ичгим ..,
Чаённи чайнагим
Келар гоҳида …
Shu yozganlaringizga 100 foiz qo’shilaman. Lekin negadur OO’YU larda tizzdan yuqori yubka kiyish shim kiymaslikni ta’qiqlashni paysalga solishyapti. Televidenieda ham bemalol shu mini yubkayu obtyashka shimlilarni keng targ’ib qilishyapti. Yaqin 5yilda mini yubka oddiy kiyimga aylanib qolishi hech gap emas astag’firulloh chunki bu asta-sekinlik bilan podsoznaniega singdirilib boriladi keyin bu narsa ovqat yeyish kabi oddiy hol bo’ladi natijasi ayon impotent xezalak bolalaru fohisha qizlar jamiyat parchalanadi. Shu narsalarga men 19 yosh bo’lib aqlim yetganda tepadagilar bilmadim nima bilan shug’ullanyapti. Meni hozir qo’limdan kelgani singlim opachalar qo’ni-qo’shnilarimni bu narsalardan uzoqda saqlash va meni fikrimga qo’shiluvchilarga ham shuni maslahat berardim. Alloh hammamizni o’z panohida asrasin. Omon bo’ling!