Sukunat ovozi
Daryo dilda toshqin, xayol qaynaydi.
Tulki allalaydi suratni,
bo‘ri g‘ajilaydi siyratni.
Sokin, sokin, sokin quduqdan
sukunat ovozi eshitiladi.
Bu bir mayin ovoz, yoqimli ovoz,
eshitging keladi abadul abad.
Qaytging kelmas asab qaqshagan,
g‘ala-g‘ovur to‘la u tinch shaharga…
Sukunat ovozi eshitiladi,
yoqimli, abadiy…
IDROK.
sukunat ovozi 2014-03-13