
Hurday parivash qiz ekan,
Oy yuzlari kunduz ekan,
Qoshi kamon, qunduz ekan,
Farmonlari so‘zsiz ekan,
Qay bog‘din ul? Gulyuz ekan…
Ko‘ksi tog‘u, ko‘ngli bahor,
Orzusi billur, misli qor,
O‘ng yuzda xol, bo‘ynida nor,
La’li labida shahdi bor,
Fikri yasanmish kuz ekan,
Kiprik sadog‘i o‘q otur,
Vujud saroyga cho‘g‘ otur,
Chobuk, karashma yo‘q, otur,
Ishq kahkashondin tug‘ botur,
Oymomamu, yulduz ekan?..
Ko‘rdum chamanda bir pari,
Aslo ketolmasdin nari,
Etdi asir ko‘nglum barin,
Nayzasi bolday bolari,
Qalbi sharormu, muz ekan?
Topolmayun imkonini,
Ololmay ahd, paymonini,
Kezdim jahon ayvonini,
Jonona bergum jonimi,
Lab ochmadi dilso‘z ekan.
Ey lafzi shakar, fe’li bad.
Sho‘xluklaringga bormu had?..
Oqil azal, jonim ahad,
Ruhim ravondur, sarv qad,
Koring nahot buz-buz ekan?..
Ko‘rdum umr choshgohina,
Naq yozining ardog‘ina,
Bosh urdi dil ishq bog‘ina,
Jonim muhabbat chohina,
Tangrim Malik, Navro‘z ekan!..
__________________________________________Abdumalik ISOMIDDIN
Samolarda uchar kapalak, bulutlarni quchar kapalak. Seni ko’rish unda bir tilak, osmoningni qizg’onma undan. Bor yo’g’ bir kun yashaydi axir. Shu bir kundi ko’p korib raqib, sinovlarda sinaydi taqdir. Visolingdi qizg’onma undan. Chiroy berding benuxson unga. Xasadgo’ylar xavasdan xam ko’p. Shu chiroyga ozorlar kunda, muxabbating qizg’onma undan..(