
Ko‘ngil uyina porlar ganju gavhar.
Tunu kunga quyoshmu, oyi posbon,
Alar ham nur jilosidin munavvar.
Gulandom, Bahromu, Layliyu, Majnun,
Adam dashtini kezgaylar sarosar.
Ulug‘ yoshim, sen ey mo‘’jiza mo‘’jaz,
Azon yangrar: gadoyu shoh barobar.
Egamdin lomakonliq gul makonda,
Sabo sayyorasi sarvi sumanbar.
Jamolingdin hijolat oy yuzi dog‘,
Tutilmish kahkashonda shamsi anvar.
Ajib mehring nihol jonimg‘a quvvat,
Na hojat sochqudur boshimda dur, zar?
Kitobim bitta – sura, oyati naqsh,
Qolur oyna jahon, karnay, suxanvar.
Kunim sunnat, adadsiz beshta farzim,
Huquqim – amri ma’ruf, nahyi munkar.
Malik, lochin diling cho‘x dilkushodur,
Diloromim – diloro, sho‘xi dilbar…
______________________________________Abdumalik ISOMIDDIN.