google-site-verification=Sfc5fgCylBWBT4bCn0bIGXyn069rrYYRjsKrCWp3uPI
O'tkazib yubormang

Taqdir nima o’zi, bormi yoki yo’q?..

TAQDIRTaqdir  nima o’zi, bormi yoki yo’q? Kimdir unga ishonadi kimdir esa yo’q!… Tushunchalar, fikrlar xilma-xil… 
«Alloh taoloning amri taqdiri azaldir!..  Bu so’zlar bobokalonimiz, hadisshunos olim Imom al-Buhoriyning «Al jome’ as-sahih» 4-jildlik ishonarli hadislar to’plamining 4-jildi «Taqdir kitobi» bo’limi 3-bobida keltirilgan. Yana shu bo’limda keltirilishicha «Abdulloh (ibn Mas’ud ) rivoyat qilganlar: » Bizga sodiqulmasduq bo’lmish Rasululloh Sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Har biringiz (otangiz pushti kamaridan) onangiz qorniga tushganingizdan so’ng, qirq kun davomida yaxlit holatga kelgaysiz, so’ng yana shuncha vaqt ichida alaqqa (laxta qonga) aylanasiz, keyin yana shuncha vaqt o’tgach, bir parcha et shakliga kelgaysiz. Shundan so’ng, Alloh taolo farishtani yuborib, (peshonangizga) 4 narsani jinsingizni, rizqingiz qanchaligini, qachon o’lishingizni, baxtsiz yokim xushbaht bo’lmoqligingizni (taqdir qilib bitib qo’ymoqni) amr qiladi!  Alloh taolo haqi, qaysi biringizdir yokim biror boshqa odam do’zzax ahliga mansub ish qilayotganda, uning birlan jahannam oralig’ida bir quloch yokim bir necha quloch masofa qoldi deguncha, peshonasiga bitilgan taqdiri azal peshvoz chiqib, unga jannat ahliga munosib ish nasib etadi va u jannatga kirgaydir. Yokim aksincha, bir odam jannat ahliga mansub ishni qilayotganda, uning birlan jannat o’rtasida ozgina masofa qolganda, peshonasiga bitilgan taqdiri azal peshvoz chiqib, unga do’zzax ahliga loyiq ishni nasib aylagaydir va u jahannamga tushgaydir» ,  deyilgan.  Demak, har bir musulmon, iymon-e’tiqodi mustahkam odam taqdiri azalga ishonadi. Afsuski, juda kamchiligimiz taqdir haqida aniq ma’lumotlarga ko’ra fikr yuritamiz. Asosiy qismimiz esa, bu haqda bobo-buvilarimizdan, ko’cha-kuyda quloqqa kirgan gaplar bo’yicha tushunchaga egamiz va shunga qarab ish yuritamiz. Yuqorida keltirilgan rivoyatga ko’ra hammamizda «Demak, taqdir peshonamizga yozib qo’yilgan. Yaxshi amal qilsak ham, adashsak ham, aldansak ham va hattoki, yomonlik qilsak ham Allohdan ekan» , degan fikr tug’iladi. Va ko’pchilik vijdoni nafsidan ustunlar, o’zining qilib yurgan xato va gunohlarini taqdirga taqab, o’zlarini oqlab, shayton ortidan ergashib ketaveradilar. Qilar ishni qilamiz-u, boshimiz devorga urilganda » taqdir ekan-da» , «peshonada bor ekan» deb o’zimizni aybdan soqit qilamiz.  Zero, insonga yaxshilik Allohdan, yomonlik esa o’z amallaridan keladi. Bunga isbot uchun quyidagi hadisni keltiraman.  Ali (ibn Abu Tolib) rivoyat qiladilar: Rasululloh Sallallohu alayhi va sallam aytdilar «Oralaringizda xoh jannat bo’lsin , xoh jahannam bo’lsin boradigan joyi oldinda yozib qo’yilmagan birorta ham odam yo’qdir «. Shunda qavmdan bir kishi «Unday bo’lsa tavakkal  qilib yuraveraylikda, a?!» deb so’radi. Shunda Rasulloh «Hech vaqt yaxshi amal va yaxshi niyat qilishdan to’xtamanglar, Alloh murodingizga yetkazadi», dedilar.  Bu rivoyatdan kelib chiqadiki, inson taqdiri o’z qo’lida. Taqdirni qo’li bilan yaratur odam.  G’oyibdan kelajak baxt bir afsona. Ushbu mashhur misralar barchamizga tanish va unda haqiqat mujassam. Taqdir xususida juda ko’p izlanganman va bir-biriga qarshi faktlarni o’qib, tafakkur ko’chalarida ancha vaqtgacha o’zim ham aniq bir hulosaga kelolmaganman. Hadislarda keltirilishicha, qiyomat kuni yengil shabada esadi va hamma xushidan ketib yiqiladi. Rasululloh Sallallohu alayhi va sallam o’zlariga kelib qarasalar, Muso alayhisalom Odam Atoga iddao qilyaptilar: «Ey, Odam, bu ishlarga sen aybdorsan! Agar sen xato qilmaganingda, biz jannatda bo’lar edik . «Shunda Odam Ato  «Ey, Muso, peshonamga bitilgan taqdir uchun , sen nega meni aybdor qilyapsan?», deb javob berdilar. Bu hadislardan taqdiri azal peshonaga yozilganidek ekanligi kelib chiqadi. Lekin, aslida o’sha kitoblarning barchasida, taqdiri azalni o’zgartirish insonning yaxshi amallariga bog’liq ekanligiga ishora qilingan.
Xulosa o’rnida shuni aytolamanki, taqdirimiz qanday yozilgan bo’lmasin, ezgu amal , pokiza niyat va sabr bilan uni yaxshi tomonga o’zgartirish o’z qo’limizda!..
PARVINA.
 
( Eslatib o‘tamiz, o‘zingizni qiynayotgan muammolar, hech kimga ayta olmayotgan dardlaringiz yuzasidan idrok.uz@mail.ru manziliga imkon qadar lotin xarflarida, bexato yozishga harakat qilib, maktub yo‘llang. ” “Idrok”ga maktub ” sahifasi Sizni qiynayotgan masalalarni boshqalar bilan bo‘lishish, maslahat olish imkoniyatini beradi.)
 

3 ta fikr

  1. Ismim Dildora . Yoshim 27 da . Samarqannda tug`ilganman.
    Ota – onamning xohishlariga ko`ra , o`zimdan 5 yosh katta Shuhrat ismli yigitga turmushga chiqdim.Turmush o`rtog`im Jizza[ shahrida “Bojhona nazoratchisi”bo`lib ishlarkanlar.Chillamiz ham chiqmasdan Jizzaxga ketdilar.Men esa qaynona-qaynotamning xizmatlarida Samarqandda qoldim.
    Ular bir oyda bir marta 2 kunga kelib ketardilar.Shu zaylda 5 yil o`tdi.Ikki o`g`il farzandli bo`ldik.Kichik qaynukamlarga kelin olib kelganimizdan keyin , qaynonam erimga “O`g`lim, endi oilangni ham o`zing bilan Jizzaxga olib ket ,biz kelindan rozimiz mana 5 yil xizmatimizni qildi ” dedilar.
    Yo`lga chiqdik.
    O`zimda yo`q xursandman.”Nahotki ,endi men ham boshqalarga o`xshab , erimni erta tongda kuzatib , shomda kutib olsam ”.
    Shuhrat akam ro`lda men esa orqa o`rindiqda ikki o`g`lim bilan ketyapman.Yo`l charchatdi shekilli bolalar uxlab qoldi.Shuni kutib turgan ekanmi ,Shuhrat akam gap boshladilar :
    – Dilya , hozir senga aytadigan gapimdan o`zini yo`qotib qo`yma ,hammasini tushunishga harakat qil.Men 3 yildan beri bir qiz bilan yashayman.Janjal qilishingdan foyda yo`q.Aqlini yig`ib ,ko`nikishga harakat qil.
    Yana nimalar dedi bilmayman.Bu hazilmi chinmi deb o`ylay ketdim.Nazarimda bu hazil edi.
    Manzilga yetdik.
    Bolalar hali ham uxlayotganliklari uchun erim bilan ularni opichlab oldik.
    Erim bilan izma-iz yuqori qavatga ko`tarildim.Erim eshik qo`ng`irog`ini bosdi.Zum o`tmay eshik ochildi.
    Yoshi mendan taxminan 4-5 yosh katta ,yarim ochiq kiyingan bir ayol eshik ortida turardi.
    Bolalarni yotoqga yotqizib chiqsam ,erim u bilan yasatilgan stol yonidagi divanda quchoqlashib o`tirardi.U vaqtdagi ahvolimni so`z bilan tushuntirib berolmayman.Ular meni ko`rishdi-yu ,lekin pinaklarini buzishmadi.Aksincha,”asalim,jonim,sog`inib ketdim” kabi gaplarda davom etishdi.
    O`zimda qayerdan kuch topib stol yoniga bordim, bilmayman.Stolda turgan aroqni olib quyib icha boshladim.To`xtamasdan ichaverdim.keyin nima bo`ldi eslolmayman.Kasalhonada ko`zimni ochdim .Yuragim dosh berolmabdi.Erim kelib olib ketdi.Uyga borsak u ayol yo`q.Erim habar uyiga yetishidan qo`rqgan shekilli.Uni ketkazib yuboribdi.Yashay boshladim.Agar shu yashash deyilsa.
    Erim deyarli har kuni ichib kelib,janjal qilib meni urib kaltaklardi.Axiyri ,chidolmasdan bolalarimni olib ,Samarqandga qaynonamnikiga keldim.Qaynonam erimga telefon qilib “agar o`shaning bilan orani ochiq qilib ,bolalaring va kelinni olib ketmasang ,sendek o`g`limy o`q dedilar”.
    U kelib bizni olib ketdi ,lekin yana o`sha ahvol.Shu janjallar ichida qiz farzand ko`rdik.Erimga Hudo insof berdi shekilli ,butunlay o`zgardi.U ayol bilan orasini uzdi.Yaxshi yashay boshladik
    .Lekin u ayol tashlab ketilganiga chidolmasdan ,erim bilan tushgan telefonidagi behayo kadrlarni erimni boshlig`iga olib borib ko`rsatdi.Erimni ishdan bo`shatishdi.
    Samarqandga qaytdik.Erim hozir ishlamaydi.Bolalarni qaynonamga tashlab ishga chiqdim.Hozir kollejda dars beraman.
    U ayolni esa bir erkak bilan Rossiyaga ketgan deb eshitgandim. Bukrini go`r tuzatadi degan naql to`g`ri ekanligiga ishondim.Yaqinda erim bilan o`sha ayolni telefonda gaplashayotgani ustiga kelib qoldim. Endi nima qilishga hayronman…

  2. bu fikrlarizga qo’shilmiman..taqdir haqida shuncha o’qibsizu,hech nimani tushunmabsiz..sizga savol bermoqchiman..qaysidir hadisda «taqdirni o’zgartirish mumkin»deb yozilganmi?

  3. Azizam Dildora. Tushunaman er bermoq jon bermoq. Muqaddas nikoh hurmati ozgina sabrli bõlganiyizda balki hammasi boshqacha bõlarmidi. Bu mani fikrim dilingizni oğritgan bõlsam meni kechiring. Qachonki siz eringizdan rozi bõlib uni kechirsangiz uni ishlari yurishib ketadi inshoolloh

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter