Bugungi san’atdagi tarbiya?.. Yo‘q narsani nimasini qidirish mumkin. Tarbiyasizlikmi?..Hamma ko‘rib turgan, ravshan narsani hadeb qo‘l bilan bigiz qilishdan nima naf? Sayyod.uz saytida sahifa muallifi tomonidan berilgan savolga muxlislarning har birining yozgan fikrlarini ijtimoiy qarashlarning kuzatuvchisi sifatida birma-bir o‘qib chiqdim. Aksariyatidan olgan xulosam shu bo‘ldiki, bugungi san’at ham o‘z muxlislariga yarasha ekan.

Ha, birgina unvon — xalq artisti emas, xalqning farzandi. Fikrlardan birida aytilganidek, o‘nlab mukofotlar olgan, o‘sha maftunkor Rayhon bilan san’atimiz gultoji — Yulduz Usmonovani solishtirib bo‘ladimi? «Rayhonga xalq artisti berish kerak. U o‘nlab mukofotlar sovrindori», emush? Haqiqiy san’atni zig‘ircha tushungan insondan bu gap chiqmaydi. Shundoq ham keragidan ortiq taqdirlandi Rayhon. Kibrga dugonaligiyu judayam havoyiligi yetmagandek, o‘zbek tilida gapirishga orlanuvchi bu xonanda olgan mukofotlariga qo‘shib, hozirgi mavjud «xizmat ko‘rsatgan» darajasini oqlashi uchun ham yana o‘ttiz yil o‘z ustida izlanishi, haqiqiy ijod qilishi kerak. Yevrokonsert va kliplar g‘oyasini o‘g‘rilashu o‘ziga oro berish — ijod emas. Ishtoni yo‘qlarni toshbo‘ron qilishni bir chetga surib, choki bir oz sitilganlarni gapirgandek, «Usmonova undoq, Usmonova bundoq», deyiladi yana fikrlarda. Aqling yetmagan muhokamaga tayinli nuqtai-nazar bildirolmay, kumiringni omadlarini kalkulyatorga solib, oqni qora, qorani oq deguncha «Men Rayhonni shevaman” deb qo‘ya qol.

Sherali aka Jo‘rayevga munosabat va u kishining atrofidagi gap-so‘zlarga to‘xtalib o‘tirmayman. Birgina ayta oladiganim: boshda do‘ppi, qo‘lda soz, katta ovoz sohibi bo‘lmish bu kishining katta yuragi o‘nta Ozodbekni bir qilganda ham topilmaydi.
Izohlardagi fikrlarda qonun bilan tartibga solish haqidagi taklifni aytmaganda hech bir qarashda xolislik yoki aniq tashxisni ko‘rmadim.
Men kabi shakkok muxlislarni anchadan beri sog‘intirgan sayyodona dadillik bilan, munozarali javoblar bo‘lishini bila turib, san’at haqidagi yaxshi-yomon fikrlar aytilishi uchun mushtariy maydonini yaratib bergani, bugungi ro‘yi-rost fikrlashishimiz milliy san’atimizning taqdiri bilan bevosita bog‘liq ekanligini hisobga olgan holda: endi hammasi ochiqcha. Ana endi, Sayyodning o‘zi ham qo‘lga tushdi! Ochig‘i, bu sahifani blog sifatida ish boshlagan paytidan boshlab kuzataman. Juda bir ashaddiy fanatlikdan yiroq bo‘lsam-da, Sardor Kamilovning chiqishlari, mulohaza va fikrlari doim men uchun qiziq bo‘lib kelgan. Mutaxassisligi boshqa bo‘la turib, hatto uyqisirab o‘tirganida ham uncha-buncha haminqadar jurnalistlardan qoyillatib yoritadi mavzuni, o‘quvchini o‘z satrlariga mixlab qo‘ya oladi. Ha, tan olish kerak, Sayyodning qandaydir ohanrabosi bor. Unda o‘ziga xos yondashuv, yangicha(orginal)fikr doim topiladi. Lekin 2009-2012 yilgi faoliyati bilan solishtirganda Sayyodning biz — eski va doimiy muxlislari o‘rgangan ayni bir shaxsga doir tanqidiy, dadil chiqishlari kamayib, bugun bir paytlar o‘zi bu kabi toifalarni po‘stagini qoqqan qandaydir Tamilla, Amira Alibekova, Kaniza singari xonandachalarni ko‘tarishga urinayotgandek tuyulyapti. Bundan tashqari, sayt yetarli talablarga javob bersa-da, statusni ushlash uchunmi bilmadim, hech qanday tashqi reklamalarni jalb qilmagani hurmatimni oshirgan bo‘lsa, bo‘lar-bo‘lmas xonandalarning konsertoldi reklamasi bilan shug‘ullanayotgani hayratlantirib, oshgan hurmatimni o‘z joyiga qaytardi.


Sayyod! Ayrim harakatlaringiz o‘zingizga yarashmayapti. Nafsilambirini aytganda, ma’naviyat ulashayotgan ham, «yemagan tovarlarni yedirish»ga harakat qilib, tarbiya buzilishini bilib-bilmagan holda tashviq qilayotgan ham Siz!!! Yahshiki, sayyod.uz ma’naviyati shu’lasining nuri hozircha bu «beliy noch»dan yorqinroq. Xonanda bo‘lish, mashhur bo‘lish istagini bildirib, sizga murojaat qiluvchi bunday top modellar soni yanada ko‘payaversa, ertaga nima bo‘ladi, buyog‘i endi qorong‘u.
Gugusha bilan bog‘liq holatlarni eslatib, jig‘ingizga tegmayman. Bu masalada bir oz yanglishgan yolg‘iz siz emassiz. Taassufki, atrofdagi ko‘zlar faqat Sizni ko‘radi. San’at va ijod olamining ayrim doiralari sayyodni umuman xushlamaydi. Hatto menga ham Siz haqingizda salbiy xabarlar berishgan. Lekin mening fikrim o‘zgarmadi, o‘zgarmasin ham. Bunday ishlar bilan qobiliyat va imkoniyatlaringizni yerga urmang. Istardimki, san’at ostonasiga yana bir «yangi yulduz» qadam bosishidan avval, qaysidir xonanda yangi qo‘shig‘ini prim’era qilmasdanoq, «Sayyod nima derkin», deb o‘ylasin, xalqdan uyalmayotganlar hech bo‘lmasa, sizdan hayiqsin. Siz o‘z nomingiz bilan Sayyod bo‘lib qolishingiz kerak, lekin aslo oddiy o‘lja-xo‘rak emas. Aslida yuqoridagi fikrlar xususida gapirsa, gap ko‘p. Lekin hozircha yetarli. Ochiqchasiga fikr so‘ragan edingiz, mana sizga ochiqcha. Xulosalarimni to‘g‘ri tushunasiz deb, umid qilaman. Haligi gap bor-ku: «Aflotun, sen mening do‘stimsan, lekin baribir haqiqat men uchun afzalroq».
Alisher ABDUMALIKXON,
IDROK.UZ.
PS/: Ushbu maqola sayyod.uz saytiga yuborilganidan so’ng chop etilib, javob ham berilgan. Hatto, maqola bosilganidan bir kun o’tib, Sayyodning uyg’onishiga sabab bo’lgani Idrokni quvontirmay qolmadi.
Fikrlarimni Sayyod,comda yozdim. Ijodingizga bardavomlik tilayman! Sayyodda Dilrabo taxallus bn ro’yxatdan o’tganman.
afsus men ham yozgandim qabul qilishmadi
Maqolani o’qib chiqib ,Sardor Komilovni ham ,Alisher Abdumalikhonni ham ,ma’lum ma’noda yaxshi bilganim (taniganim) bois ,hech kimga tarafkashlik qilmasdan holis fikrimni bildirmoqchiman ..!
Avvalombor maqola haqida ..! Maqoladagi tanqid mantiqan o’ylab qaralganda juda to’g’ri …Lekin , biroz yumshoq ..! Bu mavzuni olib chiqdingizmi , ayash kerak emas edi , o’rtoq Alisher Abdumalikhon ..! «Gap kelganda otangni ham ayama» degan naql bejiz emasku .?! Menimcha ,siz yoki bu tanqidiy maqola muhlisga yetib kelmay qolishidan cho’chigansiz ,yoki andishani otini qo’rqoq qo’ygansiz ..!
U hoh Yulduz Usmonova bo’lsin ,hox Rayhon ,ularga fanat bo’lib ,(ayrimlar yozganlar «turkiyaga ketsalar turkchani ,xitoyga ketsalar xitoychani o’rgandim» ,onang uchun ham nimadur qilganmisan ?!) sig’ingandan ko’ra , biroz fursat kitob varaqlab ,ilm olsak ,bu qadar savodsizlik qilmasdan ,odam bilan farishtani farqiga borgan bo’lardek nazarimda ..!
Nazarimda ,ashulachilarni ochiq qilib aytganda ,qo’shtirnoq ichidagi «ma’daniyatli fohisha»larni o’zi aslida yo’q bo’lgan mukammallik qirralarini qidirib ,bir-biringizga loy chaplagandan ko’ra ,shunchalik teran fikrlar ekansiz ,shu bahslarni biror hadis yozilgan kamentariyda obsujdat qilsalaringiz bo’lmaydimi ?!
U Yulduzmi,Rayhonmi,Ozodmi yoki Ummonmi,hammasi ham siz va men kabi osiy banda holos.Ulardan buyuklik qidishni nima keragi bor ?!Maqtov va buyuklik faqat Alloh uchun!Yana kim-kim badanini ko’z-ko’z qilib ,har kuni yangi er qilayotganini xalqga maqtanishdan ham tap-tortmagan «satang»lar uchun buncha bahsga ketgan vaqt uvol emasmi ?!
Alisher Abdumalikhon ..!
Yulduz va Rayhonni ,Sherali va Ozodni taqqoslagan ekansiz ,agar san’ati yuzasidan olsak ,Yulduz Rayhondan afzal ,albatta ,hech bir mubolag’asiz .Lekin ,sharmisorlikda bir-biridan o’tsa-o’tadi-ki,hech qolishmaydi !
Yulduz Usmonova ko’ylak -lozim kiygani bilan xalq uni sevib qolmaydi.»Satang qarib mulla bo’libdi » degan xalq naqlini eshitgandursiz?!Qorlar yog’ib izlar bosildi ,deb o’ylaysizmi ,yoki?!Xalq Yulduzni sevsa san’ati uchun sevadi.Shaxsiy hayotini esa xalqdan xech yashirib o’tirmaganlar u kishim.Xuddiki,qoyilmaqom ish qilib qo’ygandek maqtangan hattoki ,qizi tengi yigit bilan yashayotganini.
Ozod bilan Sheralida esa adashgansiz ,menimcha .Ozod ham o’z san’ati bilan Sherali Jo’rayevdan kam maqomga erishmagan ,aslida.
Shaxsiy hayoti va ko’cha-kuyda ,el xizmatida qilib yurgan ,ayrim, tirikchilik,bola-chaqa tashvishidagi ayrim «qiliq»lariga esa to’xtalishimizshartamas.Bu hatolarni har bir odam qilishi mumkin.
Endi Sardor Komilov ..!
Maqolaga bildirgan munosabatingiz «Six ham kuymasin ,kabob ham» .!
Haqiqatni olib qaraganda ,»Sayyod» allaqachon o’z reytingini yo’qotib bo’lgan ..!Sardor Komilov qaysidur ma’noda,haqiqiy fanatlarini hafsalasini pir qilib bo’lgan.Ijodingizni boshqalardan farqli o’laroq,bir hususiy nashrda ishlagan vaqtdan beri bilaman.Haqiqatdan ham o’ziga hos.!Lekin ,maktublarga yozgan sharxlaringiz, «Qorni to’qning qorni och bilan nima ishi bor» qabilida yozilgan.
Sizdan maslahat so’rab maktub yozgan muhlislarga yuzaki fikr shunchalik bildirasizki, «Tanasi boshqa dard bilmas » degan maqolga ta’rif berishga xojat qolmaydi.Bildirgan fikrlaringizga «pahta» qo’yib ,sizni «Daho» darajasiga chiqarib qo’yib ,nimani muhokama qilayotganini ham unutib qo’yadigan fanatlaringizdan ilhomlanib yozgansiz shekilli ,yangi maqolangizni ,tanqidiy maqoladan emas. Maqolani shunday yozibsiz-ki ,o’zingizni sal-kam Xudo darajasida ko’rsatgansiz.Bunchalik tor fikrlab,kamiga san’at ahliga «shantaj» .O’zingiz ham shu kasb egalari orqasidan non topayotganingiz hech kimga sir emas.Ayrim jumlalaringizdan keyin «Alloh hoxlasa» degan so’zni qo’shib qo’yishni maslahat beraman.
Endi «tarbiyani uyida olsin» degan gapingizga to’xtalsak…Bugungi kunda ,kitob va gazetalar o’rnini internet egallab olgani hammaga kundek ravshan. Bu nashrlarning vazifasi o’quvchiga yangiliklarni yetkazish barobarida ,uni tarbiyalab ham boradi.Necha minglab o’quvchini shu saytga vaqtini band qilib turgan ekansiz,ularni tarbiyaviy tomonga yo’naltirishingiz ,Alloh oldidagi qarzingiz va burchingiz deb hisoblayman.
«Men shunchaki ijodkorman,hamma o’ziga keragini olsin !» ,bu gapni qanday tushunish kerak .?!
Yulduzlik kasalimi bu ?
Siz avvalo musulmonmisiz?!Hayriya ishlarini yo’lga qo’yganingiz , «otmaska»mi?! Ijodkor kim bo’lmasin ,avvalo sog’lom fikrlashi kerak!Uni shuhrat ham,nochorlik ham bo’g’ib qo’ymasligi kerak.!
Endi janob Bek-Uzbekistan ..!
Juda ham kuyib-yonib fikrlar yozib ,hammani qoyil qoldirdingiz ,nazaringizda.
Bitta qarsaklar va minbarga otish uchun gul kamlik qildi ,holos.»25 yoshdan kichiklar Ozoda,Yulduz,Sheralini eshitmaydi» deb bong urishga biroz shoshilmadizmi?!Yoshim sizdan kichik va sizdan farqli qavishda shu ashulachilarning ashulalarini eshitib turaman.
Ashulani kim aytgani emas,uni eshitib hordiq chiqarish muhim!Tangur- tingir musiqa bilan hadeb qaytariladigan 3-4 so’zga irg’ishlab raqsga tushish ,hordiq hisoblansa.Musiqani o’zi yetarli ,ashulani o’zing ham aytaolasan ,»sevaman,o’laman» degan ikki uchta so’z qo’ysang kifoya.!Rayhonni fanatlari ko’p degan so’z ,Rayhonga ikta qanot yasab ,farishta qilib ,osmonlarga uchiraylik ,degani emas..!
Avvalo ,tanqidga to’g’ri munosabat bildirishni o’rgansangiz ,yaxshi bo’lardi …
Bu mulohazalar bahsga qo’shiladimi? Yo’qmi ?Buni menga ahamiyati yo’q.!Asosiysi ,bu fikrlarni Alisher Abdumalikhonga ham,Sayyodga ham yuboraman…Bunga qanday tarzda javob qaytarsangiz ham zarracha hafa bo’lmayman.Men faqat o’zim anchadan beri yoritmoqchi bo’lgan mavzu yuzasidan fikr bildirdim ,holos.Behayoliklari el og’ziga tushganda, «Mevali daraxtga tosh otiladi,men kimlargadur qiziq ekanman-ki ,meni gapirishyapti» ,kabi gaplar bilan suyuqoyoqligini yuzsizlarcha ,has-po’shlaydigan «oyimcha»lardan ntervyu olguncha,hayot yo’llarini sabr -toqat bilan bosib o’tib ,o’nlab farzandlarni otasiz katta qilgan onalarimiz hayotini yoritib ,bizni ezgulikka yetaklang!Dunyoni ,Yevropa-yu ,Amerikani shusiz ham o’zlarida oshib yotgan ,»satanglar » bilan ,farishtaga qiyos onalarimiz bilan hayron qoldiring ,Janob Sayyod ..!
Gaplaringiz dengizdek toshqin ,tomchidek amalingiz yo’q ..!