O'tkazib yubormang

«IDROK»ga maktub: «Kutilmagan kundoshim»

Ismim Dildora. Yoshim 27 da. Samarqandda tug`ilganman. Ota – onamning xohishlariga ko`ra, o`zimdan 5 yosh katta Shuhrat ismli yigitga turmushga chiqdim.Turmush o`rtog`im Jizzah shahrida “bojhona nazoratchisi” bo`lib ishlarkanlar. Chillamiz ham chiqmasdan Jizzaxga ketdilar. Men esa qaynona-qaynotamning xizmatlarida Samarqandda qoldim. 

Ular bir oyda bir marta 2 kunga kelib ketardilar. Shu zaylda 5 yil o`tdi. Ikki o`g`il farzandli bo`ldik. Kichik qaynukamlarga kelin olib kelganimizdan keyin, qaynonam erimga “O`g`lim, endi oilangni ham o`zing bilan Jizzaxga olib ket, biz kelindan rozimiz mana 5 yil xizmatimizni qildi” dedilar. Yo`lga chiqdik. O`zimda yo`q hursandman. “Nahotki, endi men ham boshqalarga o`xshab, erimni erta tongda kuzatib, shomda kutib olsam”. Shuhrat akam rulda men esa orqa o`rindiqda ikki o`g`lim bilan ketyapman. Yo`l charchatdi shekilli bolalar uxlab qoldi. Shuni kutib turgan ekanmi, Shuhrat akam gap boshladilar: “Dilya, hozir senga aytadigan gapimdan o`zini yo`qotib qo`yma, hammasini tushunishga harakat qil. Men 3 yildan beri bir qiz bilan yashayman. Janjal qilishingdan foyda yo`q. Aqlini yig`ib, ko`nikishga harakat qil.

imagesYana nimalar dedi bilmayman. Bu xazilmi yo chinmi, deb o`ylay ketdim. Nazarimda bu xazil edi. Manzilga yetdik. Bolalar hali ham uhlayotganliklari uchun erim bilan ularni opichlab oldik. Erim bilan izma-iz yuqori qavatga ko`tarildim. Erim eshik qo`ng`irog`ini bosdi.Zum o`tmay eshik ochildi. Yoshi mendan taxminan 4-5 yosh katta, yarim ochiq kiyingan bir ayol eshik ortida turardi. Bolalarni yotoqga yotqizib chiqsam, erim u bilan yasatilgan stol yonidagi divanda quchoqlashib o`tirardi. U vaqtdagi ahvolimni so`z bilan tushuntirib berolmayman. Ular meni ko`rishdi-yu, lekin pinaklarini buzishmadi. Aksincha, “asalim, jonim, sog`inib ketdim” kabi gaplarda davom etishdi. O`zimda qayerdan kuch topib stol yoniga bordim, bilmayman. Stolda turgan aroqni olib quyib icha boshladim. To`xtamasdan ichaverdim, keyin nima bo`ldi eslolmayman. Kasalxonada ko`zimni ochdim. Yuragim dosh berolmabdi. Erim kelib olib ketdi. Uyga borsak, u ayol yo`q. Erim xabar uyiga yetishidan qo`rqgan shekilli, uni ketkazib yuboribdi. Yashay boshladim, agar shu yashash deyilsa. Erim deyarli har kuni ichib kelib, janjal qilib meni urib kaltaklardi. Ahiyri, chidolmasdan bolalarimni olib, Samarqandga-qaynonamnikiga keldim. 33333Qaynonam erimga telefon qilib “Agar o`shaning bilan orani ochiq qilib, bolalaring va kelinni olib ketmasang, sendek o`g`lim yo`q dedilar”. U kelib bizni olib ketdi, lekin yana o`sha ahvol. Shu janjallar ichida qiz farzand ko`rdik. Erimga Hudo insof berdi shekilli, butunlay o`zgardi.U ayol bilan orasini uzdi. Yaxshi yashay boshladik. Lekin u ayol tashlab ketilganiga chidolmasdan, erim bilan tushgan telefonidagi behayo kadrlarni erimni boshlig`iga olib borib ko`rsatdi. Erimni ishdan bo`shatishdi. Samarqandga qaytdik. Erim hozir ishlamaydi. Bolalarni qaynonamga tashlab ishga chiqdim. Hozir kollejda dars beraman. U ayolni esa bir erkak bilan Rossiyaga ketgan deb eshitgandim. Bukrini go`r tuzatadi degan naql to`g`ri ekanligiga ishondim.Yaqinda erim bilan o`sha ayolni telefonda gaplashayotgani ustiga kelib qoldim. Endi nima qilishga hayronman…

Dildora, Samarqand.

IDROK: Umuman olganda, eringiz judayam yomon odam emas ekan, yana bir umuman olganda siz ham juda bir farishta emasga oxshaysiz. Sizni oldingizda eringizni begona ayol bilan quchoqlashib turishi bu uning vijdonsizligidan dalolat bersa, ularga qasdma-qasd aroq ichishingizni qanaqa ahmoqlikka mengzashga hayronman. Esli-xushli ayol bundan yomon holatda ham o’zini bosa oladi. Agar eringiz hech narsani aytmagan holatda, tasaodifan uni xiyonat tepasida ushlab olsangiz, bundan battar qasdma-qasd qilib, ko’chaga yurib ketarmidingiz?.. Boshqalarni bilmadimu, shaxsan men ayol kishining spirtli ichimlik ichishi uyoqda tursin, sigaret tutganini ko’rsam, sochlarini bittlab yulgim keladi. Bu hech bir dunyoviy yoki diniy qoidalarga to’g’ri kelmaydi. Siz ayolsiz, bolalaringizni onasisiz, shuni unutmang. “Endi nima qilishga hayronman”. Eng qiyini ortda qolibdi, bunisi ham o’tib ketadi, sabr qiling. . Faqat qasdma-qasdiga ninaga o’tirib qolmang yana!..

( Eslatib o‘tamiz, o‘zingizni qiynayotgan muammolar, hech kimga ayta olmayotgan dardlaringiz yuzasidan idrok.uz@mail.ru manziliga imkon qadar bexato va lotin yozuvida maktub yo’llang. IDROK.UZ — Sizning minbaringiz!)

8 ta fikr

  1. Qo’ysangiz-chi, eringiz judayam yomon odam emas ekan deb fikr bildirbsiz… bu qanaqasi??? Xotini va bolalarining oldida (yaxshi, bolalari qo’shni xonada uxlayotgndir) begona xotin bilan shakarguftorlik qilsa, shu judayam yomon odam emasmi??? O’ylab gapiring!!! Xo’p, xat muallifi o’zini yo’qotib qo’ygandirlar… nima qilishini bilmay qolganlar… alam qilgan… 5 yil eridan uzoqda yashash osonmi??? Xat muallifining holatiga tushishni hech kimga tilamayman, astag’firulloh, ammo o’sha… bilasiz, inson psixologiyasi degan narsalar bor… odam baribir o’zini yo’qotadi, eshitgan bo’lsalar kear aroq haqida. Nafaqat ayol, hatto erkak kishi cheksa-da sochlarinin yulgingiz kelsin!!! Подумаешь… bunday, odamning ko’nglini cho’ktiradigan gaplar bilan maslahatlar bermang! Balkim aroq ichib yuborganlaridan keyin afsuslangandirlar, bu haqida u kishi yozmaganlar, siz bilmaysiz-ku!!! Men ishonaman, afsuslanganlar… muallif singlimiz albatta siz aytgan ko’chaga kirmasdilar, agar kirganlarida, allaqachon kirgan bo’lardilar, 5 yil eridan olisda, ota-onasidan olisda, eri tarafning xizmatini qilib yashaganlar (balkim eridan qachon olib ketasiz deb so’rab balolarga ham qolgandirlar… unisini bilmadim), bu – uning sabrli ekanini bildirib turibdi!!! Qasdma-qasdga o’zingizni o’ldirib qo’ymang??? Tamoman aqlingizni yebsiz!!! Yaxshiroq, aqlliroq maslahat bersangiz nima qiladi, a??? O’zlarini o’ldirish o’rniga, ana, ishlay boshlabdilar-ku, hatto kollejga ishga kirib ER va farzandlarini boqayaptilar! Bunday gunoh qilmaydilar muallif. Siz, maslahatchi, avval his-tuyg’ularingizga erk bermasdan, avval yaxshigina o’ylab, o’zingizni bosib, mulohaza bilan maslahat bering! Заметно, что вы читали sayyod.com (muxlis minbari), между прочим, u kishi faqat to’g’ri o’ylab maslahat berdilar…

  2. Assalomu alaykum Dildora opa. Sizga maslahat berishga yoshlik qilamanku shunchaki fikrlarimni bildirmoqchiman.
    Biz onamizdan yolgiz tugilganmiz shu sabab kimlargadir emas nimagadir boglanib yashasak togriroq bo’ladi. Togrirog’i, o’z oldimizga maqsadlar qoyib yashashimiz ,bitta marraga yetgandan song keyingi marraga harakat qilib yashasak hayotimizning har daqiqasidan unumli foydalansak umrimiz mazmunga to’ladi. Bizni o’zimizdan boshqa hech kim ozimizchalik his qila olmaydi,tushunmaydi ham. Shuning uchun Allohga yanada yaqinlashib Uning buyurganlarini amalda qollab yashasak saodatga erishamiz,inshaAlloh.
    Beshikdan to qabrgacha ilm izla, deb paygambarimiz Muhammad s.a.v insoniyatni ilmu-marifatga chorlaganlar.
    Til o’rganing,farzandlaringiz bn har xil qiziqarli harakatli va intelektual o’yinlar o’ynang, Masalan, shaxmat, shashka,jumboqlar oyini, bekinmachoq,quvlashmachoq va hakoza. Biror hunar o’rganing,qachonlardir orzu qilgan ammo imkoningiz bolmasdan qilolmay qolgan yumushlaringizni oxiriga yetkazib qoying. Tabiat bagriga oilaviy dam olishga chiqing va hakoza. Xullas, bugungi kun bilan chiroyli yashashga harakat qiling)
    Ishoning, aslida siz eng baxtli ayolsiz! Turmush o’rtogingiz Allohning sizga atagan bandasi, u ham hammamiz kabi ojiz bir banda…
    O’zingizni parvarish qiling, har xil tabiy mahsulotlardan yuzingizga maska,massaj qiling.
    Asosiysi,har qanday holatdayam tabassum qilishni unutmang))
    Ruhiy iztiroblaringizni tushunishga harakat qilgan holda sizga Allohimdan sabr tilayman.

  3. Odamlarni borligicha qabul qilishimiz kerak…
    O’zingiz va farzandlaringiz uchun mazza qilib yashang.)

  4. Kim nima desa desinu, mani fikrimcha Opamiz noto’g’ri ish qilganlar. Oila sirlarini(bu o`rinda muammolarini) butun O`zbekistonga dasturxon qilish manimcha hech bir o`lchovga yoki mantiqqa mos kelmaydi. Keyin to`g`ri maslahat bergansizlar, ularni muhokama qilib o`tirmayman. Chunki siz yoki biz nima deyishimizdan qatiy nazar ULAR hammasini o`zlari hal qilishlari kerak. Ularrni o`rniga biz hal qila olmaymiz.

  5. Fikrlar har hil.Muallifni fikriga hayron qolmadim.Hamma erkaklarga hos xudbinlarcha fikrlash.Bunaqa ayollarga tosh otish emas haykal qo’ysa arziydi.Har bir odam biron ishni qilganda to’g’rimi yo’qmi deb ikkilanishi tabiiy.Hayotizni ko’chaga olib chiqmang ekan.Bu ham ibrat uchun yozilgan.Yaxshi ham shunaqa sabr-toqatli onalarimiz bor ekan.Onalarimizni umri uzoq bo’lsin.

  6. Tibbiy maqolalarda [jurnalistikada] ayniqsa, ko’p bo’ladi… Bunaqa savol javoblar 🙂

    Ya’ni, to’qima obrazlar…
    To’qima kasalligi tufayli yo’llagan savollar…

    Balki, bu savol to’qimamasdir.
    Lekin, faoliyat yuritayotganiga hali bir yil ham bo’lmagan OAV ga bunaqa mavzudagi savolni yo’llash negadir, g’ayrioddiy tuyilmoqda,ya’na ismlar,lavozimlar va joylar o’zgartirilmasdan berilishi…
    XON shunga izoh berib o’tsangiz, istasangiz e-mailimga yo’llashingiz mumkin.
    Hurmat bilan Urazbaev

  7. Bildirgan fikrlaringiz uchun rahmat, Urazbayev. Judayam sezgir ekansiz. Haqiqatdan ham ushbu yo’llangan maktub begona insondan, tashqi muxlisdan emas. Qaysidir tomonlama u bilan tanishligim bor. O’z kechmishlarini boshqalar bilan bo’lishmoqchi bo’lgani uchun saytda bunga imkoniyat berdim.

  8. Bu erkak erkak emas narmalni ishni yo’q qilib raz yurar ekan bildirmaslik kerak edi keyin siz bildirgan fikr menga yoqmadi u ayol jaxli chiqqanidan nima qilishini bilmagan bu vaziyatda har kim o’zini har hil tutadi nimadandir alamini olishni istaydi Eri esa ahmoqligidan nima qilishini bilmay yuradi endi

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter