O'tkazib yubormang

Didingizdan san’at yarating!

 
2222222222222
 
 Nimalarda ko‘rinar asli, 
 Muxlis bilan tinglovchi farqi? 
 Kim chin muxlis, kimlar tinglovchi, 
 Qay birining yuqori narxi?.. 
 
 
 
 
 
 
 
..Darhaqiqat, zavq berar qo‘shiq,
Sho‘x musiqa bo‘lsa kifoya.
Men Rayhonga muxlismasmanu,
“So‘naman”ni tingladim, boya.
 
 444444444Shahzodani tinglab “To‘kilib,”
Kanizada zavq “His et”aman.
“Ko‘z ko‘z(im)ga boqsa” Amira,
Meksikaga uchib ketaman.
 
 
 
 
 
 
 
66666666
“Daydi” bo‘lgum Munis kuylasa,
“Nilu” berar “Tantana” dilga,
Manzurani “Juda sog‘indim”.
“Lav mi” Lola men bilan birga.
“Sevadi yorim mani” desa,
Jo‘shqin xislar dilda Ziyoda.
“Pari”dagi uchta qiz bilan,
Rimga kegum, hatto piyoda.
 
 
 
 
5555555555
 
 
“Begim” degan Dilso‘zla birga
Ruhim osmon toqida yelar.
“Shakarchoyim” bo‘lsa Tamilla,
Bitta ho‘plab yutvorgim kelar.
Eski qizim uchratib qolsam,
Uchinchimiz “Ummon” bo‘ladi.
“Sokin tun”da yana xotira –
Sevgi ustimizdan kuladi.
 
 
Aslbekning “Manisha”sila,
Mango yesak, “Dard ber”ing deydi.
Jasur Umir “Hanifa”sila,
Sabbuferning “bass”i zo‘r yeydi…
Shohruxxonning xirgoyilari
“Mening qo‘shig‘im”ga aylangan.
“Bojalar”u “Benom” kuylari
Orqa miyam aro joylangan.
Ha, tinglayman, ular barchasin,
Nafsga orom xissini ekib,
Go‘yo o‘ylab qanday tashlashni
Sigaretni sigaret chekib…
33333…Bir kun bu dard barham topadi,
Davo topar o‘pka yarasi…
…Men shaydoman Yulduz ovozi,
Ishqibozi Sherning narasi…
Bularda o‘y, fikr bor, dard bor,
Tinglang! Mana, haqiqiy asar,
Yetilmagan murabbo yalab
o‘ylaysizki: «Shu ekan asal»!..
 
 
 
 
 
 
Tinglov boshqa, muxlislik o‘zga,
Didingizdan san’at yarating!
Har sariqni oltin deb ko‘zga
Surtavermay, ko‘zingiz arting…
 
1111111111 
… Balki muxlis bo‘larman Sizdek,
 Agar shunday davrlar kelsa –
 Dunyo olimlari yig‘ilib, 
 Koni foyda – nikotin desa…
                                           
XON, IDROK.UZ.
 
 
 

3 ta fikr

  1. oh…Ajoyib…ma’noga to’la))

  2. Ot aylanib-aylanib qozig’ini topar…San’atni sanoatdan farqi borlar ko’payar…

  1. Pingback: hordiq.uz

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter