AQSH Sudining chiqargan qaroriga ko‘ra, endilikda hukumat boshqa mamlakatlar serverlarda saqlanayotgan foydalanuvchilar ma’lumotlarini ham talab qilib olishi mumkin. Kuni kecha federal sudya Jeyms Frensis ushbu qarorni tasdiqlab, imzo chekdi. “RIA Novosti”ning axborot berishicha, sudning ushbu qaroriga AQSH hukumati va «Microsoft» kompaniyasi o‘rtasidagi sudgacha yetib kelgan munozaralar sabab bo‘lgan.
Unga ko‘ra, kompaniya huquqshunoslari o‘z mijozlaridan biriga tegishli ma’lumotlarni hukumatga taqdim etishdan bosh tortgan, bunga sabab axborot Irlandiya poytaxti Dublindagi serverlarda saqlangan. Hukumatni foydalanuvchining yozishmalari, bank o‘tkazmalari va hisoblari qiziqtirgan. Sudning nima sababdan bunga ruxsat bergani hozircha noma’lum. Sud qarori bunday turdagi ilk qaror bo‘lgani uchun, endi u barcha Amerika kompaniyalariga nisbatan avtomatik ravishda qo‘llaniladi.
Foto: ©»USMISSION»________________________________________________________________
Bizningcha esa, ushbu masalaning yana bir tomoni ham borki, vatani Amerika bo‘lgan internet hozirda tom ma’noda «o‘rgimchak to‘ri» sifatida dunyoda quloch yoyayotgan ekan, chiqarilgan qaror o‘ta nohaqlik. Hukumat va Microsoft kompaniyasi o‘rtasidagi sudlashuvlar o‘zini yo‘liga. Qarorning endilikdagi ijrosidan kelib chiqsak, bong urayotganimiz inson huquqlari, demokratya, dahlsizlik qani bu yerda?
Amerika sudi qarorni faqatgina shu ajrim uchungina chiqarishi va yoki qo‘shma shtatlarning internetga bo‘lgan «mualliflik huquqi»dan kelib chiqib, hal etilishi joiz edi. Qaror qabul qilgan organning shunga aqli yetmaganmi? Albatta yetgan… Agar masala churuqroq o‘rganilsa, axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan bu qaror «gegemon» hukumatiga katta imkoniyatlarni taqdim etib, boshqa dunyo mamlakatlari axborot manbaalari xavf ostida qolishi mumkin. Nimani qonuniylashtirganini AQSH juda yahshi biladi. Qarordan kam deganda maqsad shuki, «sehrli diyor» dunyo ko‘z o‘ngida to abad o‘z iqtidorini saqlab qolmoqchi. Agar undan ortiq «buyuk» maqsadlarni rejalashtirmagan bo‘lsa…
Alisher ABDUMALIKXON, IDROK.UZ.