Kecha, 28 avgust, soat 19:30 da “A. Yugnakiy” massivi va Chorsu bozori oralig‘ida qatnovchi 17-sonli ( davlat raqami 869 NAA) avtobus haydovchisi bekatda turgan keksa kishiga qo‘l ko‘targan.
Bu haqida xabar bermoqda»Uz24″.

Ushbu voqea haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqdagi “Voditeli Tashkenta” (“Toshkent haydovchilari”) guruhida paydo bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, 17-avtobus boshqa transport vositasining kirish yo‘lini to‘sib qo‘ygan, hassa tayoqdagi keksa kishi esa avtobus haydovchisidan chetga chiqishni so‘ragan. Bunga javoban haydovchi haqoratli so‘zlarni ishlatgan va ular o‘rtasida “dahanaki jang” boshlangan. Shundan so‘ng, haydovchi avtobusdan tushib, qariyani do‘pposlagan, oqibatda qariya yerga yiqilgan. Haydovchi avtobusiga qaytib, yo‘nalishida davom etgan.Voqeani ko‘rib turgan yo‘lovchilar va guvohlar avvaliga “tomoshabin” bo‘lib turishgan, keyinroq odamlardan biri qariyani turgazishga yordam bermoqchi bo‘lganda, yana ikki kishi kelib qo‘shilgan.