O'tkazib yubormang

Bayram munosabati bilan transport harakati cheklanadigan ko‘chalar nomi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma uch yilligi bayrami tantanalarini o‘tkazish vaqtida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar hokimi “Toshkent shahri ko‘chalarida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash haqida”gi 145-sonli farmoyishga imzo chekdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda, deya yozadi «Daryo».

777777777777

______________________________Foto: «Daryo»

Unga ko‘ra, joriy yilning 31-avgust kuni soat 15:00 dan 23:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi:

  • Bunyodkor ko‘chasi — Muqimiy ko‘chasidan Qoratosh ko‘chasigacha;
  • Qoratosh ko‘chasi — Samarqand darboza ko‘chasidan O‘zbekiston ko‘chasigacha;
  • O‘zbekiston ko‘chasi — Bunyodkor ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;
  • Bobur ko‘chasi — O‘rikzor ko‘chasidan Sharshara ko‘chasigacha;
  • Beshyog‘och ko‘chasi — O‘zbekiston ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;
  • Furqat ko‘chasi — Sharshara ko‘chasidan A. Navoiy ko‘chasigacha;
  • Olmazor ko‘chasi — O‘zbekiston ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha;
  • Sebzor ko‘chasi tonnelga kirish yo‘lidan;
  • Zarqaynar ko‘chasi tonnelga kirish yo‘lidan.

Shuningdek, 1-sentabr kuni bayram tadbirlari o‘tkaziladigan A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘iga, Toshkent hayvonot bog‘i oldi maydoniga, “Quyoshcha nuri” bog‘iga, “Furqat”, “Mirzo Ulug‘bek”, “G‘ofur G‘ulom”, “Bobur” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘lariga tutash ko‘chalarda xalq sayli vaqtida vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter