O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Bo‘ritosh Mustafoyev o‘z lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Ozarboyjonning “Trend” axborot agentligiga tayanib «Kun» xabar bermoqda.
______________________________________________________Foto: UzA
Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining o‘rinbosari etib saylangan. Senatning tegishli qarori qabul qilingan.
Bo‘ritosh Mustafoyev 1949 yilda tavallud topgan bo‘lib, Oliy sud raisi sifatida 2006 yilning noyabr oyidan beri ishlab kelayotgan edi. U bungacha turli lavozimlarda ish olib borgan. Bosh prokuror, Prezidentning davlat maslahatchisi, Konstitutsiyaviy sud raisi, Markaziy saylov komissiyasi raisi, adliya vaziri lavozimlarida ishlagan.