O‘zbekiston yuqori palatasi matbuot xizmatining «Anhor» nashri muxbiriga bergan ma’lumotga ko‘ra, 29 avgust kuni O‘zbekiston senatorlari Toshkentning Hamza tumani nomini Yashnobod tumani qilib o‘zgartirish haqida qaror qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, Hamza tumani 1968 yilda poytaxtning sobiq Lenin va Kuybishev tumanlari hududining bir qismida paydo bo‘lgandi. O‘shanda unga o‘zbek shoiri, jamoat arbobi va dramaturg Hamza Hakimzoda Niyoziyning nomi berilgan edi.
Toshkent metropoliteni boshlig‘ining o‘rinbosari Anhor.uz tahririyatiga Chilonzor yo‘nalishidagi “Hamza” metro bekatining nomi o‘zgarmasligini ma’lum qildi.
Bundan oldin tarixiy shaxslarning nomi bilan atalgan qator bekatlar qayta nomlangan edi.