29-avgust kuni Shayxontohur tumanida, mahalliy vaqt bilan taxminan 09:30 larda 8-raqamli tramvay 1-shahar klinik shifoxonasining qarama-qarshi tomonda keksa ayolni urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi ayol kishining aybi bilan sodir bo‘lgan. Chunki u piyodalar o‘tish joyidan emas, tramvay izi ustidan yo‘lning narigi tarafiga kesib o‘tishga harakat qilgan. Svetoforning yashil chirog‘ida yurib kelayotgan tramvay haydovchisi esa transportni to‘xtatishga ulgurmagan. Olgan jarohatlari oqibatida ayol o‘sha yerdayoq olamdan o‘tgan.
Mazkur hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari surishtiruv ishlarini olib borishmoqda.
IDROK.UZ