O'tkazib yubormang

BMT bosh kotibi jurnalist Sotloff qatl etilganidan darg‘azab bo‘ldi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun “Islom davlati” guruhi jangarisi Stiven Sotloffni qatl qilgani aks etgan videoyozuvdan g‘azablanganini bildirdi. Bu haqda Agence France-Presse’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi, deya yozmoqda «Daryo».

961148257

__________________Foto: «RiaNovosti»

“Barchamiz ‘Islom davlati’ qo‘llari bilan tinch aholining shafqatsiz ravishda qatl etilayotgani, jumladan yana bir jurnalistning o‘ldirgani haqida Iroqdan kelib tushgan xabarlardan darg‘azabmiz”, — dedi bosh kotib.

AQSh maxsus xizmatlari ayni paytda Sotloffning o‘limi haqidagi ma’lumotning haqiqiyligini tekshirmoqda.

Qator nashrlarda, jumladan Time va Foreign Policy jurnallarida ishlagan Sotloff 2013-yil avgustida Turkiya bilan chegarani kesib o‘tgach, Suriyada qo‘lga olingan edi. Bir necha kun avval Amerika OAVlari Sotloffning onasi “Islom davlati” yetakchilariga murojaat qilib, o‘g‘lini qo‘yib yuborishlarini so‘ragan videoni tarqatgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Islom davlati” jangarilari uzoq vaqt davomida bedarak yo‘qolgan deb hisoblanib kelgan amerikalik jurnalist Jeyms Foulining boshini uzib tashlagan edi.

Aqidaparastlar qotillikni videoga olib, internetga joylagan va bu Iroqdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi uchun “AQShga atalgan maktub” ekanligini aytgan edi. Ushbu talab bajarilmasa, jangarilar asirga olingan Time jurnali muxbiri Sotloffni o‘ldirish bilan tahdid etgan.

Avgustda Obama Suriya ustida razvedka parvozlarini amalga oshirishga ruxsat bergan edi. Biroq bombardimon qilish haqida qaror qabul qilinganicha yo‘q. Shu bilan birga, Davlat departamenti vakili Jen Psaki Suriya hududidagi jangarilarga zarba berish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, AQSh Damashqning tasdig‘ini kutib o‘tirmasligini aytdi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter