google-site-verification=Sfc5fgCylBWBT4bCn0bIGXyn069rrYYRjsKrCWp3uPI
O'tkazib yubormang

Jizzaxlik talaba qiz bankdan 126 ming yevro kredit oldi

Bu haqida «Xalq so’zi» gazetasi o’z sahifasida xabar bermoqda.

Jizzax politexnika institutida yengil sanoat yo‘nalishida tahsil olayotgan Marhabo Mahkamova talabalik davridayoq xususiy korxona tashkil qildi.

depositphotos_4394296-A-mixture-of-euro-money-notes

Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan biznes loyiha ro‘yobi uchun bank tomonidan 126 ming yevro miqdoridagi kredit ajratildi. Mazkur sarmoya evaziga xorijdan zamonaviy tikuv va to‘quv dastgohlari keltirib o‘rnatildi.

Talabaning ushbu ezgu tashabbusi institut rahbariyati tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanib, ta’lim muassasasiga qarashli bo‘sh turgan bino kichik korxona uchun ajratib berildi. Qisqa fursatda 20 nafar chevar qiz jalb etilib, texnologik jarayon to‘liq yo‘lga qo‘yildi.

Ayni paytda 40 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarayotgan bu korxonada oyiga 160 million so‘mlikkacha mahsulot tayyorlanmoqda. Jamoa yillik ishlab chiqarish hajmini 6 ming donaga yetkazishni hamda kelgusi yildan tashqi bozorga chiqishni ham niyat qilgan.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter