O'tkazib yubormang

«E’tirof-2014» g‘olib(lar)i aniq ?!

San’at olami kadr orti fronti yashirin ayg‘oqchimiz xabar berishicha «E’tirof-2014» g‘oliblaridan ayrimlari allaqachon aniq va ular orasida Abdurashid Yo‘ldoshev bor emish. Bu haqida Sayyod o’z sahifasida qiziqarli fikrlarini yozdi.

1387952504_dsc_7107

Jumladan, u yozmoqdaki, ayg‘oqchimiz aytishicha bu taqdimot allaqachon aniq AYRIM VA KERAKLI g‘oliblarni taqdirlash sifatida kechadi va bu safar mutasaddi tashkilotlarning asosiy va AYRIM «lyubimchik»lariga berilishi ko‘zda tutilganMISH. Mish-mish-MISH? Bu norasmiy va tasdiqlanmagan ma’lumot. Deylik, tarqalgan mish-mish! Biroq, natijalarni taqqoslash uchun avval berilgan TAXMINlarni xam E’TIBORda ushlab tursak yomon bo‘lmas. Qaydam, mabodo bu xabar marosimda o‘z tasdig‘ini topsa…menimcha bu marosimga ishonch qolmasa kerak. Abdurashid Yo‘ldoshevga shaxsiy adovatim yo‘q, lekin marosimni qandaydir kriteriyalari bo‘lishi va oldindan tayin va istalgan aniq g‘oliblar uchun bayram o‘tkazilishi kerak emas. Keyin, bir maqolamda aytganimdek: eng yaxshi artist faqat muomalasi, madaniyati va oilaviy axvolidagi namuna belgilari bilan baxolanmasligi kerak! Uni ijodiga baxo berish bilan taqdirlanishi kerak. Yil insoni emas, yil artisti va ijodkori marosimi axir. Yoki «Yilning eng madaniyatli xonandasi», «Eng namunaviy artist», «Eng salom-aligi yaxshi xonanda», «Tepadagilarni xizmatida eng faol», «Eng yugurdak artist», «Eng yalaqi artist», «Uchta xotinli to‘kis artist», «O‘nta erni ko‘rib, ko‘rmagandekman», «Eng xomiysi krutoy» va xokazo nominatsiyalarini ta’sis qilib ana o‘shalar doirasida yilning eng yaxshi nomzodlarini g‘olib tutaverishsin.

P/S: Bular so’zlar albatta Sayyodning shaxsiy qarashlari va mish-mishlar.  Taxminlar qay darajada o’z taqdig’ini topadi-yo’q marosimda ko’ramiz.

2 ta fikr

  1. Nimaga guruhla ichida Ummon guruhini bu safar ko’rmadik? Axir ular bu yili faol o’zlarini ko’rsata oldilarku yoshlarimiz ham guruhning qo’shiqlarini sevib tinglashadi nomalum guruhlar o’rniga Ummon guruhi qo’yilishi keredi.

  2. Nodiraxonni gaplariga qo’shilaman,guruhlar ichidan eng aktivi va zo’ri UMMON

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter