O'tkazib yubormang

Poytaxt metropoliteni xodimlarining xufiya “jeton operatsiyasi” fosh etildi

Poytaxt metropoliteni xodimlariga nisbatan katta miqdordagi pul mablag‘larini o‘g‘irlaganlik holatlari yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqida «Podrobno» elektron nashri xabar bermoqda.

438d504dda64978e00306b7a0a42466c-600x420

Tergov natijalariga ko‘ra, Toshkentdagi metro stansiyalaridan birining xodimlari 3 yil davomida hisobga olinmagan jetonlar evaziga katta miqdordagi millionlab so‘m pullarni o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘lgan. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov bo‘limi xodimlarining ma’lum qilishlaricha, metropoliten turniketlariga metroning ochilishidan yopilishigacha kun davomida tashlangan jetonlarning sonini qayd qiluvchi qurilmalar o‘rnatilgan.

“Postda” gazetasining xabariga ko‘ra, metropolitenda faoliyat yurituvchi bir necha kishilar o‘zaro til biriktirib, mazkur qurilmani o‘chirib qo‘yishgan. Turniketga tashlangan jetonlar hisob-kitobini vaqtinchalik qayd qilinishi to‘xtatib qo‘yish mumkin, so‘ngra tashlangan jetonlar miqdorini firibgarlar uchun qulay miqdorda hisoblab qo‘yish mumkin bo‘lgan. Natijada, jinoiy guruh amalga oshirgan ishlari natijasida ko‘rgan pul mablag‘larini o‘zaro taqsimlab olishgan. Metropolitenning rahbariyati tomonidan stansiyadagi boshqa smenalar bilan firibgarlar ishlagan smenadagi jetonlar miqdori orasida katta farqni sezib qolishi oqibatida ichki surishtiruv olib borilgan.

Jinoyat Kodeksining 167-moddasiga muvofiq jinoyatchilarni eng kam ish haqining 300 barobaridan 600 barobarigacha jarima yoki 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish kabi jazolar kutmoqda.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter