O'tkazib yubormang

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2014 yil 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida shu haqda e’lon qilindi. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov boshqardi. Bu haqida «UzA» xabar bermoqda.

Original_512

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi, “Davlat hokimiyati vakillik organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 2-moddasi va O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonunining 8-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kunini 2015 yil 29 mart kuni deb belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 2014 yilning 26 dekabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi.

Markaziy saylov komissiyasi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar Markaziy saylov komissiyasi, tashkil etiladigan saylov komissiyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, saylov to‘g‘risidagi qonunlarga qat’iy muvofiq ravishda ochiq va oshkora amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Ushbu markaz Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16-uyda joylashgan.

Shu kuni Respublika matbuot markazida mamlakatimiz va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter