O'tkazib yubormang

Islom Karimov O‘zbekiston Prezidentligiga “O‘zLiDeP”dan nomzod sifatida ilgari surildi

O‘zbekiston Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Islom Karimovni “O‘zLiDeP”dan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surildi.

787878________________________________________________________________Islom Karimov © AFP

Islom Karimov 1989 yildan beri O‘zbekistonga rahbarlik qilib keladi. Press-service.uz ma’lumotlariga ko‘ra, 1989 yil iyun oyida Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy komiteti birinchi kotibi etib tayinlangan, 1990 yil 24 martida esa O‘zSSR Oliy Kengashi sessiyasida O‘zSSR prezidenti etib saylangan.

1991 yil 31 avgustida tarixiy voqea – O‘zbekiston Mustaqilligini e’lon qilgan Islom Karimov 1991 yil 29 dekabrida muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. 1995 yil 26 martida bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra, Islom Karimovning prezidentlik vakolati 2000 yilga qadar uzaytirilgan.

2000 yil 9 yanvarda muqobillik asosida o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, Islom Karimov birinchi marta yetti yillik muddatga O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. 2007 yil 23 dekabrida bo‘lgan o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, Islom Karimov ikkinchi marta 7 yillik muddatga O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi.

Ma’lumot uchun, 2011 yil dekabrida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Prezidentining vakolat muddati yetti yildan besh yilga o‘zgartirilgan. Qonunning 2-moddasiga ko‘ra, “mazkur qonun u kuchga kirganidan so‘ng saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga nisbatan qo‘llaniladi”.

Ushbu qonun 2011 yil 10 noyabrida O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2011 yil 5 dekabrida esa Senat tomonidan ma’qullangan va 2011 yil 12 dekabrdan kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti saylovi 29 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter