O'tkazib yubormang

O‘zbekistonning barcha siyosiy partiyalari Prezidentlikka nomzodlarni ko‘rsatdi

O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan to‘rt siyosiy partiyaning barchasi 29 mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovida kurash olib boradigan o‘z nomzodlari nomini ma’lum qildi.

nomzodlar______________2015 yilgi O‘zbekiston Prezidenti saylovida partiyalar nomidan ishtirok etadigan nomzodlar: Islom Karimov, Hotamjon Ketmonov, Akmal Saidov va Narimon Umarov________________

Dastlab, 15 yanvar, payshanba kuni O‘zbekistonning amaldagi Prezidenti Islom Karimov nomzodi “O‘zLiDeP”dan ko‘rsatilgan bo‘lsa, so‘ng Xalq demokratik partiyasi o‘z yetakchisi Hotamjon Ketmonov nomzodini ilgari surdi.

16 yanvar kuni dastlab “Adolat” SDP o‘z yetakchisi Narimon Umarovni Prezidentlikka nomzod sifatida qayd etdi, so‘ng taniqli huquqshunos, davlat va jamoat arbobi Akmal Saidov “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi nomidan Prezidentlik saylovlarida ikkinchi marta nomzod sifatida ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 2011 yil dekabrida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston Prezidentining vakolat muddati yetti yildan besh yilga o‘zgartirilgan. Qonunning 2-moddasiga ko‘ra, “mazkur qonun u kuchga kirganidan so‘ng saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga nisbatan qo‘llaniladi”.

Ushbu qonun 2011 yil 10 noyabrida O‘zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan, 2011 yil 5 dekabrida esa Senat tomonidan ma’qullangan va 2011 yil 12 dekabrdan kuchga kirgan.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter