Meksikaning Chiuaua shtatida inson huquqlari bo‘yicha qo‘mita vakillari 30 yil davomida uyidan tashqariga chiqarilmagan 35 va 38 yoshdagi ayollarni ozodlikka chiqishida yordam berdi.
Qo‘mita a’zolarining OAV vakillariga ma’lum qilishicha, 30 yil avval 5 va 8 yoshlardagi ikki qizaloqni qarindoshlari shtatning Bufalo qishlog‘idagi uyda qamoqda saqlagan va shu yillar mobaynida xonadan tashqariga chiqishlariga yo‘l qo‘yilmagan.
Qamoqning sababini ulardagi aqliy rivojlanishdan ortda qolish belgilari bilan izohlashgan. Ammo ayni vaqtda shizofreniya kassaligi borligi gumon qilinayotgan ushbu g‘alati oilaning uyidagi vaziyatni to‘lig‘icha o‘rganmasdan turib ma‘lumotni rasman tasdiqlab bo‘lmaydi.
Uy qamog‘idan ozod etilayogan ayollar bolaligidan buyon quyosh va kunduzgi yorug‘likni ko‘rishmagani sabab, ularni tashqi muhitga olib chiqilayotganda ko‘zlariga bog‘ich boylashga majbur bo‘lishdi. Ayni vaqtda ikkala ayol ham birinchi yordam ko‘rsatish markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tishmoqda.
Meksikalik ayollarni qamoqda saqlagan insonlarni muqarrar jazo kutmoqda. Biroq mahalliy boshqaruv vakillari aqli noraso qarindoshlarga qanday jazo choralari ko‘rish bo‘yicha hali ma’lumot bermagan.