O'tkazib yubormang

Fransiyada sobiq prezidentlarga ajratilayotgan mablag’lar hisoblab chiqildi

Fransiya hukumati mamlakatning sobiq prezidentlariga davlat tomonidan ajratilayotgan summalarni hisoblab chiqdi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar bermoqda.

Ayni vaqtda Fransiya vakillari  3 nafar sobiq prezident:Jiskar d’Isten, Jak Shirak va Nikolya Sarkozining turmush sharoiti uchun pul to’lamoqda. Ma’lum qilinishicha, eng ko’p harajat— 2,5 million dollar yiliga  88 yoshli sobiq davlat rahbari d’Istin uchun sarflanmoqda. Undan keyingi o’rinlarda 1,5 million yevro Jak Shirak va 2,2 million yevro Nikolya Sarkozi uchun ajratilgan.

скачанные файлы

Aytish keraki, Fransiyada sobiq prezidentlar alohida uy, ikki nafar haydovchisiga ega mashina va 7 nafar yordamchi hamda xavfsizlik uchun 2 nafar politsiya xodimi xizmatidan foydalanishlari mumkin.  

Nashr ma’lumotiga qaraganda, sobiq prezidentlar uchun sarflanayotgan mablag’larni hisoblashni Fransiya Milliy Kengashi deputati, sotsialist Rene Dozyer taklif qilib kiritgan. U sobiq prezidentlarning harajatlarini qisqartirish, ularning  moliyalashtirilishini prezidentlik faoliyatlari tugagach 5 yil mobaynidagina ta’minlashni ham taklif qilmoqda. Ta’kidlash kerakki, Dozyer Fransiyada davlat rahbarlarining harajatlari borasida hukumatga doimiy g’oyalar kiritib turishi bilan mashhur. 

Idrok.uz

 

 

 

 

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter