google-site-verification=Sfc5fgCylBWBT4bCn0bIGXyn069rrYYRjsKrCWp3uPI
O'tkazib yubormang

TIVda O‘zbekiston−Kanada siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi

28-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Kanada Tashqi ishlar va xalqaro savdo vazirligi delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Favqulodda va Muxtor Elchi Jon Ronald Kerrni qabul qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib daryo.uz.

 

Shu kunning o‘zida vazirliklar o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibidagi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ikki davlatda ham siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi muntazam O‘zbekiston−Kanada muloqotiga muhim ahamiyat qaratilishi, parlamentlararo aloqalarni faollashtirish, O‘zbekiston va Kanada ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli bevosita hamkorlikni kengaytirishga qiziqish mavjudligi ta’kidlandi.

Muzokaralarda hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish bo‘yicha tomonlar takliflari ham mufassal ko‘rib chiqildi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter