AQSHning Pentagon hukumati rahbari Chak Xeygel mamlakat «Islom davlati» terrorchilik guruhiga qarshi kurash uchun Iroqqa qo’shin jo’natishi mumkinligini e’lon qildi. Ma’lum bo’lishicha, qo’shin vakillari u yerda harbiy harakatlarda ishtirok etishmaydi, balki terrorchilik guruhi haqida to’liq ma’lumotlar to’plash va mahalliy kuchlarga yordam berish bilan shug’ullanadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar qilgan.
Ayniq vaqtda AQSh guruhga qarshi faqatgina havodan hujum qilgan holda kurash olib bormoqda.
Iroqqa jo’natiluvchi ushbu qo’shin hozirda u yerda mavjud bo’lgan va mashg’ulotlar hamda mahalliy kuchlarga yordam berayotgan 4500 nafar askardan iborat armiyaga qo’shiladi. Avvalroq Pentagon vakillari huddi shu rejani Suriya askarlariga yordam tariqasida ham qo’llashmoqchi edi.
_______________IDROK.UZ