O'tkazib yubormang

Hindistonda qit’alararo ballistik raketa uchirildi

Hindistonda yadroviy zaryad tashish imkoniyatiga ega  «Agni-V» nomli qit’alararo ballistik raketaning parvozi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda The Hindustan Times nashri xabar bermoqda.

Parvoz markazi direktori Prasadning xabariga ko’ra, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan raketa parvozi  natijlari  radar stansiyalari va tizimli kuzatuv orqali kelib tushgan ma’lumotlar tahlili orqali yanada oydinlashadi.

pic_bc49f8847d5741caa96a6df5aaf7f15e

 

Ilk marta 2012-yilning 19-aprelida va 2013-yilning 15-sentabrida amalga oshrilgan «Agni-V» raketatalari parvozi ham omadli chiqqan edi.

Eslatib o’tamiz, ushbu raketa Hindistondagi  himoyaviy tadqiqotlar va ishlanmalar tashkiloti tomonidan ishlab chiqarilgan. U 5,5 ming kilometrdan mo’ljalni aniq olib 1 tonnadan ko’proq yadro tashiy oladi.

Idrok.uz

 

 

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter