Dunyoga mashhur «Al-Jazira» telekanalining Misr va Kanada fuqaroligiga ega jurmalisti Muhammad Faxmi Misr fuqaroligidan voz kechdi. Bu haqda Agence France-Presse agentligi xabar bergan. Shu tarzda u Misr qamoqxonasidan ozod etilib deportatsiya qilinadi.
Avvalroq Kanada tashqi ishlar vaziri Jon Bred jurnalistning ozod etilishi muqarrar ekanligini ta’kidlagan edi.
1-fevral kuni Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi «Al-Jaziraning» avstraliyalik jurnalisti Piter Grestni ozod etishga buyruq bergan edi.
Idrok.uz