O'tkazib yubormang

Charlie Hebdo Belgiyada davom etdi?!

Belgiyaning Anderlext shahridagi Leonardo da Vinchi nomli o’rta maktabda o’quvchilar Fransiyaning Charlie Hebdo tahririyatini qo’llab-quvatlagani uchun o’z tengqurlari Amadu D.ni beysbol tayoqlari bilan do’pposlashdi.Bu haqda Dernier Heure nashri xabar bergan.

51e4e5be-a8e8-5eb5-a8e8-5ebad4570bd0.photo.0

 

Voqeaga Amaduning  18 nafar sinfdoshi tarix o’qituvchisiga qarshi yozgan tilxatga imzo chekishdan bosh tortgani sabab bo’lgan. Ma’lum bo’lishicha, tarix o’qituvchisi Charlie Hebdo tahririyati xodimlarini qatl etgan terrorchilardan noroziligini bildirib dinlararo nizo odamlarning o’limini oqlamasligi kerakligini aytgan.

Sinfdagi aksariyat bolalar esa, aksincha, tahririyat xodimlarini qoralashgan va o’qituvchi ularga dars berishiga qarshi tilxat yozishgan.

Amadu olomonning hujumiga qaramasdan joyida mahkam turib qarshilik ko’rsatgan. Ayni vaqtda mazkur ish ta’lim vazirligi tomonidan surishtirilmoqda.

Idrok.uz

 

 

 

 

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter