Gretsiyaning yangi bosh vaziri Aleksis Sipras o’zining Kiprdagi rasmiy tashrifi davomida mamlakatining Yevrohududdan chiqmasligini bildirgan. Bu haqda MIGnews xabar qilmoqda.
Uning so’zlariga qaragnda, Kipr va Gretsiya kabi unchalik katta bo’lmagan davlatlar Yevroittifoqdan chiqqan taqdirda Yevropaning janubi-sharqida ittifoqning ta’siri kamayadi.
Sipras Gretsiya va Kipr Yevroittifoqning ushbu hududlardagi xavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy tayanchlari ekanini aytgan. U YI yetakchilarini inqorozdan chiqish uchun katta qarorlar qabul qilish hamda birdamlikni ta’minlashga chorlagan.
Idrok.uz