Bryusseldagi Yevropa parlamenti binosi oldida mashinasidan qurol va elektr arra topilgan harbiy kiyimdagi Slovakiya fuqarosi qo’lga olindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bergan.
Hodisa tufayli binoda qisqa muddatli favqulodda vaziyat e’lon qilindi. Ushbu noma’lum erkak esa Yevroittifoq raisi bilan uchrashmoqchi bo’lganligini ma’lum qilgan.
Ta’kidlash kerakki, Fransiyada Charlie Hebdo karikaturalr jurnali tahririyatidagi hodisalardan so’ng Belgiyada xavfsizlik choralari va politsiya reydlari kuchaytirilgan edi.
Idrok.uz