Irodaniyada qamoqda saqlab kelingan terrorchi Sojida al-Rishavi qatl etildi. Avvalroq «Islom davlati» terrorchilik guruhi Rishavini garovga olingan iordaniyalik uchuvchi Moaz al-Kassabexga ayirboshlashni taklif etgan edi. Bu haqda Agence France-Presse xabar bergan.
Bundan tashqari «Islom davlati» terrorchilik guruhining Iroqdagi dala komandiri Ziyod al-Qarboli ham qatl etilgan. Ikkala qatl ham bugun tonggi 05:00 da ijro etilgan.
Eslatib o’tamiz, iordaniyalik uchuvchi Al-Kassabexa olovda qora katakda yoqib yuborilganidan so’ng Iordaniya hukumati bunga javoban terrorchi Sojida Al-Rishavini qatl etib qasos olinishini aytgan edi.
Idrok.uz
Sayt qaytadan ish boshlaganidan hursand bo’ldim. Charchamela.