Belgiyaning Flandriya shahrining mahalliy «Het Laatste Nieuws» gazetasi tahririyati tahdidli xat oldi. Unda «Islom davlati» terrorchilik guruhi Belgiyada mashinaga portlovchi moslama o’rnatgan holda qo’poruvchilik sodir etmoqchi ekani haqida yozilgan.
Xat yozuv mashinkasida fransuz tilida, «Islom davlati» mantig’i bo’yicha Belgiya aholisi, Flandriya millatchilari yetakchisi Bart de Veyver va qirol Filippga murojaat bilan yozilgan. Xatga ilova tarzida terrorchi guruhning internetda tarqatilgan Belgiya, Fransiya va AQShga tahdid qilayotgani aks etgan videolavhalar keltirilgan.
Tahdid so’nggida «Fransiyada sodir bo’lgan vaqealar Belgiyada ham takrorlanadi. «Islom davlati» guruhi Yevropani egallashni Belgiyadan boshlaydi. Chunki sizlar «Sharia4Belgium» (Belgiya shariati» radikal guruhi) ga qarshi harakatlar olib borib bizning bir necha birodarlarimizni qamoqda saqlamoqdasizlar», deya ta’kidlangan.
Idrok.uz