O'tkazib yubormang

Olma-Otadagi qishloqda 120 oila ko‘chaga haydab chiqariladi

Qozog‘istonda hududi yaqinda Olma-Otaga qo‘shilgan qishloq fuqarolari qonunga rioya qilinmaslik holatlari haqida shikoyat qilmoqda, deb yozadi “Knews.kz”. Odamlar o‘zlari yashayotgan yer ularga tegishli emasligidan xabar topgan. Qishloqliklarning aytishicha, ularni ko‘chaga haydab chiqarishmoqda, uylarini esa buzish bilan tahdid qilishmoqda.

F8D7796B-0E7C-4B7F-88AC-DF46E506F3EE_mw640_mh419_s

Ma’lum bo‘lishicha, qishloqliklarga yerlarini chorvachilik zavodi bergan. Biroq quruvchilar kelib, bu yerlar qishloq fuqarolariga tegishli emasligini aytgan va hududni temir to‘siq bilan o‘rab olib, bu yerda maktab qurilishi haqida ogohlantirgan.

Odamlar yordam so‘rab murojaat qilgan mahalliy hokimiyat esa ularni lol qoldirib, qishloqliklarning yerni sotib olganligi to‘g‘risidagi hujjatlari soxta ekanligini aytdi. Zavod yer maydonlarini ishchilariga noqonuniy sotgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu yerlar vaqtincha xatlandi. Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. 120 oila boshpanasiz qoldi.

Javob qoldirish

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi.Majburiy bo'limlar belgilangan *

*

Flag Counter